“Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida (769-I-son)
15.04.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasidan chetga olib ketilgan hamda xalq boyligi boʻlgan arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelish masalasi boʻyicha Oliy Majlis huzurida maxsus komissiya tuzilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-aprel,
769-I-son
