Eng koʻp qulaylik rejimi hamda erkin savdo rejimini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (3267-son)
30.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3267]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Eng koʻp qulaylik rejimini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Erkin savdo rejimini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. UMURZAKOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyun,
2020/31-3-son
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyun,
51-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyun,
01-02/8-27-son
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 22-iyundagi 2020/31-3, 51, 01-02/8-27-son qaroriga 1-ILOVA
Eng koʻp qulaylik rejimini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar
ROʻYXATI
1. Avstriya Respublikasi
2. Afgʻoniston Islom Respublikasi
3. Bangladesh Xalq Respublikasi
4. Belgiya Qirolligi
5. Bolgariya Respublikasi
6. Braziliya Federativ Respublikasi
7. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
8. Vengriya
9. Vyetnam Sotsialistik Respublikasi
10. Germaniya Federativ Respublikasi
11. Gretsiya Respublikasi
12. Daniya Qirolligi
13. Misr Arab Respublikasi
14. Isroil Davlati
15. Hindiston Respublikasi
16. Indoneziya Respublikasi
17. Irlandiya
18. Ispaniya Qirolligi
19. Italiya Respublikasi
20. Iordaniya Hoshimiylik Qirolligi
21. Kipr Respublikasi
22. Koreya Respublikasi
23. Xitoy Xalq Respublikasi
24. Latviya Respublikasi
25. Litva Respublikasi
26. Malta Respublikasi
27. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi
28. Niderlandiya Qirolligi
29. Portugaliya Respublikasi
30. Pokiston Islom Respublikasi
31. Polsha Respublikasi
32. Sloveniya Respublikasi
33. Ruminiya
34. Slovakiya Respublikasi
35. Singapur Respublikasi*
36. Amerika Qoʻshma Shtatlari
37. Turkiya Respublikasi
38. Finlyandiya Respublikasi
39. Fransiya Respublikasi
40. Xorvatiya Respublikasi
41. Chexiya Respublikasi
42. Shvetsiya Qirolligi
43. Shveysariya Konfederatsiyasi
44. Estoniya Respublikasi
45. Yaponiya
46. Saudiya Arabistoni Qirolligi
47. Malayziya
* Toshkent shahrida 2007-yil 25-yanvarda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Singapur Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimning faqat A-ilovasida koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 22-iyundagi 2020/31-3, 51, 01-02/8-27-son qaroriga 2-ILOVA
Erkin savdo rejimini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar
ROʻYXATI
1. Belarus Respublikasi
2. Gruziya Respublikasi
3. Qozogʻiston Respublikasi
4. Qirgʻiziston Respublikasi
5. Moldova Respublikasi
6. Rossiya Federatsiyasi
7. Turkmaniston*
8. Ukraina
9. Tojikiston Respublikasi
10. Ozarbayjon Respublikasi
* ikki tomonlama bitimlarga muvofiq oʻzaro kelishilgan roʻyxatga kiritilgan tovarlarga import bojxona bojlari solinmaydi.
