“Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (219-I-son)
25.04.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 25-aprel,
219-I-son
