Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-6034-son)
24.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali taʼminlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.
Xususan, nohaq ayblangan 2,3 mingga yaqin kishi oqlandi, adashib jinoyat yoʻliga kirib qolgani sababli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishi mumkin boʻlgan 3,5 mingdan ortiq yoshlar va xotin-qizlarga mahalla va jamoatchilik kafilliklari asosida yengilroq jazolar tayinlanib, oʻz oilalari bagʻrida qoldirildi, inson huquqlarini qoʻpol tarzda buzgan 60 nafar huquq-tartibot organi xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi.
Shu bilan birga, sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlar saqlanib qolayotganligi, sud qarorlarini qayta koʻrishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi, investorlar huquqlarining sud himoyasida boʻlishi yetarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida sud-huquq sohasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda koʻrish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda taʼminlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Sudyalar oliy kengashi va sudyalar hamjamiyati bilan birgalikda qonunchilik tashabbusi asosida sud tizimida 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tashkiliy-tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boʻyicha alohida sudlov hayʼatlarini tashkil etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkazish;
maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo maʼmuriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) maʼmuriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari saqlab qolinishi;
Amudaryo, Nurobod, Boysun va Pastdargʻom tumanlari iqtisodiy sudlarini tugatish;
fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiyoʻl tumanlararo sudini, fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut, Soʻx, Xatirchi, Paxtakor tumanlari sudlarini, Pastdargʻom tumanlararo iqtisodiy sudini, jinoyat ishlari boʻyicha Boʻzatov, Taxiatosh, Bandixon, Tuproqqalʼa tumanlari sudlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy malaka hayʼatining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalari malaka hayʼatlarining qarorlari ustidan Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqini berish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuraturasi va Advokatlar palatasining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
a) sud ishlarini nazorat tartibida koʻrish institutini tugatish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular oʻrinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish;
b) jinoyat ishlarini sudda koʻrish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishining umumiy tartibda koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish;
v) quyidagi tartiblarni joriy etish:
tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining qarorlarini viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari tomonidan apellyatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish;
apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari tomonidan kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari tomonidan kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular oʻrinbosarlari protestiga koʻra kassatsiya tartibida takroran koʻrib chiqish;
davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitatsiya asoslariga koʻra jinoyat ishini tugatish;
prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori boʻyicha ishlarni, ushbu ishlar yuzasidan taraflar murojaati mavjud boʻlgan holdagina, suddan chaqirib olib oʻrganish;
qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari sudlarda boshqa shaxslarning tashabbusi bilan qoʻzgʻatilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning koʻrilishida prokuror oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishini istisno etish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sudlov tarkibini (keyingi oʻrinlarda — Sudlov tarkibi) tuzish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Sudlov tarkibiga investitsiya kiritilgan sanada yigirma million AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda investitsiyani amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yirik investorlar) va davlat organlari oʻrtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni koʻrish vakolati berilsin.
Belgilansinki:
investitsiyaviy nizolar boʻyicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar boʻyicha taraflarning xohishiga koʻra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Sudlov tarkibi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida koʻrilishi;
qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida koʻrilishi mumkin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tuzilmasida quyidagi tarkibiy tuzilma (lavozim)lar kiritilishiga rozilik berilsin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tuzilmasida:
Oliy sud boshqarmalari faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga hisobdor boʻlgan, Oliy sud raisining taqdimnomasiga asosan Oliy sud Plenumi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbari lavozimi;
Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti;
Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi;
b) viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tuzilmasida matbuot xizmatlari.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi va Moliya vazirligining Sudyalar oliy maktabi Sud amaliyoti muammolarini oʻrganish markazini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sud amaliyoti muammolarini oʻrganish markazini tugatish hisobidan boʻshayotgan 9 ta shtat birliklari Oliy sud tuzilmasida tashkil etilayotgan Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamentini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbari, Departament direktori va boshqarma boshliqlariga nisbatan Oliy sud sudyalari uchun belgilangan, Oliy sudning boshqaruv xodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa xodimlariga nisbatan esa, viloyat sudlari sudyalari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etilsin.
Bunda, qayd etilgan shartlar faqat muqaddam sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi, ushbu shaxslarning shu lavozimlarda ishlagan vaqti sudyalik stajiga qoʻshilishi va pensiya tayinlashda hisobga olinishi inobatga olinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi, quyi sud tizimi sudyalari, Sudyalar oliy maktabi va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlari ish haqlari va qoʻshimcha toʻlovlarini toʻliqligicha Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishga oʻtkazilishini hamda ish haqlari miqdorlarini oshirilishini nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Moliya vazirligi bilan birgalikda pensiya tayinlangan va sudya sifatida oʻz faoliyatini davom ettirayotgan shaxslarning pensiyalari yangi belgilanadigan sudyalar mehnatiga haq toʻlash shartlarini inobatga olgan holda qayta hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oliy sud bilan birgalikda ikki oy muddatda:
sudlarning faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni yanada kengaytirish dasturi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
2021 — 2025-yillarda sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturini tasdiqlasin.
9. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarining namunaviy tuzilmasi, hududlararo sudlarning namunaviy tuzilmasi va ularning yurisdiksiyasi 2, 21 — 24-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining va harbiy sudlari tizimining tashkiliy-shtat tuzilmalari 4-5-ilovalarga muvofiq;
tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining namunaviy tuzilmalari 6 — 9-ilovalarga muvofiq;
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining tuzilmasi va tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining yurisdiksiya hududlari 10-11-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini toʻlaqonli joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlari — sudlov hayʼatlari raislari faoliyati yoʻnalishini Oliy sud raisining taqdimnomasiga binoan Oliy sud Plenumi tomonidan tasdiqlash tartibi joriy etilsin.
10. Belgilansinki, yangidan tashkil etilayotgan sudlar va boʻlinmalarni toʻldirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud apparati tuzilmasiga qoʻshimcha boshqaruv xodimlari shtatlarini kiritish sudlar tizimini optimallashtirish natijasida boʻshaydigan shtat birliklari hisobidan amalga oshiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda 2020-yil 1-noyabrga qadar quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi tahrirdagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin:
sudlarning tuzilishi, tuman (shahar), tumanlararo, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining, Rayosatining, Plenumining vakolatlari doirasi;
sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarga nisbatan qoʻyiladigan talablar;
sudyalar, sud raislari va rais oʻrinbosarlarini tayinlash (saylash) tartibi;
sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish;
sudyalarga nisbatan intizomiy ish faqat sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan qoʻzgʻatilishini nazarda tutgan holda, sudyalarning intizomiy javobgarligi, intizomiy ishni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish tartibi;
sudyalar vakolatlarini toʻxtatib turish, shuningdek, tugatish asoslari va tartibi;
sudyalarning moddiy taʼminoti va ularni ijtimoiy himoya qilish choralari.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan sudlarning joylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuraturasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 12-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
15. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-iyul,
PF-6034-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining
TUZILMASI
Rais maslahatchisiRaisRais kotibiyati(bosh konsultant, katta konsultant)2Raisning birinchi oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisiPlenum kotibiKomplayens nazorat xizmati18Ichki audit boʻlimi1Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati12Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati20Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati22Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati14Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlariHayʼat kotibiyati6Hayʼat kotibiyati12Hayʼat kotibiyati15Hayʼat kotibiyati7Ijro apparatiApparat rahbariOdil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti15Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt departamenti27Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi6Plenum va Rayosat kotibiyati2Sud amaliyotini tahlil qilish boshqarmasi6Birinchi boʻlim1Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi14Tashkiliy-nazorat boshqarmasi10“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi” hamda “Kuch adolatda” gazetasining birlashgan tahririyatiXalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi5Ishlar boshqarmasi10Inson resurslari boshqarmasi7Devonxona5“Odil sudlov” (“Pravosudiye”) jurnali tahririyati
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlari shtat birliklari soni — 244 ta, shu jumladan sudyalar — 73 ta.
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻyicha bosh konsultant1RaisRais oʻrinbosari — fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisiFuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati5 — 16Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati6 — 18Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati5 — 10Sudya katta yordamchisi6 — 17Sudya katta yordamchisi7 — 19Sudya katta yordamchisi6 — 11Sud hujjatlari ijrosi monitoringi boʻlimi0 — 2Malaka hayʼati kotibi1Devonxona3Sud statistikasini tizimli tahlil qilish boʻlimi1 — 3Arxiv3Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi1-2Kadrlar boʻlimi1Birinchi boʻlim1Katta mutaxassis0-1
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 884 birlikni, shundan sudyalar — 355 tani tashkil etadi.
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 207 birlikni, shundan sudya soni — 73 tani tashkil etadi.
Izoh: yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining
TUZILMASI
RaisRais oʻrinbosari1Birinchi boʻlim boshligʻi1Sudya5Devonxona mudiri1Sudyaning katta yordamchisi7Malaka hayʼati kotibi1Arxiv mudiri1
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 18 birlikni, shundan sudyalar soni — 7 tani tashkil etadi.
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Jami boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 32 birlikni, shu jumladan markaziy apparatda —17 tani, hududiy harbiy sudlarda — 15 tani, shundan sudyalar soni — 12 tani tashkil etadi.
Izoh: yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 6-ILOVA
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami boshqaruv xodimlarining soni — 3 — 16 birlikni, shundan sudyalar soni 1 — 7 tani tashkil etadi.
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 972 birlikni, shundan sudyalar soni — 351 tani tashkil etadi.
Izoh: yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 7-ILOVA
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami boshqaruv xodimlarining soni — 3 — 24 birlikni, shundan sudyalar soni — 1 — 11 tani tashkil etadi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 680 birlikni, shundan sudyalar soni — 267 tani tashkil etadi.
Izoh: yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 8-ILOVA
Tumanlararo maʼmuriy sudlarning
NAMUNAVIY TUZILMASI
RaisRais oʻrinbosari0-1Devonxona mudiri1Sudya2 — 9Arxiv mudiri1Sudya yordamchisi3 — 11
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 8 — 24 birlikni, shundan sudyalar soni — 3 — 11 tani tashkil etadi.
Tumanlararo maʼmuriy sudlar boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 170 birlikni, shundan sudyalar soni — 71 tani tashkil etadi.
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 9-ILOVA
Tumanlararo Iqtisodiy sudlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
RaisRais oʻrinbosari0 — 2Devonxona mudiri1Sudya5 — 25Arxiv mudiri1Sudya yordamchisi6 — 28
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 14 — 58 birlikni, shundan sudyalar soni — 6 — 28 tani tashkil etadi.
Tumanlararo iqtisodiy sudlar boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 328 birlikni, shundan sudyalar soni — 150 tani tashkil etadi.
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 10-ILOVA
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining yurisdiksiya
HUDUDLARI
Sudlar nomi Xizmat koʻrsatuvchi tumanlar, shaharlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tuman sudi Amudaryo tumani Beruniy tumanlararo sudi Beruniy tumani Toʻrtkoʻl tumani Ellikqalʼa tumani Qoʻngʻirot tumanlararo sudi Qonlikoʻl tumani Qoʻngʻirot tumani Moʻynoq tumani Shumanay tumani Nukus tumanlararo sudi Nukus shahar Nukus tumani Xoʻjayli tumani Taxiatosh tumani Chimboy tumanlararo sudi Qoraoʻzak tumani Kegeyli tumani Taxtakoʻpir tumani Chimboy tumani Boʻzatov tumani Andijon viloyati Andijon tumanlararo sudi Andijon shahar Oltinkoʻl tumani Andijon tumani Asaka tumanlararo sudi Asaka tumani Marhamat tumani Boʻston tumanlararo sudi Boʻston tumani Ulugʻnor tumani Shahrixon tumani Izboskan tumanlararo sudi Baliqchi tumani Izboskan tumani Paxtaobod tumani Qoʻrgʻontepa tumanlararo sudi Xonobod shahar Qoʻrgʻontepa tumani Xoʻjaobod tumanlararo sudi Buloqboshi tumani Jalaquduq tumani Xoʻjaobod tumani Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo sudi Buxoro shahar Buxoro tumani Gʻijduvon tumanlararo sudi Gʻijduvon tumani Shofirkon tumani Kogon tumanlararo sudi Kogon shahar Kogon tumani Qorovulbozor tumani Qorakoʻl tumanlararo sudi Olot tumani Qorakoʻl tumani Peshku tumanlararo sudi Vobkent tumani Peshku tumani Romitan tumanlararo sudi Jondor tumani Romitan tumani Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanlararo sudi Baxmal tumani Gʻallaorol tumani Doʻstlik tumanlararo sudi Doʻstlik tumani Mirzachoʻl tumani Arnasoy tumani Paxtakor tuman sudi Paxtakor tumani Jizzax tumanlararo sudi Jizzax shahar Sharof Rashidov tumani Zafarobod tumani Zarbdor tumanlararo sudi Zomin tumani Zarbdor tumani Yangiobod tumani Forish tuman sudi Forish tumani Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanlararo sudi Dehqonobod tumani Gʻuzor tumani Qarshi tumanlararo sudi Qarshi shahar Qarshi tumani Nishon tumani Koson tumanlararo sudi Koson tumani Muborak tumani Kasbi tumanlararo sudi Kasbi tumani Mirishkor tumani Chiroqchi tumanlararo sudi Chiroqchi tumani Koʻkdala tumani Shahrisabz tumanlararo sudi Shahrisabz shahar Kitob tumani Shahrisabz tumani Yakkabogʻ tumanlararo sudi Qamashi tumani Yakkabogʻ tumani Navoiy viloyati Zarafshon tumanlararo sudi Zarafshon shahar Tomdi tumani Karmana tumanlararo sudi Navoiy shahar Karmana tumani Qiziltepa tumani Xatirchi tuman sudi Xatirchi tumani Navbahor tumanlararo sudi Konimex tumani Navbahor tumani Nurota tumani Uchquduq tuman sudi Uchquduq tumani Namangan viloyati Namangan tumanlararo sudi Namangan shahar Mingbuloq tumani Namangan tumani Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudi Norin tumani Uychi tumani Uchqoʻrgʻon tumani Chust tumanlararo sudi Pop tumani Toʻraqoʻrgʻon tumani Chust tumani Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudi Kosonsoy tumani Chortoq tumani Yangiqoʻrgʻon tumani Samarqand viloyati Jomboy tumanlararo sudi Bulungʻur tumani Jomboy tumani Ishtixon tumanlararo sudi Ishtixon tumani Qoʻshrabot tumani Kattaqoʻrgʻon tumanlararo sudi Kattaqoʻrgʻon shahar Kattaqoʻrgʻon tumani Narpay tumani Paxtachi tumani Samarqand shaharsudi Samarqand shahar Tayloq tumanlararo sudi Samarqand tumani Tayloq tumani Urgut tuman sudi Urgut tumani Payariq tumanlararo sudi Oqdaryo tumani Payariq tumani Pastdargʻom tuman sudi Pastdargʻom tumani Nurobod tuman sudi Nurobod tumani Surxondaryo viloyati Boysun tuman sudi Boysun tumani Denov tumanlararo sudi Oltinsoy tumani Denov tumani Shoʻrchi tumani Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudi Jarqoʻrgʻon tumani Qiziriq tumani Qumqoʻrgʻon tumani Bandixon tumani Sariosiyo tumanlararo sudi Sariosiyo tumani Uzun tumani Termiz tumanlararo sudi Termiz shahar Termiz tumani Sherobod tumanlararo sudi Angor tumani Muzrabot tumani Sherobod tumani Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanlararo sudi Oqoltin tumani Sardoba tumani Boyovut tumanlararo sudi Shirin shahar Boyovut tumani Xovos tumani Guliston tumanlararo sudi Guliston shahar Yangiyer shahar Guliston tumani Mirzaobod tumani Sirdaryo tumanlararo sudi Sayxunobod tumani Sirdaryo tumani Toshkent viloyati Ohangaron tumanlararo sudi Olmaliq shahar Angren shahar Ohangaron shahar Ohangaron tumani Bekobod tumanlararo sudi Bekobod shahar Bekobod tumani Zangiota tumanlararo sudi Zangiota tumani Toshkent tumani Yangiyoʻl tumanlararo sudi Yangiyoʻl shahar Yangiyoʻl tumani Quyichirchiq tumanlararo sudi Oqqoʻrgʻon tumani Quyichirchiq tumani Chinoz tumani Oʻrtachirchiq tumanlararo sudi Nurafshon shahar Boʻka tumani Piskent tumani Oʻrtachirchiq tumani Chirchiq tumanlararo sudi Chirchiq tumani Boʻstonliq tumani Qibray tumani Yuqorichirchiq tumanlararo sudi Parkent tumani Yuqorichirchiq tumani Toshkent shahri Mirobod tumanlararo sudi Bektemir tumani Mirobod tumani Yashnobod tumani Mirzo-Ulugʻbek tumanlararo sudi Mirzo-Ulugʻbek tumani Yunusobod tumani Uchtepa tumanlararo sudi Uchtepa tumani Chilonzor tumani Shayxontohur tumanlararo sudi Olmazor tumani Shayxontohur tumani Yakkasaroy tumanlararo sudi Sirgʻali tumani Yangihayot tumani Yakkasaroy tumani Fargʻona viloyati Qoʻqon tumanlararo sudi Qoʻqon shahar Buvayda tumani Dangʻara tumani Uchkoʻprik tumani Margʻilon tumanlararo sudi Margʻilon shahar Yozyovon tumani Qoʻshtepa tumani Toshloq tumani Rishton tumanlararo sudi Oltiariq tumani Bagʻdod tumani Rishton tumani Soʻx tuman sudi Soʻx tumani Oʻzbekiston tumanlararo sudi Beshariq tumani Oʻzbekiston tumani Furqat tumani Fargʻona tumanlararo sudi Fargʻona shahar Quvasoy shahar Quva tumani Fargʻona tumani Xorazm viloyati Bogʻot tumanlararo sudi Xiva shahar Bogʻot tumani Hazorasp tumani Xiva tumani Yangiariq tumani Tuproqqalʼa tumani Urganch tumanlararo sudi Urganch shahar Urganch tumani Xonqa tumani Yangibozor tumani Shovot tumanlararo sudi Gurlan tumani Qoʻshkoʻpir tumani Shovot tumani
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3400-son Farmoni 7-ilovasining oʻzbek tilidagi “Tuman (shahar) sudi nomi” va “Tuman, shaharlar nomi” ustunlarida:
“Nukus” soʻzidan keyin “Taxiatosh” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“Toʻrtkoʻl” soʻzidan keyin “Boʻzatov” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“Boʻz” soʻzi “Boʻston” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Angor tumani” soʻzlaridan keyin “Bandixon” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“Qoʻshkoʻpir” soʻzidan keyin “Tuproqqalʼa” soʻzi bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-son Farmonida:
a) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Yangidan tashkil etilayotgan sudlarni toʻldirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining qoʻshimcha 560 ta shtat birligi, shu jumladan 318 ta sudyalik shtat birligi ajratilsin.
Boshqaruv xodimlari sonining cheklangan shtati quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun 200 ta birlik, shundan sudyalar — 73 ta birlik;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari uchun 837 ta birlik, shundan sudyalar — 344 ta birlik;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari uchun 216 ta birlik, shundan sudyalar — 73 ta birlik;
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari uchun 680 ta birlik, shundan sudyalar — 267 ta birlik;
tumanlararo maʼmuriy sudlari uchun 168 ta birlik, shundan sudyalar — 70 ta birlik;
jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari uchun 970 ta birlik, shundan sudyalar — 351 ta birlik;
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, hududiy harbiy sudlar uchun 32 ta birlik, shundan sudyalar — 12 ta birlik;
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari uchun 395 ta birlik, shundan sudyalar — 141 ta birlik”;
b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tuzilmasi, shtat jadvali, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari va ijro apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatiga haq toʻlash razryadlari 1 — 3-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti markaziy apparatining tuzilmasi, uning hududiy boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 5-6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 4, 7 — 17-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Izoh. mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
