Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2908-son)
20.04.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, import oʻrnini bosuvchi xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrosanoat kompleksini, shu jumladan bogʻdorchilik va chorvachilikni modernizatsiya qilish va rivojlantirish, transport infratuzilmasi, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalikni takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qarzlar va texnik koʻmak (grantlar) jalb etish hamda boshqa yoʻnalishlarda:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
2017-yil 8-martda YETTB Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni qayta tiklash jarayonini maʼqulladi;
2017-yilning 15 — 17-mart kunlari YETTB Prezidenti Suma Chakrabarti Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasida qisqa muddatli istiqbolda kelgusidagi hamkorlikning asosiy shakllari va yoʻnalishlarini belgilab beruvchi Anglashuv memorandumi hamda Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida Markaziy Osiyo uchun ekologik reabilitatsiya hisobi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Hadli bitim imzolandi, shuningdek, YETTB bilan bankning Oʻzbekiston Respublikasi uchun oʻrta muddatli strategiyasini ishlab chiqishni boshlash toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
2. YETTB ishtirokida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ishlab chiqish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari:
ilovada koʻrsatilgan investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlari oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi;
YETTB loyihani moliyalashtirishga tayyor boʻlgan taqdirda — investitsiya loyihalarining tayyorlangan loyihaoldi hujjatlarini va ularni amalga oshirish boʻyicha keyingi harakatlarni bank bilan kelishish.
5. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Milliy boshqaruvchisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Shveysariyani Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etuvchi mamlakat sifatida belgilash masalasini ishlab chiqsin va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari — masʼul ijrochilarning buyurtmanomalari boʻyicha ilovada koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini tayyorlashda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-aprel,
PQ-2908-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2908-son qaroriga ILOVA
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ishlab chiqish boʻyicha amaliy harakatlar
REJASI (“Yoʻl xaritasi”)
Izoh. Loyihalarni tayyorlash muddatlari va qiymati YETTB qoidalari va tartib-taomillariga hamda loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishiga, shuningdek taklif etilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun YETTB roziligini olishga qarab aniqlashtirilishi mumkin.
* Loyihani amalga oshirish muddati 1 yilga qisqartirildi.
** Loyihani amalga oshirish muddati 3 yilga qisqartirildi.
*** Loyihani amalga oshirish muddati 1 yilga qisqartirildi.
**** Loyihani amalga oshirish muddati 1 yilga qisqartirildi.
