Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-4787-son)
23.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
3. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarni amalga oshirish, shu jumladan uzum koʻchatlarini xarid qilish, uzumning seleksiya navlarini yaratish va ularni ekishni tashkillashtirish bilan bogʻliq vazifalarning samarali bajarilishi;
suv tejovchi, shu jumladan tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda subsidiyalar berish;
sanoatbop tokzorlarda irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sigʻimlar sotib olish;
texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha qarz berish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizli punktgacha chegirgan holda tijorat banklariga kredit resurslarini berish;
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
mahalliy sharoitda tok oʻsimligi toʻqimalaridan (meristema hujayra) “In vitro” usulida yetishtirilgan tok koʻchatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan texnik navli uzumchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha boʻlgʻusi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish;
texnik navli uzum koʻchatlarini shpaleraga koʻtarish uchun subsidiyalar ajratish;
vinochilik sohasidagi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, uzum yetishtiruvchilarni, vinochilik korxonalari xodimlarini, shu jumladan xorijda, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
mahalliy alkogol, shu jumladan vino mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha festivallar, koʻrgazmalar va yarmarkalar tashkil etish, alkogol sohasi korxonalarining, shu jumladan xorijda oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashish hamda ularning bunday tadbirlardagi ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash;
sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va marketingda “nou-xau” bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish;
texnik navli uzumlarning onalik maydonlari va kolleksiya uchastkalari, koʻchatxona (pitomnik)lar barpo etish;
kolleksion vino va konyak distillyati mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
8. Quyidagilar:
2020 — 2024-yillarda sanoatbop tokzorlar barpo etish va qayta ishlash uchun xom ashyo yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
2020 — 2024-yillarda tokzorlarda resurs tejamkor, zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etish va suv resurslari bilan taʼminlash prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2020 — 2022-yillarda tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati hamda tarmoq korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish grafigini tasdiqlasin.
9. Belgilansinki, Agentlik quyidagilarni 2021-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirishga masʼul hisoblanadi:
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda xalqaro standartlar va talablarni inobatga olgan holda isteʼmol va texnik etil spirtini hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha texnologik reglamentni ishlab chiqish;
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — hisobga olish axborot tizimi) quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish:
2021-yil 1-yanvargacha isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchilar hamda 2022-yil 1-yanvargacha alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mulkdorlarining oʻz mablagʻlari hisobidan isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻlchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini oʻrnatish. Bunda oʻlchov uskunalari hamda boshqa hisobga olish va qayd etish vositalariga texnik talablar Agentlik tomonidan belgilanadi;
hisobga olish axborot tizimini oʻzaro axborot almashinuvini oʻrnatish uchun moliya, iqtisodiyot organlari, shuningdek soliq va bojxona xizmatlari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining barcha ishlab chiqaruvchilarini, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarni hisobga olish axborot tizimiga ulash;
v) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish hamda ushbu tizim ishlashi uchun zarur infratuzilmani yaratish boʻyicha ishlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
hisobga olish axborot tizimini joriy etish va unda ishlash isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
12. “Oʻzstandart” agentligi va Agentlik:
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar texnik etil spirtini ishlab chiqarish yagona davlat standartini ishlab chiqsin va joriy etsin;
2021-yil 1-iyulga qadar Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” DUKni xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazishni tashkil etsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy manzilida joylashgan Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi va Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining bino va inshootlarini jihozlari va tashkiliy texnikasi bilan birga Agentlikning operativ boshqaruviga berilishini, shuningdek tugatish jarayoni yakunlanganidan keyin ularning qolgan pul mablagʻlari va asosiy vositalarini Agentlikka oʻtkazilishini taʼminlasin.
15. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-iyul,
PQ-4787-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga 2-ILOVA
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga 4-ILOVA
2020 — 2024-yillarda sanoatbop tokzorlar barpo etish va qayta ishlash uchun xomashyo yetishtirishning PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar nomi Mavjud sanoatbop tokzorlar maydoni (ga) shundan: Yangi tokzorlar barpo etish prognozi (ga) yillar Yalpi hosil (ming tonna) yillar Uzumni qayta ishlash (ming tonna) yillar hosilli tokzorlar maydoni(ga) yosh tokzorlar maydoni(ga) 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil Jami: 15 836 11 239 4 597 22 310 2 200 3 300 4 665 5 605 6 540 811,3 89,9 112,4 136,6 216,4 256,0 567,9 62,9 78,7 95,6 151,5 179,2 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 341 341 1 050 200 200 150 200 300 17,1 1,7 6,5 8,9 12,0 1,2 4,5 6,2 2. Andijon viloyati 302 245 57 310 50 60 100 100 15,2 2,0 2,5 2,9 3,6 4,2 10,6 1,4 1,7 2,1 2,5 3,0 3. Buxoro viloyati 867 823 44 1 650 100 300 450 400 400 51,5 6,6 8,2 9,9 11,6 15,2 36,0 4,6 5,8 6,9 8,1 10,6 4. Jizzax viloyati 1 001 306 695 4 000 500 500 850 1050 1100 51,2 2,4 3,1 3,7 18,0 24,0 35,8 1,7 2,1 2,6 12,6 16,8 5. Qashqadaryo viloyati 1 093 925 168 2 815 350 450 585 650 780 67,8 7,4 9,3 11,1 17,3 22,7 47,4 5,2 6,5 7,8 12,1 15,9 6. Navoiy viloyati 96 41 55 630 40 100 140 150 200 5,7 0,3 0,4 0,5 1,6 2,8 4,0 0,2 0,3 0,3 1,1 2,0 7. Namangan viloyati 1 277 1 127 150 1 400 100 200 350 350 400 69,3 9,0 11,3 13,5 16,5 18,9 48,5 6,3 7,9 9,5 11,6 13,2 8. Samarqand viloyati 2 612 2 231 381 3 445 250 450 650 845 1250 141,0 17,8 22,3 26,8 34,3 39,7 98,7 12,5 15,6 18,7 24,0 27,8 9. Surxondaryo viloyati 2 052 1 151 901 1 800 200 300 400 450 450 92,2 9,2 11,5 13,8 27,0 30,6 64,5 6,4 8,1 9,7 18,9 21,4 10. Sirdaryo viloyati 155 118 37 380 50 50 80 100 100 9,1 0,9 1,2 1,4 2,5 3,1 6,3 0,7 0,8 1,0 1,7 2,1 11. Toshkentviloyati 4 963 3 479 1 484 3 750 350 450 700 1050 1200 237,3 27,8 34,8 41,7 63,8 69,2 166,1 19,5 24,4 29,2 44,6 48,4 12. Fargʻona viloyati 745 708 37 830 30 200 200 200 200 42,2 5,7 7,1 8,5 9,3 11,7 29,6 4,0 5,0 5,9 6,5 8,2 13. Xorazm viloyati 332 85 247 250 30 50 50 60 60 11,8 0,7 0,9 1,0 4,3 4,9 8,3 0,5 0,6 0,7 3,0 3,5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga 5-ILOVA
2020 — 2024-yillarda tokzorlarda resurs tejamkor, zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etish va suv resurslari bilan taʼminlash PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar nomi Tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish (ga) yillar Burgʻulanadigan quduqlar va nasos stansiyalar soni(dona) yillar 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil Jami: 17 270 1 500 2 650 3 500 4 380 5 240 604 57 86 128 154 179 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 700 150 150 200 200 27 5 5 4 5 8 2. Andijon viloyati 300 50 50 100 100 6 1 1 2 2 3. Buxoro viloyati 1 500 100 200 400 400 400 44 2 8 12 11 11 4. Jizzax viloyati 4 000 500 500 850 1 050 1 100 113 14 14 24 30 31 5. Qashqadaryo viloyati 2 200 250 350 450 500 650 78 10 12 16 18 22 6. Navoiy viloyati 540 40 100 100 150 150 16 1 2 4 4 5 7. Namangan viloyati 1 100 100 250 200 250 300 38 2 5 10 10 11 8. Samarqand viloyati 2 450 200 250 400 650 950 96 7 12 18 24 35 9. Surxondaryo viloyati 1 250 50 200 250 300 450 48 5 8 11 12 12 10. Sirdaryo viloyati 300 50 50 50 70 80 8 1 1 2 2 2 11. Toshkent viloyati 2 000 150 350 400 500 600 106 10 12 20 30 34 12. Fargʻona viloyati 680 30 150 150 150 200 20 5 5 5 5 13. Xorazm viloyati 250 30 50 50 60 60 4 1 1 1 1
