Makkajoʻxori doniga erkin narxlar joriy etish toʻgʻrisida (397-son)
25.08.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Makkajoʻxori yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish uchun sharoitlar yaratish, щuningdek, jamoa va davlat xoʻjaliklari, ijarachi jamoalar va fermer xoʻjaliklarining sanoat mahsuloti, yoqilgʻi, elektr energiyasi sotib olish, transport xarajatlarini va boshqa sarflarini qisman qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzdonmahsulot” konsernining 1992-yil hosilidan makkajoʻxori doniga shartnomaviy (erkin) xarid narxlari joriy etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son va 1992-yil 21-yanvardagi 23-son qarorlarining makkajoʻxori doniga cheklangan xarid narxlari belgilash haqidagi qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 25-avgust,
397-son
