Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (449-son)
22.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar takchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiii muhofaza qilish hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-noyabrga qadar boʻlgan muddatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan, mazkur qarorga ilovaga muvofiq roʻyxatdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar import qilinganda, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, 5 kun muddatda sertifikatlashtirish (faqat ayrim kimyoviy tahlillarni oʻtkazgan holda) asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Agentlikning qoʻshma xulosasi asosida mazkur qarorga ilovadagi roʻyxatga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ushbu qaror 1-bandining amal qilish muddatini uzaytirish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tartib asosida dori vositalari va tibbiy buyumlar importi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni oʻtkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadogʻida yoki qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarida xalqaro patentlanmagan nomi oʻzbek yoki rus yoxud ingliz tilida koʻrsatilishini taʼminlagan holda, ishlab chiqaruvchi tashkilotning sinov bayonnomasini va sinov usullari koʻrsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart;
3. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi (reeksport bojxona rejimi bundan mustasno) 2020-yil 1-oktabrga qadar vaqtinchalik toʻxtatilsin.
Bunda, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Agentlikning qoʻshma xulosasi asosida ruxsat beriladi.
4. Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qiskartirish vazirligi koronavirus pandemiyasi hamda sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning eksport qilinishiga boʻlgan cheklovning muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari respublika hududidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy olib chiqib ketilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara koʻshinlari bilan birgalikda xalqaro yuk tashuvchilar va ekspeditorlik tashkilotlariga mazkur qaror talablari, mazmun va mohiyatini tushuntirilishi va yetkazilishini taʼminlasin;
mazkur qaror ijrosi doirasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish yuzasidan aviareyslarni tashkil etish taklifini bildirgan tashabbuskorlarga amaliy yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qaror mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va aholi eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekistoi Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyul,
449-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar
ROʻYXATI
T/r Dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi va tibbiy buyumlar nomi Shakli 1. Gidroksixloroxin, xlorxin Tabletka 2. Paratsetamol, atsetaminofen Tabletka 3. Strofantin K Ampula 4. Epinefrin Ampula 5. Enoksaparin Shprits, eritma, liofilizat 6. Meropenem Flakon 7. Apiksaban Tabletka, kapsula 8. Dopamin Ampula 9. Jelatin (modifikatsiyalangan) Flakon 10. Imipinem/Silastatin Flakon 11. Kolxitsin Tabletka, kapsula 12. Norepinefrin Flakon, ampula 13. Metilprednizolon Tabletka, flakon 14. Pipekuroniya bromid Tabletka, ampula, flakon 15. Totsilizumab, Levilimab, Sarilumab, Flakon, ampula, shprits, Kanakinumab shprits-ruchka 16. Sefepim/sulbaktam flakon 17. Gripp vaksinasi (OʻRVI) Eritma saqlagan bir martalik shprits, flakon 18. Koronavirus vaksinasi (COVID-19) Eritma saqlagan bir martalik shprits, flakon, ampula 19. Pnevmokokk vaksinasi Eritma saqlagan bir martalik shprits, flakon 20. Pankuroniya bromid / Pipekuroniya bromid / Atrakuriya besilat Kukun, eritma 21. Sefepim + tazobaktam Kukun 22. Liposomal amfoteritsin-V Liofilizat 23. Casirivimab / Imdevimab Flakon 24. Oseltamivir Kapsula 25. COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlar Dona
