Sement importi tartibini soddalashtirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (450-son)
23.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sementni import asosida respublikaga olib kirishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qulaylik yaratish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Sement mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining respublikaga olib kiriladigan sementni soddalashtirilgan tartib asosida erkin muomalaga chiqarish amaliyotini qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda:
sement respublika hududiga olib kirilgunga qadar import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt va jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — import qiluvchi) tomonidan ixtiyoriylik asosida uning namunalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organiga taqdim etiladi, bunda mahsulotni erkin muomalaga chiqarish (“IM 40” rejimiga oʻtkazish) davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tegishli muvofiqlik sertifikati asosida amalga oshiriladi, bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno;
sement va sement klinker mahsuloti import qiluvchi tomonidan respublika hududiga olib kirilgan hollarda, har bir partiyasi uchun “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida muvofiqligini baholash uchun taqdim etilgan sement va sement klinkerining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda maʼlum bir marka uchun 28 sutkalik sinov natijalarining ijobiy xulosalari olinganda, sertifikatlashtirish organining ariza boʻyicha qabul qilgan qarori bojxona xizmati organlari tomonidan mahsulotni erkin muomalaga chiqarishga asos boʻladi, bojxona qonunchilik hujjatlarining buzilish xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno. Bunda arizada koʻrsatilgan miqdordagi sement sifati boʻyicha davriy ravishda laboratoriya sinovlari amalga oshiriladi va natijalari boʻyicha import qiluvchiga sinov bayonnomasi taqdim etiladi.
Har bir bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha maʼlumot sertifikatlashtirish organiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali yuboriladi va sement erkin muomalaga chiqarilganda sertifikatlashtirish organi bilan import qiluvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida sementni xavf-xatarlarni tahlil qilish asosida davriy ravishda laboratoriya sinovlaridan oʻtkaziladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
laboratoriya sinovi natijalariga koʻra sement belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, bu haqda bir kun muddatda sertifikatlashtirish organi tomonidan import qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xabardor qilinadi;
belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan sementni olib kirgan import qiluvchi olti oy muddat davomida ushbu mahsulotni erkin muomalaga chiqarishda soddalashtirilgan tizimdan foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti (keyingi oʻrinlarda ― Departament) sertifikatlashtirish organlarining xabarnomasiga koʻra belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan mahsulotni sotishni va undan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida import qiluvchiga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Departament bilan birgalikda ichki bozordagi sement mahsulotlari sifatini oʻrganish maqsadida chakana savdo shoxobchalarida nazorat xaridlarini amalga oshirsin va mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini oʻrganib borsin.
5. “Oʻzstandart” agentligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini kiritsin:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan sementni olib kirganligi;
ichki bozorda sement mahsulotlarini chakana sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun jarimalar qoʻllash.
6. Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiq boʻlgan sement mahsuloti hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishiga olib kelgan holatlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 348-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-iyul,
450-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 450-son qaroriga 1-ILOVA
Sement mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan taʼminlash boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Respublikada sement ishlab chiqarish hajmini yanada koʻpaytirish boʻyicha 1. Respublikada faoliyat yuritayotgan sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2020-yil II yarmida 9060,2 ming tonna (I yarim yillikka nisbatan 166% koʻp) sement (1-ilovaga muvofiq grafik asosida) ishlab chiqarishni taʼminlash. Klinker va sement mahsulotlarini uzluksiz ishlab chiqarishni taʼminlash Har bir korxona boʻyicha ishlab chiqilgan grafikka muvofiq (1-ilova) “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov) 2. 2020-2021-yillarda 1129 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish hisobiga 14,5 mln. tonna sement ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni (2-ilovaga muvofiq roʻyxat asosida) ishga tushirish, shu jumladan: 2020-yil ― 7 ta loyiha (395 mln AQSh doll., 5410 ming tonna); 2021-yil ― 11 ta loyiha (734 mln AQSh doll., 9100 ming tonna). Uskunalarning yetkazilishini taʼminlash Qurilish-montaj ishlarni amalga oshirish Ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish Har bir korxonaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga muvofiq “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov) 3. Mahalliy sement ishlab chiqaruvchilar tomonidan (3-ilovaga muvofiq) sementni birja savdolariga qoʻyib borish. Tasdiqlangan oylik grafiklar (savdo kunlariga teng taqsimlangan) boʻyicha sementning birja sovdalariga qoʻyilishini doimiy nazorat qilish. 6 ta yirik va kichik korxonalar tomonidan sementni birja savdolariga 2020-yil 1-avgustidan boshlab kuniga 40 ming tonnadan kam boʻlmagan hajmda qoʻyish, Har bir yirik sement ishlab chiqaruvchi korxonalarga masʼul vakillar biriktirib, kunlik monitoring olib borish. Kunlik grafik asosida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov) 4. Birja savdolariga qoʻyiladigan sement haqida har bir hudud (tuman, shahar), shu jumladan sement mahsuloti ishlab chiqaruvchilar kesimida hamda birja savdolarida xarid qilingan sement hajmlari, ularning oʻrtacha narxlari va markalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika tovar-xom ashyo birjasining rasmiy veb-saytida joylashtirib borish. Amaliy chora-tadbirlar Iyul ― dekabr Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) 5. Respublikadagi sement ishlab chiqarish korxonalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hajm va sifatdagi tabiiy gaz hamda elektr energiyasini (4-ilovaga muvofiq) yetkazib berish. 897,0 mln kub m. gaz va 1112,7 mln kVt/s. elektr energiyasini yetkazib berish 2020-yil iyul ― dekabr Energetika vazirligi (A. Sultanov), “Oʻztransgaz” AJ (U. Sayidov), “Hududgaztaʼminot” AJ (B. Eshmuratov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev) 6. Birjada sotilgan yuqori likvidli mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib berish boʻyicha logistik xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan maxsus elektron savdo maydonchasini tashkil etish. Bunda birja ishtirokchilari uchun logistika xizmatlari boʻyicha 24/7 rejimida ishlaydigan call-markaz hamda yuk harakati toʻgʻrisidagi SMS ogohlantiruvi xizmatini tashkil etish va mahsulotni elektron navbat boʻyicha yuklash nazarda tutilsin. Dastur taʼminotini ishlab chiqish Kompyuter va boshqa texnik uskunalarni xarid qilish Tizimni ishga tushirish 2020-yil 1-sentabr Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov), Transport vazirligi (E. Ganiyev) 7. Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi 9 ta sement zavodiga (“Shoʻrsuv” MFY va “Qoʻqon” EIZ) 37 km va “Farg'ona Yasin qurilish mollari” MChJga 15 km; Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Ishonchli posbon tekstil” MChJga 4,5 km, Xoʻjaobod tumanidagi “Rash milk” MChJga 20 km uzunlikda optimal logistika sxemasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Amaliy chora-tadbirlar 2020-yil 1-oktabr Transport vazirligi (E. Ganiyev), “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), korxona rahbarlari II. Respublikaga soddalashtirilgan tartibda xorijdan sement olib kirilishini tashkil qilish 8. Sement import qiluvchi subyektlar, sertifikatlashtirish organlari, Davlat bojxona qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻrtasida elektron axborot almashinuvi maydonchasini tashkil qilish. Bunda import qilingan sement mahsulotlarining belgilangan meʼyorlar va mazkur qaror talablariga mos (yoki mos emasligi), olib kirilgan sement hajmi, soddalashtirilgan tartibda sement olib kirish va sertifikatlashtirish huquqiga ega boʻlgan hamda “qora roʻyxat”ga kirgan subyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlishini nazarda tutish. Kompyuter va boshqa texnik uskunalarini xarid qilish, Tizimni ishga tushirish 2020-yil sentabr Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) 9. Ichki bozordagi sement mahsulotlari sifatini oʻrganish maqsadida nazorat xaridlarini amalga oshirish hamda ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini oʻrganib borish. Amaliy chora-tadbirlar Doimiy Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov) III. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish 10. Qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. Normativ-huquqiy hujjat 2020-yil avgust “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov) 11. Oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish. Normativ-huquqiy hujjat 2020-yil avgust “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirliklar va idoralar IV. Ommaviy axborot vositalari orqali aholiga mazkur qaror mazmunini keng yoritish 12. Sement import qiluvchi subyektlarga va sertifikatlashtirish organlariga, shu jumladan treyder, qurilish tashkilotlari va yirik tadbirkorlarga sementni soddalashtirilgan tartibda respublikaga olib kirish tizimini tushuntirish va ularga bukletlar tarqatish, uchrashuvlar oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2020-yil iyul ― sentabr Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) 13. Birjaga qoʻyilayotgan sement hajmlari, ushbu savdolarda ishtirok etayotgan talabgorlar va xaridorlar soni, shuningdek, birja savdolarida shakllanayotgan kunlik sement mahsuloti kotirovkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda maqolalar berib borish Har hafta Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov), OʻzMTRK (A. Xadjayev)
Sement mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2020-yil yakuniga qadar sement ishlab chiqarish
GRAFIGI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Respublikada sement ishlab chiqarish hajmini yanada koʻpaytirish boʻyicha 1. Respublikada faoliyat yuritayotgan sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2020-yil II yarmida 9060,2 ming tonna (I yarim yillikka nisbatan 166% koʻp) sement (1-ilovaga muvofiq grafik asosida) ishlab chiqarishni taʼminlash. Klinker va sement mahsulotlarini uzluksiz ishlab chiqarishni taʼminlash Har bir korxona boʻyicha ishlab chiqilgan grafikka muvofiq (1-ilova) “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov) 2. 2020-2021-yillarda 1129 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish hisobiga 14,5 mln. tonna sement ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni (2-ilovaga muvofiq roʻyxat asosida) ishga tushirish, shu jumladan: 2020-yil ― 7 ta loyiha (395 mln AQSh doll., 5410 ming tonna); 2021-yil ― 11 ta loyiha (734 mln AQSh doll., 9100 ming tonna). Uskunalarning yetkazilishini taʼminlash Qurilish-montaj ishlarni amalga oshirish Ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish Har bir korxonaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga muvofiq “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov) 3. Mahalliy sement ishlab chiqaruvchilar tomonidan (3-ilovaga muvofiq) sementni birja savdolariga qoʻyib borish. Tasdiqlangan oylik grafiklar (savdo kunlariga teng taqsimlangan) boʻyicha sementning birja sovdalariga qoʻyilishini doimiy nazorat qilish. 6 ta yirik va kichik korxonalar tomonidan sementni birja savdolariga 2020-yil 1-avgustidan boshlab kuniga 40 ming tonnadan kam boʻlmagan hajmda qoʻyish, Har bir yirik sement ishlab chiqaruvchi korxonalarga masʼul vakillar biriktirib, kunlik monitoring olib borish. Kunlik grafik asosida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov) 4. Birja savdolariga qoʻyiladigan sement haqida har bir hudud (tuman, shahar), shu jumladan sement mahsuloti ishlab chiqaruvchilar kesimida hamda birja savdolarida xarid qilingan sement hajmlari, ularning oʻrtacha narxlari va markalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika tovar-xom ashyo birjasining rasmiy veb-saytida joylashtirib borish. Amaliy chora-tadbirlar Iyul ― dekabr Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) 5. Respublikadagi sement ishlab chiqarish korxonalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hajm va sifatdagi tabiiy gaz hamda elektr energiyasini (4-ilovaga muvofiq) yetkazib berish. 897,0 mln kub m. gaz va 1112,7 mln kVt/s. elektr energiyasini yetkazib berish 2020-yil iyul ― dekabr Energetika vazirligi (A. Sultanov), “Oʻztransgaz” AJ (U. Sayidov), “Hududgaztaʼminot” AJ (B. Eshmuratov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev) 6. Birjada sotilgan yuqori likvidli mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib berish boʻyicha logistik xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan maxsus elektron savdo maydonchasini tashkil etish. Bunda birja ishtirokchilari uchun logistika xizmatlari boʻyicha 24/7 rejimida ishlaydigan call-markaz hamda yuk harakati toʻgʻrisidagi SMS ogohlantiruvi xizmatini tashkil etish va mahsulotni elektron navbat boʻyicha yuklash nazarda tutilsin. Dastur taʼminotini ishlab chiqish Kompyuter va boshqa texnik uskunalarni xarid qilish Tizimni ishga tushirish 2020-yil 1-sentabr Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov), Transport vazirligi (E. Ganiyev) 7. Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi 9 ta sement zavodiga (“Shoʻrsuv” MFY va “Qoʻqon” EIZ) 37 km va “Farg'ona Yasin qurilish mollari” MChJga 15 km; Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Ishonchli posbon tekstil” MChJga 4,5 km, Xoʻjaobod tumanidagi “Rash milk” MChJga 20 km uzunlikda optimal logistika sxemasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Amaliy chora-tadbirlar 2020-yil 1-oktabr Transport vazirligi (E. Ganiyev), “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), korxona rahbarlari II. Respublikaga soddalashtirilgan tartibda xorijdan sement olib kirilishini tashkil qilish 8. Sement import qiluvchi subyektlar, sertifikatlashtirish organlari, Davlat bojxona qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻrtasida elektron axborot almashinuvi maydonchasini tashkil qilish. Bunda import qilingan sement mahsulotlarining belgilangan meʼyorlar va mazkur qaror talablariga mos (yoki mos emasligi), olib kirilgan sement hajmi, soddalashtirilgan tartibda sement olib kirish va sertifikatlashtirish huquqiga ega boʻlgan hamda “qora roʻyxat”ga kirgan subyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlishini nazarda tutish. Kompyuter va boshqa texnik uskunalarini xarid qilish, Tizimni ishga tushirish 2020-yil sentabr Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) 9. Ichki bozordagi sement mahsulotlari sifatini oʻrganish maqsadida nazorat xaridlarini amalga oshirish hamda ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini oʻrganib borish. Amaliy chora-tadbirlar Doimiy Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov) III. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish 10. Qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. Normativ-huquqiy hujjat 2020-yil avgust “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov) 11. Oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish. Normativ-huquqiy hujjat 2020-yil avgust “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirliklar va idoralar IV. Ommaviy axborot vositalari orqali aholiga mazkur qaror mazmunini keng yoritish 12. Sement import qiluvchi subyektlarga va sertifikatlashtirish organlariga, shu jumladan treyder, qurilish tashkilotlari va yirik tadbirkorlarga sementni soddalashtirilgan tartibda respublikaga olib kirish tizimini tushuntirish va ularga bukletlar tarqatish, uchrashuvlar oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2020-yil iyul ― sentabr Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) 13. Birjaga qoʻyilayotgan sement hajmlari, ushbu savdolarda ishtirok etayotgan talabgorlar va xaridorlar soni, shuningdek, birja savdolarida shakllanayotgan kunlik sement mahsuloti kotirovkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda maqolalar berib borish Har hafta Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov), OʻzMTRK (A. Xadjayev)
Izoh: har bir korxona kesimida tabiiy gaz va elektr energiyasi hamda koʻmir yoqilgʻisi kunlik, oylik hajmlarda toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlansagina, yuqoridagi koʻrsatkichlar bajariladi.
Sement ishlab chiqarilishi bozordagi mavjud talabga asosan amalga oshiriladi va hajmi ishlab chiqarilgan klinker boʻyicha hisoblanadi.
Sement mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga 2-ILOVA
2020-2021-yillarda sement ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni ishga tushiradigan korxonalar
ROʻYXATI
T/r Korxonalar Yillik quvvati (ming tonna) Jalb qilinadigan investitsiya (mln AQSh doll) Ishga tushirish muddati 2020-yil yakuniga qadar ishlab chiqarish hajmi (ming tonna) JAMI (18 ta loyiha) 15,710 1,129 1,808 2020-yilda ishga tushiriladigan loyihalar 5,410 395 1,808 1. “Bekobodsement” AJ 500 10 2020-yil oktabr 200 2. “Xuaksin Sement Jizzax” MChJ 1,200 150 2020-yil avgust 626 3. “Ohangaronsement” AJ 2,400 160 2020-yil oktabr 645 4. “Qurilish Ashyo Sifat Servis” MChJ 100 25 2020-yil may 2 5. “Jahon Yevro Servis” MChJ 150 15 2020-yil noyabr 30 6. “Samarqand Afrosiyob Sement” MChJ 560 35 2020-yil noyabr 20 7. “Quvasoysement” AJning Toshkent viloyatidagi “Yangiyoʻl sement” tegirmoni 500 - 2020-yil avgust 285 2021-yilda ishga tushiriladigan loyihalar 9,100 734 1. “Rash milk” MChJ 1,000 110 2021-yil I chorak 2. “Shaffof Sement Sanoat” QK MChJ 200 25 2021-yil I chorak 3. “Pop sement” MChJ 200 28 2021-yil I chorak 4. “Marokand sement invest” MChJ 500 30 2021-yil II chorak 5. “Ishonchli posbon tekstil” MChJ 500 32 2021-yil III chorak 6. “Buxoro yevro sement” MChJ 750 29 2021-yil III chorak 7. “Farg'ona Yasin qurilish mollari” MChJ 1,200 120 2021-yil III chorak 8. “Qarshi konch sement” MChJ 1,200 150 2021-yil IV chorak 9. “Qizilqumsement” AJ 1,800 110 2021-yil IV chorak 10. “Namangan sement” MChJ 750 50 2021-yil IV chorak 11. “Qoraqalpoqsement” MChJ (3-bosqich) 1,000 50 2021-yil IV chorak
Sement mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga 3-ILOVA
2020-yilning II yarim yilligida birja savdolariga qoʻyiladigan sement
hajmlari
(ming tonna) T/r Korxonalar 2020-yilning I yarim yilligida birja savdolariga qoʻyilgan sement hajmlari (ming. tonna) 2020-yilningII yarim yilligida birja savdolariga qoʻyilgan sement hajmlari (ming. tonna) 3-chorakda birja savdolariga qoʻyiladigan sement hajmlari 4-chorakda birja savdolariga qoʻyiladigan sement hajmlari iyul shu jumladan kunlik avgust shu jumladan kunlik sentabr shu jumladan kunlik oktabr shu jumladan kunlik noyabr shu jumladan kunlik dekabr shu jumladan kunlik Jami 4,292,3 5,833,8 962,4 42,5 938,7 44,7 954,0 47,7 1,008,0 48,0 980,7 46,7 990,0 45,0 Yirik korxonalar 3,969,7 5,034,0 856,6 37,9 825,3 39,3 826,0 41,3 873,6 41,6 825,3 39,3 827,2 37,6 1. “Qizilqumsement” AJ 1,603,7 1,528,3 310,0 14,0 241,5 11,5 230,0 11,5 241,5 11,5 245,7 11,7 259,6 11,8 2. “Ohangaronsement” AJ 698,3 1,205,3 157,8 6,9 212,1 10,1 212,0 10,6 252,0 12,0 193,2 9,2 178,2 8,1 3. “Quvasoysement” AJ 410,8 499,0 90,0 4,0 84,0 4,0 80,0 4,0 84,0 4,0 84,0 4,0 77,0 3,5 4. “Bekobodsement” AJ 531,2 630,5 95,0 4,0 88,2 4,2 108,0 5,4 107,1 5,1 113,4 5,4 118,8 5,4 “Olmaliq KMK” AJ 725,7 1,170,9 203,8 9,0 199,5 9,5 196,0 9,8 189,0 9,0 189,0 9,0 193,6 8,8 5. Jizzax sement zavodi 342,7 499,5 86,0 3,8 81,9 3,9 80,0 4,0 81,9 3,9 86,1 4,1 83,6 3,8 6. Sherobod sement zavodi 383,0 671,4 117,8 5,2 117,6 5,6 116,0 5,8 107,1 5,1 102,9 4,9 110,0 5,0 Kichik korxonalar 322,6 799,8 105,8 4,6 113,4 5,4 128,0 6,4 134,4 6,4 155,4 7,4 162,8 7,4
Sement mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga 4-ILOVA
Respublikada sement ishlab chiqarish korxonalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tabiiy gaz va elektr energiyasini yetkazib berish
GRAFIGI
T/r Korxonalar Yoqilgʻi turi Oʻlchov birligi 3-chorak 4-chorak iyul avgust sentabr oktabr noyabr dekabr Jami gaz mln.kub.m. 146,5 146,5 146,5 152,5 152,5 152,5 elektr energiyasi mln. kVt.s. 169,9 169,9 169,9 201,0 201,0 201,0 Yirik korxonalar: gaz mln.kub.m. 121,8 121,8 121,8 130,2 130,2 130,2 elektr energiyasi mln. kVt.s. 115,3 115,3 115,3 141,2 141,2 141,2 1. “Qizilqumsement” AJ gaz mln.kub.m. 35,3 35,3 35,3 33,8 33,8 33,8 elektr energiyasi mln. kVt.s. 48,0 48,0 48,0 49,4 49,4 49,4 2. “Ohangaronsement” AJ gaz mln.kub.m. 25,2 25,2 25,2 42,0 42,0 42,0 elektr energiyasi mln. kVt.s. 16,3 16,3 16,3 36,2 36,2 36,2 3. “Quvasoysement” AJ gaz mln.kub.m. 17,0 17,0 17,0 15,3 15,3 15,3 elektr energiyasi mln. kVt.s. 10,1 10,1 10,1 11,2 11,2 11,2 4. “Bekobodsement” AJ gaz mln.kub.m. 21,0 21,0 21,0 19,0 19,0 19,0 elektr energiyasi mln. kVt.s. 15,5 15,5 15,5 17,5 17,5 17,5 5. Jizzax sement zavodi (“Olmaliq TMK” AJ) gaz mln.kub.m. 10,0 10,0 10,0 8,4 8,4 8,4 elektr energiyasi mln. kVt.s. 10,6 10,6 10,6 11,4 11,4 11,4 6. Sherobod sement zavodi (“Olmaliq TMK” AJ) gaz mln.kub.m. 13,3 13,3 13,3 11,7 11,7 11,7 elektr energiyasi mln. kVt.s. 14,8 14,8 14,8 15,5 15,5 15,5 7. Boshqa korxonalar gaz mln.kub.m. 24,7 24,7 24,7 22,3 22,3 22,3 elektr energiyasi mln. kVt.s. 54,6 54,6 54,6 59,8 59,8 59,8
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 450-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 348-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” va “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda — “OʻzMMI” va “Respublika SSM” davlat korxonalari) xizmat koʻrsatish sohalari kesimida tugatilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari davlat korxonalarining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha xuquqiy vorisi hisoblanadi;”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “boʻlgan va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan aniqlanadigan xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlarining” soʻzlari “xarajatlar “Oʻzstandart” agentligi bilan kelishilgan holda “OʻzMMI” davlat korxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 4-bandda:
ikkinchi xatboshiga “hamda boshqa mol-mulki va aktivlari Departamentga begʻaraz berilsin” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tugatilayotgan hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarining bino va inshootlari operativ boshqaruv huquqi bilan “OʻzMMI” davlat korxonasiga hamda boshqa mol-mulklari va aktivlari sohalari boʻyicha “OʻzMMI” va “Respublika SSM” davlat korxonalariga begʻaraz berilsin”.
3. 1-ilova 46-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzstandart” agentligining markaziy apparati” soʻzlaridan keyin “va Departament” soʻzlari qoʻshilsin.
4. 2-ilovaning 12-bandiga quyidagi mazmundagi “d” kichik band qoʻshilsin:
“d) davlat nazorati uchun budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nazorat xaridi va sinov laboratoriyalarida sinovlarni oʻtkazish xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirish”.
