Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga kirish kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (3261-son)
30.06.2020
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3261]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi hamda 2018-yil 27-iyuldagi 588-son “Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga kirish kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. NURIDINOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-iyun,
I-50-son
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisining 2020-yil 24-iyundagi I-50-son buyrugʻiga ILOVA
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga kirish kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini
BAHOLASh MEZONLARI
Izoh: har bir mezon boʻyicha qoʻyilgan talab toʻliq bajarilganda uning uchun belgilangan eng yuqori ball, qisman bajarilganda — eng yuqori ballning teng yarmi, umuman bajarilmaganda — 0 (qiymatsiz) ball beriladi.
Mazkur mezonlar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan kelishilgan.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori N. Sayfullayev
