Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2240-4-son)
15.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 15-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2240-4]
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi va 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-iyun,
195-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 15-iyundagi 195-son buyrugʻiga ILOVA
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur shaxsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni oʻtkazish Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3099, 2018-yil 14-dekabr) talablari asosida amalga oshiriladi.”.
2. 16-banddagi “surishtiruv organlari” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 45-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan Qoidalarga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.”.
4. 58-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki tuman (shahar) maʼmuriy sudiga, maʼmuriy sudning qarori ustidan esa kassatsiya instansiyasi sudiga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.”.
5. 70-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“70. Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda – shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisi mustasno.”;
quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi, quyidagi hollar bundan mustasno:
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.”.
6. 74-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi.”.
7. 11-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
8. 2-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
9. 4-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
10. 6 — 8-ilovalar tegishli ravishda mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4 — 6-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
11. 13-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 7-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 11-ILOVA
”.
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
”.
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Ushbu maʼlumotnoma haydovchilik guvohnomasi olinib, haydovchi istiqomat qilayotgan yoki transport vositasi roʻyxatga olingan joydagi DYHXXga oʻttiz kun ichida yetib kelmagan va talonning amal qilish muddati tugab qolgan hollarda beriladi. Maʼlumotnoma oʻn kun muddatga uch marotaba berilishi mumkin va amal qilishi muddati tugagandan soʻng qaytarilishi shart.
Agar haydovchi safarda boʻlgan vaqtda talonning amal qilish muddati tugab qolsa, uning muddati haydovchi taqdim etgan tegishli hujjatlar yoki maʼlumotlar asosida oʻsha hududdagi DYHXXning faqatgina maʼmuriy amaliyot inspektori yoki bunday vazifa yuklatilgan xodimi tomonidan uzaytirib beriladi. Bunda ushbu maʼlumotnomaga “Yashash joyiga yetib olgunga qadar” deb yozilib, oʻn kungacha muddat qoʻyib berilishi mumkin.
Maʼlumotnoma haydovchilik guvohnomasi taloni va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan haqiqiy hisoblanadi.”.
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ILOVA
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 6-ILOVA
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 7-ILOVA
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 13-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 10/20/2240-4/1070-son)
