Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqidagi buyrugʻi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2358-3-son)
17.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2358-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 1-maydagi 71-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2358, 2012-yil 4-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 19-son, 210-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-avgustdagi 216-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2358-1, 2018-yil 25-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 10/18/2358-1/1957-son);
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 4-maydagi 120-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2358-2, 2019-yil 13-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 10/19/2358-2/3285-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-iyun,
197-son
Kelishilgan:
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2020-yil 11-iyun
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
2020-yil 12-iyun
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2020-yil 15-iyun
