Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qarori) (440-son)
13.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 13-iyul,
440-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-iyuldagi 440-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 15-son, 168-modda) bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat arxivlarining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlarining 50 foizi arxiv xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga yoʻnaltiriladi”.
