Qand-shakarga ulgurji narxlar belgilash toʻgʻrisida (388-son)
19.08.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikaga qand-shakar turli darajadagi shartnomaviy narxlarda keltirilayotganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sanoatda qayta ishlash uchun foydalaniladigan qand-shakarning cheklangan ulgurji narxlari 1992-yil 20-avgustdan boshlab 1 kilogrammi uchun 80 soʻm miqdorida belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sanoatda qayta ishlash uchun yetkazib beriladigan qand-shakarning ulgurji narxlarini, uni sotib olishning amalda vujudga kelayotgan narxlarini hisobga olgan holda, har oyda qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
narxlar qayta koʻrib chiqilayotganda paydo boʻladigan farqlarning oʻrnini toʻldirish yuzasidan savdo tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish tartibini oʻrnatsin;
ulgurji narxlar preyskurantlarini manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 19-avgust,
388-son
