Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (3147-1-son)
08.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3147-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 14-martdagi 11, 8, 5, 6, 23 qq, 37-son qarori (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/3147/2889-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-iyun,
32-son
Milliy gvardiya qoʻmondoni R. DJURAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-iyun,
33-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-iyun,
21-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-iyun,
16-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-iyun,
50-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-iyun,
10-5/1517-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 1-iyundagi 32-son, 33-son, 21-son, 16-son, 50-son, 10-5/1517-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. MIB va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalarning tuzilish tartibi, komissiya aʼzolari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom asosida belgilanadi.”.
2. 3-ilovaning 9-bandi birinchi xatboshisidagi “ruhiy kasalliklar mavjudligi” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 1-iyundagi 32, 33, 21, 16, 50, 10-5/1517-son qarorigaILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga5-ILOVA
Fuqarolar sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
ROʻYXATI
Izoh:
1. Jadvalda “yaroqsiz” deganda — (tinchlik davrida) harbiy xizmatga yaroqsiz yoki HTMga kirishga yaroqsiz deb tushiniladi.
2. Raketa qoʻshinlari maxsus vositalariga haydovchi va mexanik-haydovchi lavozimlarga harbiy xizmatga yaroqli harbiy xizmatchilar tayinlanadi, ular transport vositalarini boshqarishga yaroqli boʻlib, har bir qoʻzning koʻrish oʻtkirligi 0,8 dan kam boʻlmagan, rang ajratish qobiliyati buzilmagan va shivirlab gapirganda har bir qulogʻida 6 m dan kam boʻlmagan eshitish qobiliyati boʻlishi lozim.
3. Vazni 90 kg dan ortiq boʻlgan shaxslar ayrim cheklanishlar bilan harbiy xizmatga yaroqli deb topiladilar. Vazni 90 kg dan ortiq shaxslar parashyut bilan sakrash oʻquv mashgʻulotlaridan vaqtincha ozod qilinadilar. Ularning vazni 90 kg dan kam boʻlgandan soʻng qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi
4. Antropometriya koʻrsatkichlari boʻyicha talablar quyidagi shaxslarga amal qilinmaydi: ilmiy darajasi va unvoni mavjud boʻlgan, respublika va xalqaro toifasidagi sport arbobi, ayrim sport turlari boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalar sovrindorlari, tor sohadagi mutaxassislar, shuningdek shartnoma boʻyicha harbiy xizmatga kirayotgan ayollar. Ularning harbiy xizmatga yaroqliligi harbiy-hisob mutaxassisligi va tayinlayotgan lavozimiga koʻra yakka tartibda aniqlanadi.
*Milliy gvardiya HTMga kirayotgan nomzodlarning boʻyi — 175 sm va undan yuqori, vazni — 62 kg va undan ortiq.”.
