Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (426-son)
07.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasidagi investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2019-yil 13-noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 15,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 16,76 mln AQSh dollarini, shu jumladan:
OTB qarzi — 15,0 mln AQSh dollarini;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi soliq imtiyozlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi, davlat maqsadli jamgʻarmalariga yigʻimlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslarni yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etish) hisobiga — 1,76 mln AQSh dollarini;
v) loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020 — 2023-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Loyiha doirasida quyidagi investitsiya loyihalari tayyorlanadi:
Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suv va kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya va qurish loyihasi (Faza 3) — loyiha tashabbuskori “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati;
Ichimlik suv va oqova suv taʼminotini rivojlantirish dasturi — loyiha tashabbuskori “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati;
Shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi — loyiha tashabbuskori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
3. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasining asosiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
a) “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ) ichimlik suv va kanalizatsiya sohasidagi loyihalarning, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) “Shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasining oʻz vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
b) OTB qarzlarini qaytarish va foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar 2020-yildan 2024-yilning 15-noyabr sanasigacha ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan loyihalar boʻyicha olingan qarzlar hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda, tegishli loyihaoldi hujjatlari xarajatlari va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan mablagʻlar (qarzni qoplash va foizlar toʻlash) “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, loyihalarning boshqa ishtirokchilari hamda tegishli viloyatlarning mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
v) 2024-yilgacha boʻlgan davrda loyihalar boʻyicha Hukumat qarori qabul qilinmagan taqdirda, OTB qarzlarini qaytarish va foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli investitsiya loyihasi boʻyicha 2024-yildan loyiha tashabbuskorlari uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ:
loyihaning tasdiqlangan parametrlariga muvofiq loyiha oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirsinlar;
loyihani boshqarish qoʻllanmasida belgilangan tartibda loyihani amalga oshirish muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
7. Oʻzsuvtaʼminot” AJga mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tashabbuskor boʻlgan loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish vazifasi yuklansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-iyul,
426-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 426-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasining
ASOSIY KOʻRSATKIChLARI
T/r Xarajatlar nomi Oʻlchov birligi Jami * Moliyalashtirish manbai, shu jumladan: OTB qarzi Oʻzbekiston Respublikasi ulushi Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh dollari ekv. 16 760,00 15 000,00 1 760,00 shu jumladan: 1. Maslahat xizmatlari ming AQSh dollari ekv. 13 600,00 13 600,00 2. Investitsiya davrida moliyaviy chiqimlar ming AQSh dollari ekv. 710,00 710,00 3. Taqsimlanmagan mablagʻlar ming AQSh dollari ekv. 690,00 690,00 4. Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSh dollari ekv. 1 760,00 1 760,00
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 426-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori 15,0 mln AQSh doll. Qarz muddati 25 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi 2,0% Yillar Asosiy qarzga kiritiladigan foizlar (ming dollar) Toʻlanadigan foizlar (ming dollar) Asosiy qarz qaytarilishi (ming dollar) Jami qaytariladigan mablagʻ (ming dollar) 15.11.2020 15,3 15.05.2021 40,3 15.11.2021 62,5 15.05.2022 89,8 15.11.2022 100,3 15.05.2023 119,5 15.11.2023 131,3 15.05.2024 151 15.11.2024 152,5 375 527,5 15.05.2025 148,7 375 523,7 15.11.2025 144,1 375 519,1 15.05.2026 141,1 375 516,1 15.11.2026 136,5 375 511,5 15.05.2027 133,4 375 508,4 15.11.2027 128,9 375 503,9 15.05.2028 125,8 375 500,8 15.11.2028 122 375 497 15.05.2029 118,2 375 493,2 15.11.2029 113,8 375 488,8 15.05.2030 110,6 375 485,6 15.11.2030 106,2 375 481,2 15.05.2031 102,9 375 477,9 15.11.2031 98,6 375 473,6 15.05.2032 95,3 375 470,3 15.11.2032 91,5 375 466,5 15.05.2033 87,7 375 462,7 15.11.2033 83,4 375 458,4 15.05.2034 80,1 375 455,1 15.11.2034 75,8 375 450,8 15.05.2035 72,4 375 447,4 15.11.2035 68,3 375 443,3 15.05.2036 64,8 375 439,8 15.11.2036 61 375 436 15.05.2037 57,2 375 432,2 15.11.2037 53,1 375 428,1 15.05.2038 49,6 375 424,6 15.11.2038 45,5 375 420,5 15.05.2039 41,9 375 416,9 15.11.2039 37,9 375 412,9 15.05.2040 34,3 375 409,3 15.11.2040 30,5 375 405,5 15.05.2041 26,7 375 401,7 15.11.2041 22,8 375 397,8 15.05.2042 19,1 375 394,1 15.11.2042 15,2 375 390,2 15.05.2043 11,4 375 386,4 15.11.2043 7,6 375 382,6 15.05.2044 3,8 375 378,8 Jami: 710,0 3120,2 15000,0 18120,2
