43-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi — Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-627-son)
43-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-627-son) · Sana: 08.07.2020 · Amalda
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-iyul,
OʻRQ-627-son
Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga 1-ILOVA
Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun toʻlovlar
MIQDORLARI
Jinsi va yoshidan qatʼi nazar, 1 ta yovvoyi hayvonni tutish narxlari Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari uchun bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda (ov qilish turlari boʻyicha) Chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar uchun, AQSH dollarida sanoat maqsadida sport, havaskorlik va oʻlja olish maqsadida ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida ov qilishning barcha turlari boʻyicha SUTEMIZUVCHILAR Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan turlar Qoplon, targʻil sirtlon, togʻ qoploni * * 300 50000 Burama shoxli taka (morxoʻr) * 300 150 25000 Seversov qoʻyi * 300 150 21000 Tyanshan qoʻyi, ustyurt qoʻyi, Buxoro togʻ qoʻyi * 300 150 10000 Buxoro bugʻusi (xongul) * 250 100 7000 Tyanshan qoʻngʻir ayigʻi, Oʻrta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, asalxoʻr, kulon * 100 80 3000 Saygʻoq, jayron * 50 30 3000 Menzbir sugʻuri, manul (yovvoyi mushuk), sahro mushugi, qarsoq, olaqoʻzan, sariq sassiqkuzan * 45 25 1500 Sut emizuvchilarning boshqa turlari * 4 3 500 Boshqa turlar Prjevalskiy oti 300 200 100 10000 Qizil boʻri 10 5 3 1000 Togʻ takasi * 5 2 1000 Toʻngʻiz 4 3 1,5 300 Yelik (bugʻu) 4 3 1,0 300 Togʻ suvsari, qorakuzan (norka), oqsuvsar 0,3 0,2 0,1 50 Tulki, chiyaboʻri, choʻl va toʻqay mushuklari, nutriya, latcha, ondatra, qizil sugʻur 0,2 0,1 0,05 30 Boʻri - - - 75 Boʻrsiq, jayra 0,3 0,15 0,03 20 Quyon 0,1 0,05 0,02 25 Oʻrmon, qishloq va ovchilik xoʻjaliklari zararkunandalaridan, odam va hayvonlar kasalliklarini tarqatuvchilardan tashqari boshqa sutemizuvchilar 0,02 0,01 0,01 1
Izoh:
Agar biron-bir hayvon ovchilik xoʻjaligiga yoki insonning xoʻjalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi hayvon sifatida tutiladigan boʻlsa, uning uchun toʻlov undirilmaydi.
* Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslariga bitta yovvoyi hayvonni tutish uchun narx chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar uchun boʻlgan oʻsha summada AQSH dollarida belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari toʻlovni Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan u toʻlangan kunda belgilangan kurs boʻyicha toʻlaydi.
QUSHLAR Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan turlar Mallabosh lochin (shaxin), itolgʻi, lochin (sapsan), toʻxtatuvaloq (dudak), yoʻrgʻa tuvaloq * 100 10 7000 Qiyqirdoq va vishildoq oqqushlar, pushti va jingalak soqoqushlar, togʻ kalxati (qumoy), qora laylak, suvqiygʻir (skopa), uzun dumli va oq dumli suvburgutlari, oq turna, kichik burgut, qironqora, boltayutar, burgut, qirgʻiy burgut, ilonxoʻr burgut, katta olachipor burgut, oqbosh oʻrdak, qiziltomoq gʻoz, kichik oqqoʻton, qizilgʻoz (flamingo), oq peshanali kichik gʻoz, sariq qoʻton (qarqara), bizgʻaldoq 100 50 8 3000 Oq laylak, qoravoy, qoshiqburun, tasqara, oq boshli qumoy, choʻl boʻktargisi, choʻl burguti, choʻl miqqiysi, qorabosh baliqchi, choʻl jiqtogʻi, targʻoq, kichik uzunburun, Osiyo moki loyxoʻragi, oqbovur 25 15 5 1000 Qorabuzov, marmar churrak, oqkoʻz (ola qanotli oʻrdak), Zarafshon qirgʻovuli, qora kabutar, oddiy gʻurrak va boshqa turlar 15 10 3 500 Qushlarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun) Ov qilish maqsadini hisobga olgan holda mazkur hayvon turini tutish uchun toʻlov miqdorining 40 foizi Sanoat, sport yoki xavaskorlik maqsadida ov qilish obyektlari boʻlmagan hayvonlar turlari Turnalar, ukki, kichik oqqush, boshqa yirtqich qushlar 2 300 Yapaloqqushlar, qarqaralar, quzgʻun, klushitsa, Alp zogʻchasi 1 200 Boshqa turlar Katta va kichik koʻlbuqalar, haqqush (kvakva) 0,3 0,2 0,1 50 Qirgʻovullar (Zarafshon qirgʻovulidan tashqari) 0,15 0,07 0,03 50 Gʻozlar, ular 0,15 0,07 0,03 30 Oʻrdaklar, churraklar, cheraglar, qashqaldoq, kaklik, chillar, qorabovur, sadja (suv bulduriq) 0,05 0,03 0,01 5 Yilqichi 0,07 0,05 0,005 30 Qargʻasimonlar (qargʻalar, zagʻizgʻon, goʻngqargʻa, zogʻcha) 0,03 0,02 0,01 5 Kabutarlar, gʻurraklar (oddiy gʻurrakdan tashqari), balchiqchi qushlar, katta qoravoy, qoʻngʻirlar, suv tovugʻi, suvmoshaklar, bedana, chugʻurchuqlar 0,02 0,01 0,005 2,5 “Mayda chumchuqsimon qushlar” (soʻfitoʻrgʻaylar, jiblajibonlar, zargʻaldoq, zavirushkalar, shaqshaqlar,chittaklar, vyuroklar, chumchuqlar, dehqonchumchuqlar, korolyoklar) 0,3 0,1 0,005 3 Boshqa qushlar 0,01 0,01 0,003 2 Qushlarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun) Ov qilish maqsadini hisobga olgan holda mazkur hayvon turini tutish uchun toʻlov miqdorining 30 foizi
Izoh:
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra ovchilik xoʻjaligiga yoki insonning xoʻjalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlarni tutish toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi. Bunday hayvonlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan aniqlanadi.
* Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslariga bitta yovvoyi hayvonni tutish uchun narx chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar uchun boʻlgan oʻsha summada AQSH dollarida belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari toʻlovni Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan u toʻlangan kunda belgilangan kurs boʻyicha toʻlaydi.
SUDRALIB YURUVCHILAR Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan turlar Kobra, boʻzechkemar 10 10 4 1000 Choʻl toshbaqasi 0,2 0,05 0,02 6 Boshqa noyob turlar 7 7 2 500 Sudralib yuruvchilarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun) Ov qilish maqsadini hisobga olgan holda mazkur hayvon turini tutish uchun toʻlov miqdorining 40 foizi Boshqa turlar Qum charxiloni, bushilon, qora ilon, koʻlvor ilon 5 2,5 1 100 Zaharsiz ilonlar 0,5 0,25 0,05 15 Kaltakesakchalar, gekkonlar, kaltakesaklar, agamalar, sariqilon va boshqa turlar 0,2 0,05 0,01 5 Sudralib yuruvchilarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun) Ov qilish maqsadini hisobga olgan holda mazkur hayvon turini tutish uchun toʻlov miqdorining 30 foizi HAM SUVDA, HAM QURUQLIKDA YASHOVCHI HAYVONLAR Koʻl baqalari, qurbaqalar 0,05 0,03 0,01 2 BALIQLAR Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan turlar Orol soʻzanbaligʻi, Orol bakra baligʻi, Sirdaryo kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni va Amudaryo katta kurakburuni, Orol sulaymonbaligʻi, choʻrtansimon oqqayroq, Amudaryo gulbaligʻi 15 10 5 500 Boshqa turlar 5 3 1 250 Sanoat ahamiyatiga molik baliqlar va ularning boshqa turlari Laqqabaliq, doʻngpeshona, sazan (zogʻora baliq), oqqayroq, pelyad, sudak, gulmohi, oq amur 5 0,03 0,02 15 Tovonbaliq, Samarqand xramulyasi, ilonbosh, leshch, choʻrtanbaliq, tarasha baliq, xonbaliq, qorabaliq 3 0,01 0,01 5 Qizilkoʻz va boshqa qiymati past turlar 1 0,005 0,001 1 Izoh: Sanoat ahamiyatiga molik baliqlarni va ularning boshqa turlarini tutishga doir narxlar: birinchi ustunda sanoat maqsadidagi 1 tonna uchun; ikkinchi ustunda sport va boshqa maqsadlardagi 1 kg uchun koʻrsatilgan. Baliqlarning koʻpaytirilgan turlarini sanoat miqyosida ovlaganlik uchun toʻlov summasi koʻpaytirilganlik tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda mazkur tur qiymatining 30 foizini tashkil etadi. UMURTQASIZLAR Kamyob va yoʻqolib borayotgan turlar: Turkiston qisqichbaqasi (Sirdaryo havzasi), tibbiyot zulugi (10 donasi uchun) va boshqalar 0,05 0,02 0,01 20 Zaharli umurtqasizlar 0,01 - 0,002 3 Tor panjali qisqichbaqa (Zarafshon daryosi havzasi) 1 kg uchun 0,08 0,05 0,01 3 Artemiya (Artemia) sistalari 1 kg uchun 0,1 - 0,01 5 Umurtqasizlar gʻumbaklari (motil, trubochnik va boshqalar) 1 kg uchun 0,02 - 0,005 0,1 Mayda qisqichbaqasimonlar (gammarus, dafniyalar va hokazo) 1 kg uchun 0,01 0,01 0,005 0,1 Mollyuskalar chigʻanoqlari (1 kg uchun) 0,01 0,01 0,005 0,5 Maishiy, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalaridan, xavfli infeksiyalarni tarqatuvchilardan, shuningdek baliq ovida xoʻrak sifatida foydalaniladigan jonivorlardan tashqari boshqa umurtqasizlar 0,01 0,01 0,001 1 Mumiyo (1 g uchun) 0,05 - 0,01 1 Izoh: Pitomniklarda yetishtirilgan va ovchilik-baliqchilik joylariga qoʻyib yuborilgan hayvonlarni tutish uchun toʻlov miqdori, basharti joylarga qoʻyib yuborilgan hayvonlar soni tutish uchun moʻljallanadigan hayvonlarning sonidan uch barobar ortiq boʻlsa, ushbu pitomniklar egalari boʻlgan shaxslar uchun mazkur yovvoyi hayvon turini tutish uchun toʻlov miqdorining 50 foizini tashkil etadi. Pitomniklarda, fermalarda, hovuz xoʻjaliklarida va boshqalarda yetishtirilgan hamda ularning hududida joylashgan hayvonlar uchun toʻlovlar miqdori ushbu xoʻjaliklarning egalari tomonidan belgilanadi. Koʻpaytirish yoki boshqa joylarga koʻchirish maqsadida tutib olinadigan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma uchun toʻlovning miqdori mazkur turni tutish uchun belgilangan toʻlov miqdorining 30 foizini tashkil etadi. Tabiiy, texnogen va antropogen omillardan zarar koʻrgan hayvonlarni reabilitatsiya qilish hamda keyinchalik tabiatga chiqarib yuborish maqsadida tabiiy muhitdan majburiy tarzda ajratib olish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan maxsus kelishuvga koʻra ularni tutganlik uchun haq toʻlamagan holda amalga oshiriladi. Pitomniklarda yetishtirilgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (uchinchi va keyingi avlod) hayvonlardan ovchi yovvoyi qushlarning mashqini oʻtkazish uchun yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda foydalanishga yoʻl qoʻyilib, bundan avval Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga foydalaniladigan hayvonning soni va turlari, mashq oʻtkazish joyi va muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, halqalar, mikrochiplar identifikatsiya raqamlarining hamda boshqa identifikatsiya belgilarining roʻyxati taqdim etiladi. Oʻrmon, qishloq va ovchilik xoʻjaliklari zararkunandalarining, inson va hayvonlar xavfli kasalliklarini tarqatuvchilarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, ovchilar jamoat birlashmalari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga 2-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OV QILISH MUDDATLARI
Tur Ov qilish muddatlari Toʻngʻiz 15-sentabr — 30-dekabr, qishloq xoʻjaligi ekinzorlarida yerdan foydalanuvchilarning talabnomalari boʻyicha 15-iyuldan boshlab. Togʻ takasi 15-sentabr — 30-dekabr Yelik (bugʻu) 1-sentabr — 30-noyabr Qum tovushqoni 15-oktabr — 31 yanvar Jayra, boʻrsiq 15-sentabr — 30-noyabr Ondatra 15-oktabr — 15-dekabr Qarsoq tulki, chiyaboʻri, yovvoyi mushuklar 15-noyabr — 31 yanvar Tulki, qorakuzan (norka), togʻ suvsari, sariq sassiqkuzan 15-noyabr — 31 yanvar Nutriya 15-oktabr — 15-dekabr Bedana 15-avgust — 30-noyabr Kabutarlar (gʻurraklar va kabutarlar) 15-avgust — 28-fevral Kaklik, chillar, ular 15-oktabr — 28-fevral Qirgʻovullar 15-oktabr — 30-dekabr Suvda suzuvchi qushlar (gʻozlar, oʻrdaklar, qashqaldoqlar), katta qoravoy, qoʻngʻirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida: 1-sentabr — 15-dekabr; qolgan hududlarda: 1-oktabr — 28 fevral. Balchiqchi qushlar (balchiqchilar, suv tovugʻi, suvmoshaklar, tartar), yilqichi, churraklar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida: 15-avgust — 15-dekabr; qolgan hududlarda: 15-avgust — 31 yanvar. Qorabovur, suv buldurigʻi 5-oktabr — 30-dekabr Chugʻurchuqlar 1-sentabr — 30-dekabr Mayna, goʻng qargʻa, qargʻalar, zogʻcha, zagʻizgʻon, yovvoyilashgan xonaki kabutarlar Ov qilish uchun ruxsatnoma mavjud boʻlganda yil davomida. Chumchuqlar Ekinzorlarda yerdan foydalanuvchilarning talabnomalari boʻyicha yil davomida. Baliqlar* Amudaryo va Sirdaryoda: 1-iyun — 10-mart; Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining suv havzalarida: 11-iyun — 25-aprel; Qolgan barcha suv havzalarida: 1-iyun — 15-aprel. Artemiya 16-iyul — 31-mart
* Baliqlarni ovlash muddatlari ob-havo sharoitiga qarab, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi talabnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan 15 kundan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 43-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-627-son). neolex.uz/uz/laws/law-4890108/43 (lex.uz/docs/-4890112)