3-modda. Ov qilish
Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-627-son) · Sana: 08.07.2020 · Amalda
Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan yovvoyi hayvonlarni (ularning yashash faoliyati mahsulotlarini) tutish maqsadida ularni izlash, ularning iziga tushish va ularni taʼqib qilish, tutishga urinish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilishdir. Quyidagilar ov qilishga tenglashtiriladi:
gʻilofi yechib qoʻyilgan holatdagi (yigʻilgan tarzdagi) ov quroli va ov qilish qurollarining boshqa turlari yoki ov mahsuloti bilan ov qilish joylari hududida boʻlish;
shaxslarning gʻilofi yechib qoʻyilgan holatdagi (yigʻilgan tarzdagi) ov quroli bilan, ov mahsulotining qoʻlga kiritilganligi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz (ovchilik guvohnomasisiz, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomasiz, ovchilik yoʻllanmasisiz (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasisiz) umumiy foydalanishdagi yoʻllarda boʻlishi.
Ovchilik xoʻjaliklari qoʻriqlash xodimlarining oʻz lavozim majburiyatlarini bajarayotganda xizmat quroli bilan ovchilik xoʻjaliklari hududida boʻlishi ov qilish hisoblanmaydi.
Ov qilish qoidalari va ov qilish joylarida ov qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
