Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yigʻim undirishni joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarorini qisman oʻzgartirish haqida (362-son)
21.10.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga soluvchi chora-tadbirlarning taʼsirchanligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga qoʻmita yuridik shaxs boʻlmagan holda savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga sifati past isteʼmol tovarlari, shuningdek Oʻzbekistonda yetarlicha hajmlarda ishlab chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar keltirilayotganligi ustidan sust nazorat qilayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi 1996-yil 15-noyabrgacha jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar olib kelinganligi va hisoblangan yigʻimlar summasining budjetga tushishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot bersinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yigʻim undirishni joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarorining 1-bandi 1996-yil 1-noyabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 21-oktabr,
362-son
