Avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni notarial idoralarda tasdiqlaganlik uchun davlat boji stavkalari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (358-son)
11.10.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositalariga nisbatan notarial harakatlar sodir etish amaliyotini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 4-bandining “m” kichik bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin va ushbu kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda “Davlat boji haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashga doir yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 11-oktabr,
358-son
