Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi 192-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (353-son)
08.10.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan diplomatik munosabatlarini yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasining ishlab turgan konsullik muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ularning vakolatlarini kengaytirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “Chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik vakolatxonalarini ochish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-apreldagi 192-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish sifatida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Afina shahrida (Gretsiya Respublikasi) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilsin.
2. 1996-yil 1-noyabrdan boshlab:
Frankfurt-Mayndagi (Germaniya Federativ Respublikasi),
Nyu-Yorkdagi (Amerika Qoʻshma Shtatlari),
Bangkokdagi (Tailand Qirolligi) konsulxonalar Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonalariga aylantirilsin.
3. Bosh konsulxonalarning 1996-yil uchun shtat jadvali va xarajatlar smetasi 1 — 8-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2, 4, 6 va 8-ilovalar berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yil uchun zarur mablagʻlarni kadrlar bilan butlanishiga qarab, xarajatlar smetasiga muvofiq ajratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bosh konsulxonalarning diplomatik tarkibini shtat jadvaliga muvofiq kadrlar bilan butlash uchun nomzodlar boʻyicha bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 8-oktabr,
353-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-oktabrdagi 353-son qaroriga 1-ILOVA
Gretsiya Respublikasidagi (Afina shahri) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasining
SHTAT JADVALI
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
