Berlin shahrida Germaniya Federativ Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasining boʻlimini ochish toʻgʻrisida (352-son)
08.10.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Germaniya Federativ Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi ishini takomillashtirish va uning joylashgan mamlakat hududidagi faoliyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Berlin shahrida Germaniya Federativ Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining boʻlimi ochilsin.
2. Elchixona boʻlimining shtat jadvali va 1996-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
1996-yil uchun Elchixona boʻlimi xodimlari soni 3 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 2 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 1 kishi — texnik xodim.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1996-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shtat jadvaliga muvofiq Elchixona boʻlimining diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 8-oktabr,
352-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-oktabrdagi 352-son qaroriga 1-ILOVA
Germaniya Federativ Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining Berlin (GFR) shahridagi boʻlimi
SHTAT JADVALI
