Latviya Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasini ochish toʻgʻrisida (351-son)
08.10.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 22-oktabrdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Latviya Respublikasining Riga shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Elchixonaning shtat jadvali va 1996-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
1996-yil uchun Elchixona xodimlari soni 4 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 2 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 2 kishi — maʼmuriy-texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1996-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 8-oktabr,
351-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-oktabrdagi 351-son qaroriga 1-ILOVA
Latviya Respublikasidagi (Riga shahri) Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining
SHTAT JADVALI
