“Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida (482-I-son)
30.08.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1991-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash, muhokama qilish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish Qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil,12-son, 290-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-avgust,
482-I-son
