Ukrainada Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasini ochish toʻgʻrisida (350-son)
08.10.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 24-yanvardagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ukrainaning Kiyev shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Elchixonaning shtat jadvali va 1996-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
1996-yil uchun Elchixona xodimlari soni 5 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 3 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 2 kishi — maʼmuriy-texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1996-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 8-oktabr,
350-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-oktabrdagi 350-son qaroriga 1-ILOVA
Ukrainadagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining
SHTAT JADVALI
