39-modda. Davlat geodeziya nazoratining maqsadi va vazifalari
Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-626-son) · Sana: 02.07.2020 · Amalda
Davlat geodeziya nazorati geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
geodeziya va kartografiya faoliyatining barcha subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, shu jumladan xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga, geodeziya hamda kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish;
davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritishini taʼminlash.
