19-modda. Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar
Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-626-son) · Sana: 02.07.2020 · Amalda
Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
muhandislik qidiruvlarida, binolarni, inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda, yer tuzishda, davlat kadastrlarini yuritishda va boshqa ishlarda geodezik zichlashtirish tarmoqlarini qurish hamda rivojlantirish;
muhandislik qidiruvlarida, binolar va inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda va boshqa ishlarda maxsus geodeziya tarmoqlarini qurish;
geodeziya tasvirga olish tarmoqlarini qurish, aholi punktlarining hududlari va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni hamda ularda qurilish olib borishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek boshqa ishlarni bajarish uchun moʻljallangan topografik rejalarni yaratish va yangilash;
maxsus ahamiyatga molik geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish;
grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi maxsus ahamiyatga molik tematik xaritalar, rejalar va atlaslarni tuzish hamda nashr etish;
muhandislik qidiruvlarini amalga oshirish chogʻida geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni taʼminlash maqsadida Yerni masofadan turib zondlash.
