13-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi
Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-626-son) · Sana: 02.07.2020 · Amalda
Kadastr agentligi geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
aerokosmik suratga olishga, topografiya-geodeziyaga, kartografiyaga oid va boshqa tekshiruvlarni hamda qidiruv ishlarini amalga oshiradi;
geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining yagona davlat tizimlarini hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini belgilash masalalari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani qabul qiladi hamda xabardor qiluvchilarning reyestrini yuritadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, yuridik shaxslarning geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtiradi;
umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olishni amalga oshiradi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining hamda geodezik zichlashtirish tarmoqlarining turlari va tarkibini, shuningdek ularni yaratish tartibini belgilaydi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratadi, rivojlantiradi va ishlash holatida saqlab turadi;
grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari va rejalarini yaratadi, yangilaydi hamda nashr etadi;
mahalliy koordinatalar tizimlarini belgilash va ulardan foydalanish tartibini aniqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining joylashish zichligi normalarini belgilaydi hamda ularning joylashgan yerini aniqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining hisobini yuritadi;
