11-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-626-son) · Sana: 02.07.2020 · Amalda
Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining yagona davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, yuridik shaxslarning geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga, geodeziya va kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning, geodeziya punktlarining hisobga olinishini taʼminlash;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
