Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (418-son)
01.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2020-yil 27-mayda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) vakillari oʻrtasida “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga 15 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan 500,0 million AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini taqdim etish boʻyicha qarz muzokaralari oʻtkazilganligi hamda qarz bitimiga oid muzokaralar bayoni imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Loyiha doirasida OTB mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasini toʻldirish va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
3. Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarz mablagʻlarini qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, shuningdek, OTB tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
OTB tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlarini qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz bitimini imzolash vakolati berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya — iqtisodiyot va kambagʻalikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-iyul,
418-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyuldagi 418-son qaroriga ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarz mablagʻlarini qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 500 mln. AQSH doll. Qarz muddati 15 yil Imtiyozli davr 3 yil Foiz stavkasi 6 oylik LIBOR + 0,5 % Vositachilik haqi 0,15 % yillik mln. AQSH dollari Toʻlov davri Qarz summasi Toʻlov summasi Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa asosiy qarz foizlar* vositachilik haqi** 03.07.2020 500,00 0 15.10.2020 500,00 4,77 4,77 15.04.2021 500,00 8,34 8,34 15.10.2021 500,00 8,39 8,39 15.04.2022 500,00 8,34 8,34 15.10.2022 500,00 8,39 8,39 15.04.2023 500,00 8,34 8,34 15.10.2023 479,17 20,83 8,39 29,22 15.04.2024 458,33 20,83 8,04 28,87 15.10.2024 437,50 20,83 7,69 28,52 15.04.2025 416,67 20,83 7,30 28,13 15.10.2025 395,83 20,83 6,99 27,82 15.04.2026 375,00 20,83 6,60 27,44 15.10.2026 354,17 20,83 6,29 27,12 15.04.2027 333,33 20,83 5,91 26,74 15.10.2027 312,50 20,83 5,59 26,43 15.04.2028 291,67 20,83 5,24 26,08 15.10.2028 270,83 20,83 4,89 25,73 15.04.2029 250,00 20,83 4,52 25,35 15.10.2029 229,17 20,83 4,19 25,03 15.04.2030 208,33 20,83 3,82 24,66 15.10.2030 187,50 20,83 3,49 24,33 15.04.2031 166,67 20,83 3,13 23,96 15.10.2031 145,83 20,83 2,80 23,63 15.04.2032 125,00 20,83 2,45 23,28 15.10.2032 104,17 20,83 2,10 22,93 15.04.2033 83,33 20,83 1,74 22,57 15.10.2033 62,50 20,83 1,40 22,23 15.04.2034 41,67 20,83 1,04 21,88 15.10.2034 20,83 20,83 0,70 21,53 15.04.2035 0,00 20,83 0,35 21,18 Jami 500,00 151,22 0,00 651,22
* qaytarish toʻlovlarining foiz stavkalari hisobi Bloomberg nashrining maʼlumotlariga asoslangan holda, kelgusi 15 yilda LIBOR stavkasining eng yuqori koʻrsatkichi — 2035-yilda 2,3 foizni, 2019-yilda — 2,8 foizni tashkil etganligini hisobga olib, 2,8 foiz deb qabul qilinadi hamda doimiy 0,5 foiz stavkasi qoʻshilganda, ushbu qarz toʻlovining yillik foiz stavkasi 3,3 foizni tashkil qiladi.
** vositachilik haqi Qarz bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.
