Dam olish kunini 1992-yil 29-avgust shanbadan 31-avgust dushanba kuniga koʻchirish toʻgʻrisida (372-son)
11.08.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik kunining bir yilligi bayram qilinishi munosabati bilan mehnat jamoalarining istaklarini eʼtiborga olib, dam olish kuni 1992-yil 29-avgust shanbadan 31-avgust dushanba kuniga koʻchirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 11-avgust,
372-son
