Samarqand viloyatidagi ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (410-son)
25.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Samarqand viloyatidagi davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni qabul qilish quvvatlarini meʼyorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining Samarqand viloyatidagi taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha ilovaga muvofiq chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga ilovada nazarda tutilgan samarasiz foydalanilayotgan va boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlarini belgilangan tartibda topshirish va qabul qilish ishlarini amalga oshirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi:
9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshlangʻich professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan Pastdargʻom tuman 3-son kasb-hunar maktabiga 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarni qabul qilish va toʻlaqonli oʻquv jarayonini tashkil etish chorasini koʻrsin;
ikki oy muddatda Urgut tumanidagi 3-son akademik litseyning bino va inshootlari negizida Samarqand davlat universiteti huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan iqtidorli oʻquvchilar maktabi faoliyatini tashkil etishga oid tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda ushbu qarorga ilovada keltirilgan kasb-hunar kollejlaridagi mavjud kichik texnologik jihozlar va ustaxona asbob-uskunalarini kelgusida faoliyatini davom ettiradigan professional taʼlim muassasalariga belgilangan tartibda qayta taqsimlasin.
5. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining:
a) Samarqand tuman agrosanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tugʻruq boʻlimiga moslashtirish boʻyicha ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilish-taʼmirlash ishlarini 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga muvofiq Samarqand shahar 3-son tugʻruq boʻlimini rekonstruksiya qilish ishlari uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirish;
b) tashabbuskor investorlarni jalb qilgan holda, oʻzaro kelishuv bitimlariga asosan salohiyatli investorlarga beriladigan obyektlarning quvvatlaridan kam boʻlmagan holda:
Samarqand tumani, “Guliston” massivi hududidagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer maydonida L.M. Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish institutini joylashtirish uchun institut binosi, klinika, poliklinika hamda boshqa yordamchi binolarni qurish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
ushbu qaror 5-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan obyektlarni qurish boʻyicha tashabbuskor investorlar bilan tegishli bitimlarni rasmiylashtirish, ushbu obyektlarning loyiha takliflari belgilangan tartibda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi;
L.M. Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli Samarqand shahar, Xoʻja Ahror Valiy koʻchasi, 25-uy manzilida joylashgan shifoxona, laboratoriya, boshqa bino va inshootlar mavjud yer maydonlari bilan birgalikda tuziladigan tegishli shartnomalarga muvofiq yangi binolarni qurish va foydalanishga topshirish evaziga salohiyatli investorlarga beriladi;
L.M. Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish institutiga tegishli Samarqand shahar, Isayev koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar yer maydoni bilan birgalikda kelgusida samarali foydalanish maqsadida Samarqand shahar hokimligiga beriladi.
61. Samarqand viloyati hokimligi:
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qarorning 5-bandi “b” kichik bandi va 6-bandida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish uchun salohiyatli tashabbuskor investorlar tanlab olinishini va ular bilan oʻzaro investitsiya bitami rasmiylashtirilishini;
b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda tanlab olingan investor bilan tegishli shartnoma tuzilishini hamda qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini;
investitsiya majburiyatlari belgilangan tartibda toʻliq bajarilgan deb eʼtirof etilgandan soʻng, tashabbuskor investorlarga mazkur obyektlarga nisbatan “tasarruf etish huquqi” bilan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berilishini taʼminlasin.
7. Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Samarqand tumanidagi 24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi hududida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan 340 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurilishi va jihozlanishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-iyun,
410-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 410-son qaroriga ILOVA
Samarqand viloyatidagi boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Tuman (shahar) nomi Obyekt nomi Yuqori turuvchi vazirlik, idora va tashkilot nomi Obyektdan samarali foydalanish boʻyicha koʻriladigan choralar 2. Samarqand shahri Samarqand shahar 3-son tugʻruq boʻlimining mavjud bino va inshootlari Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga qoʻshimcha bino sifatida berish 3. Samarqand shahri Samarqand axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining boʻsh turgan ikki qavatli oʻquv binosi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Samarqand shahridagi 23-son umumiy oʻrta taʼlim maktabiga qoʻshimcha bino sifatida berish 4. Samarqand tumani Samarqand tuman agrosanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Xalq taʼlimi vazirligi Tibbiyot muassasasiga moslashtirgan holda, Samarqand shahar 3-son tugʻruq boʻlimini joylashtirish 5. Pastdargʻom tumani Pastdargʻom tumani Chandir iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Pastdargʻom tumanidagi 126-son umumiy oʻrta taʼlim maktabini joylashtirish 6. Pastdargʻom tumani Pastdargʻom agrosanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Pastdargʻom tumanida 3-son kasb-hunar maktabini tashkil etish uchun berish 7. Bulungʻur tumani Bulungʻur agrosanoat va servis kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Bulungʻur tumanidagi 9 va 40-son umumiy oʻrta taʼlim maktablarining quvvatlarini maqbullashtirish uchun hududda yangi maktab tashkil etish 8. Kattaqoʻrgʻon tumani Kattaqoʻrgʻon tuman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabini joylashtirish uchun berish 9. Kattaqoʻrgʻon tumani Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 10-son maktabning mavjud bino va inshootlari Xalq taʼlimi vazirligi Kelgusida taʼlim muassasasi tashkil etish uchun Kattaqoʻrgʻon tumani hokimligiga berish 10. Kattaqoʻrgʻon tumani Kattaqoʻrgʻon tumani iqtisodiyot va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiga berish 11. Qoʻshrabot tumani Qoʻshrabot xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Samarqand davlat universiteti Qoʻshrobot tumanidagi 36-son umumiy oʻrta taʼlim maktabiga qoʻshimcha bino sifatida berish 12. Payariq tumani Payariq maishiy xizmat kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Samarqand davlat tibbiyot instituti Payariq tumanidagi 20-son umumiy oʻrta taʼlim maktabiga qoʻshimcha bino sifatida berish 13. Urgut tumani Urgut agrosanoat va servis kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Urgut tumanidagi 11-son umumiy oʻrta taʼlim maktabiga qoʻshimcha bino sifatida berish 14. Urgut tumani Urgut iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Samarqand davlat universitetining filialini tashkil etish 15. Urgut tumani Urgut tumanidagi 3-son akademik litseyning bino va inshootlari Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat universiteti huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan iqtidorli oʻquvchilar maktabini tashkil etish
