“Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida (767-I-son)
15.04.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-aprel,
767-I-son
