Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (427-son)
07.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini samarali amalga oshirish hamda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019-yil 27-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — QAITJ) oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda, 24 yilda soʻndirish muddati bilan eng yuqori foiz stavkasi yillik 2 foizdan oshmaydigan 9,0 million Quvayt dinori (ekvivalenti 30,0 million AQSh dollari) miqdorida Qarz bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasining qarz mablagʻlari yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa toʻlovlarni soʻndirishning reja jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ loyihaning umumiy amalga oshirilishi va QAITJ qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylarni Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qurish dasturini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-son qaroriga muvofiq qayta tuzilgan Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish guruhiga QAITJ ishtirokidagi loyihani amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish funksiyalari yuklanadi;
QAITJning jalb etilayotgan qarzini, shu jumladan unga oid foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJning loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-qidiruv ishlanmalarini moliyalashtirish hamda boshqa xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-yanvardagi PQ-4565-son qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hisobidan qoplanadi;
QAITJdan kelib tushgan qarz mablagʻlarining (koʻchirilgan kundagi) soʻmdagi ekvivalenti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank ish kuni davomida “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi;
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJning hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishini moliyalashtirish uchun bankning tegishli hududiy filiallarida ochilgan “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ hududiy filiallarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan QAITJ oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bosh direktori Q.Z. Xoshimbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-iyulya,
427-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 427-son qaroriga2-ILOVA
Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasining qarz mablagʻlari yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa toʻlovlarni soʻndirishning
REJA JADVALI
Izoh. QAITJ qarz bitimi boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash qiymati qarz boʻyicha haqiqiy hujjat sanasiga asosan aniqlanadi.
