2017-2019-yillarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida (578-son)
03.08.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrining Chilonzor tumanini kompleks rivojlantirishni taʼminlash, bunda tumanning ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat va xizmat koʻrsatishni yanada rivojlantirish orqali tuman budjetining daromadlar bazasini kengaytirish, muhandislik kommunikatsiya, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholining bandligi, daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2017 — 2019-yillarda Toshkent shahri Chilonzor tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur deb ataladi) maʼqullansin:
Toshkent shahrining Chilonzor tumanini 2017 — 2019-yillarda kompleks rivojlantirish dasturining asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahrining Chilonzor tumanini 2017 — 2019-yillarda kompleks rivojlantirish dasturining moliyalashtirish manbalari 1a-ilovaga muvofiq;
sanoatni rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
mahalliy xom ashyodan, import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarning manzilli roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlik loyihalarining roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish loyihalari 5-ilovaga* muvofiq;
taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash va madaniyat obyektlari holatini yaxshilash tadbirlar rejasi 6-ilovaga* muvofiq.
* 2 — 6-ilovalar berilmaydi.
2. Dastur parametrlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi deb ataladi) 7-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Respublika ishchi guruhi (A. Ramatov):
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarga amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda oʻrganib borsin va ularni hal etish yuzasidan tezkor chora-tadbirlarni koʻrsin;
zaruriyat boʻlganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
3. Toshkent shahar hokimligi tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, Chilonzor tumani hokimligi hamda loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturdagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda tarmoq jadvallari ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan chet el valyutasidagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
5. Toshkent shahar hokimligi, Chilonzor tumani hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan loyihalar ijrosi doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda qurilish uchun yer uchastkalarini ajratilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Dasturga kiritilgan obyektlar loyiha-smeta hujjatlarini sifatli davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlarini bajarishga tegishli ruxsatnomalarni “yagona darcha” markazlari orqali qonunchilikda belgilangan muddatlarda berilishini taʼminlasin.
7. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida ishlab chiqarishni samarali yoʻlga qoʻyish uchun elektr va tabiiy gaz uzatish tarmoqlariga oʻz vaqtida ulanishini hamda ularga yetkazib beriladigan elektr energiya va tabiiy gaz taʼminotini uzluksiz yetkazib berilishini belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda, moliyalashtirish hajmlari va manbalarini aniqlashtirgan holda, ushbu qarorga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini belgilangan tartibda kiritib borsinlar.
9. Belgilab qoʻyilsinki;
tuman hokimligi taklifiga asosan hududda joylashgan 2 qavatli uylar oʻrnida hamda boʻsh yer maydonlarda yangi zamonaviy loyihalar asosida koʻp qavatli turar joy binolarini qurilishiga hududning bosh rejasiga asosan Toshkent shahar hokimligining qarori bilan ruxsat berilsin;
tuman hududidagi avtobus bekatlarni shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda zamonaviy oynavand koʻrinishda joylashtirishga istisno tariqasida tuman hokimining qarori asosida ruxsat berilsin.
10. Toshkent shahar va Chilonzor tumani hokimliklari har chorak yakuni bilan Dasturdagi tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligi yuzasidan shahar va tuman faollari yigʻilishlarida muhokama qilsinlar hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi A. Ramatov, Bosh vazirning oʻrinbosari J. Qoʻchqorov, Toshkent shahar hokimi R. Usmanov va Chilonzor tumani hokimi D. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-avgust,
578-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-avgustdagi 578-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrining Chilonzor tumanini 2017 — 2019-yillarda kompleks rivojlantirish dasturining asosiy parametrlari
T/r Asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar Oʻlchov birligi 2017-yil 2018-yil 2019-yil 2017 — 2019-yillar davomida oʻsish surʼati, % 1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish mlrd. soʻm 2 965,2 3 375,2 3 841,9 125,1 2. Hududiy sanoat mahsulotlari mlrd. soʻm 2 598,6 2 934,6 3 314,0 136,7 3. Qurilish ishlari mlrd. soʻm 702,4 783,9 874,9 128,3 4. Chakana savdo aylanmasi mlrd. soʻm 4 060,1 4 535,1 5 065,7 133,1 5. Xizmatlar jami mlrd. soʻm 2 899,6 3 346,1 3 861,4 132,2 6. Kichik va xususiy tadbirkorlikda band boʻlganlar ulushi % 56,2 56,3 56,7 x 7. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi % 80,8 81,1 82,1 x
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-avgustdagi 578-son qaroriga 1a-ILOVA
Toshkent shahrining Chilonzor tumanini 2017 — 2019-yillarda kompleks rivojlantirish dasturining moliyalashtirish manbalari
mln soʻm T/r Tadbirlar nomi Loyiha soni Oʻzlashtiriladigan mablagʻ shu jumladan: Mahalliy budjet mablagʻlari Maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlari Xoʻjalik boshqaruv organlari mablagʻlari Tashabbuskorlar mablagʻlari Tijorat banki kredit mablagʻlari Jami 454 1 832 264 13 014 37 727 19 613 1 377 405 383 295 Sanoat va xizmat koʻrsatish sohalaridagi investitsiya loyihalari 200 979358 - - - 592 042 383 295 1. Sanoat sohasi 119 431 136 - - - 169 507 257 759 2. Servis va xizmat koʻrsatish sohasi 65 416 086 - - - 290 399 125 536 3. Import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh loyihalar 16 132 136 - - - 132 136 - Yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish boʻyicha loyihalar 202 807 770 0 6 881 18 337 785 363 - 4. Meʼmoriy koʻrinishini oʻzgartirish 28 686 290 - 6 881 - 682 220 - 5. Elektr energiyasi taʼminoti 34 2 577 - - 2 577 - - 6. Suv va oqavasuv taʼminoti 33 1 065 - - 1 065 - - 7. Gaz taʼminoti 22 8 192 - - 8 192 - - 8. Issiqlik taʼminotini yaxshilash 5 1 933 - - 1 933 - - 9. Chiqindi yigʻish shahobchalarini sanitar holatini yaxshilash 27 4 570 - - 4 570 - - 10. Yangi mahalla guzarlarini qurish, rekonstruksiya qilish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish 53 103 143 - - - 103 143 - Ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha loyihalar 47 37 286 6 440 30 846 - - - 11. Maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlari 31 11 202 5800 5 402 - - - 12. Umumtaʼlim maktablari obyektlari 13 14 584 640 13 944 - - - 13. Sogʻliqni saqlash sohasi obyektlari 3 11 500 - 11 500 - - - Boshqa tadbirlar 5 7849 6573,5 - 1275,5 - -
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-avgustdagi 578-son qaroriga 7-ILOVA
Dastur parametrlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻyicha respublika ishchi
guruhi tarkibi
1. Ramatov A.J. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari 2. Usmanov R.J. — Toshkent shahar hokimi, ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari 3. Bekenov S.X. — Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari 4. Jumaniyazov M.B. — Vazirlar Mahkamasining departament mudiri 5. Mirzayev M.M. — Moliya vazirining oʻrinbosari 6. Shonazarov Sh.T. — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 7. Najimov N.E. — Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi direktori 8. Mubarakshin R.G. — “Oʻzbekenergo” AJ raisining birinchi oʻrinbosari 9. Eshmurodov B.B. — “Oʻztransgaz” AJ raisining birinchi oʻrinbosari 10. Zaripov B.K. — “Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisi 11. Jalilov T.A. — “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK raisi 12. Xaydarov I.U. — “Oʻzbekyengilsanoat” AJ raisi 13. Sheraliyev Sh.E. — “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi raisi v.b. 14. Dustmuratov M.M. — “Oʻzfarmsanoat” DAK raisi 15. Atabayev Sh.X. — Markaziy bank raisining oʻrinbosari 16. Xolmurodov S.X. — “Oʻzmilliybank” raisi 17. Mirsoatov A.Q. — “Oʻzsanoatqurilishbank” raisi 18. Abdullayev A.N. — “Xalq banki” raisi 19. Mullajonov K.K. — “Asakabank” raisi 20. Mullaxanov B.M. — “Qishloq qurilish bank” raisi 21. Musayev O.M. — “Ipoteka-bank” raisi 22. Mamatqulov Gʻ. — “Mikrokreditbank” raisi 23. Xidoyatov D.A. — Chilonzor tumani hokimi 24. Raximov Sh.Z. — Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, ishchi guruhi kotibi
Izoh. Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda guruh tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
