“Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (74-II-son)
25.05.2000
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2000-yilning 1-iyulidan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirish haqidagi takliflarni Oliy Majlisga taqdim etsin;
hukumat qarorlarini “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-may,
74-II-son
