Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (159-son)
02.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va paxta hosili yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PQ-2756-son qaroriga asosan 2017-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 343 ta paxtachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaligi tomonidan 11750 gektar maydonga chigit ekilib, davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasi 25120 tonna miqdorida belgilangan.
Biroq, tumanning 4 ta sektor rahbarlari tomonidan yetarli darajada nazorat oʻrnatilmaganligi, mutasaddi idoralar rahbarlarining oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi oqibatida bir qator fermer xoʻjaliklari jami 375,7 tonna paxta xomashyosini kam topshirilib, 454 mln soʻm daromad olinmay qolgan.
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning sabablari oʻrganilganda maʼlum boʻldiki, aksariyat hollarda nazorat va tashkilotchilikning talab darajasida yoʻlga qoʻyilmaganligi, natijasida:
birinchidan, gʻoʻzani ball boniteti past, suv bilan yetarli taʼminlanmagan va kam hosilli erga joylashtirish oqibatida shartnomada belgilangan paxta hosili yetishtirilmagan;
ikkinchidan, kuzgi shudgorlash, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish ishlari sifatsiz va oʻz muddatidan kechiktirib oʻtkazilishi oqibatida paxta hosilining yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilgan;
uchinchidan, fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi 8 ta nasos stansiyaning eskirganligi oqibatida ularning meʼyorga nisbatan suv chiqarish qobiliyati pasaygan, elektr energiya sarfi esa oshgan. Fermer xoʻjaliklarining elektr energiyasidan boʻlgan qarzdorligi sababli, nasos stansiyalarini elektr tarmogʻidan ogohlantirishsiz uzib qoʻyish holatlariga yoʻl qoʻyilgan. Natijada, 9 ta fermer xoʻjaligining 250 gektar gʻoʻza maydonlarini oʻz vaqtida sugʻorishda qiyinchiliklar vujudga kelgan;
toʻrtinchidan, fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi qarzdorligini kamaytirish, ularning moliyaviy holatini yaxshilash borasida tizimli choralar amalga oshirilmagan. Natijada, ularning jami kreditor qarzdorligi 18,6 mlrd soʻmni tashkil qilib, 2017-yil boshiga nisbatan 8,5 mlrd soʻmga ortgan.
Yuqoridagi kabi kamchilikalardan toʻgʻri xulosa chiqarish va2018-yilda fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan samarali foydalanishda sektorlar rahbarlari, taʼminotchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida:
paxta hosilini yetishtirish va uni yigʻib-terib olishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi, gʻoʻza parvarishida agrotexnika tadbirlari belgilangan muddatda sifatli oʻtkazilmaganligi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tuman hokimi F. Ermanov ogohlantirilsin;
paxta hosilini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida debitor-kreditor qarzdorliklarning oʻsishiga yoʻl qoʻyganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari I. Matkarimov ogohlantirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli ravishda bir oy muddatda tuman prokurori, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻiga nisbatan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish tavsiya etilsin.
3. Paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida mavjud boʻlgan debitor va kreditor qarzdorliklarni undirish boʻyicha 4 ta sektor rahbarlari oʻrnatilgan tartibda zarur choralarni koʻrsinlar.
4. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanidagi fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi texnikasi va mexanizmlari yetkazib berishning 2018-2019-yillarga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanidagi barcha toifadagi fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi kreditor qarzdorliklarini undirishning reja-jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqarida qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam xarajatli dala shiyponlar va issiqxonalar qurish, parranda, sogʻin sigir hamda asalari boqishni tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta va gʻalla ekinlari ekiladigan yer maydonlari atroflaridagi dala chetlarining hisob-kitobi 5-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida fermer xoʻjaliklari tomonidan 2018-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan va chigit ekiladigan maydonlar atroflaridagi dala chetlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarishning prognoz koʻrsatkichlari 6 va 6a-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2018-yilda kuzgi boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasiga mavjud kreditor qarzdorliklarni belgilangan tartibda undirish tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2018-yilning 10-martiga qadar Beruniy tumanida 2018-yil hosili uchun ekiladigan ekinlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda oqilona joylashtirilishini taʼminlasinlar.
7. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2018-yilda fermer xoʻjaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish hamda agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan 2018-yilning mart oyida tumanlarda fermer xoʻjaliklari uchun koʻrgazmali seminarlar oʻtkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi mazkur qaror ijrosi boʻyicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida tumandagi 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlarini eshitib borsin hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayevga axborot bersin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Paisi K.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-mart,
159-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 159-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari
DASTURI
T/r Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar Bartaraf etish tadbirlari Bajarish muddati Bajarish uchun masʼullar I. Fermer xoʻjaliklarining faoliyatini takomillashtirish va yer maydonlarini maqbullashtirish 1. Tumandagi 22 ta fermer xoʻjaligi tomonidan davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarni bajarilmasligi natijasida rejaga nisbatan 375,7 tonna paxta xomashyosi kam topshirilgan. 1. 2017-yilda davlatga paxta xoma ashyosini sotish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarni bajarmagan, yilni zarar bilan yakunlagan fermer xoʻjaliklarining faoliyatini chuqur va har tomonlama tahlil qilish hamda ular bilan tuzilgan er-ijara shartnomalarini belgilangan tartibdabekor qilish. 2018-yil 15-martgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Beruniy tuman hokimligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2. Yer ijara shartnomalari bekor qilingan fermer xoʻjaliklari yerlarini qayta loyihalash va belgilangan tartibda haqiqiy yer egalariga berish. 2018-yil mart 3. Belgilangan tartibda yangi fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish va ular bilan yer ijara shartnomalarini tuzish. Ularga 2018-yil hosili uchun paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish boʻyicha ekinlarning adolatli joylashtirilgan rejalarini taqdim etish va faoliyat yuritish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish. 2018-yil mart II. Agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish va tashkil etish 2. Tumanda kuzgi shudgorlash, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish ishlari sifatsiz va oʻz muddatidan kechiktirib oʻtkazilishi oqibatida paxta hosilining yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilgan. 1. Tumanda 2018-yil hosili uchun yerlarni shudgorlash, tekislash, shoʻr yuvish ishlarini oʻz muddatlarida sifatli qilib amalga oshirish. 2018-yil mart Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Beruniy tuman hokimligi, “Oʻzagroservis” AJ, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi 2. Gʻoʻza qator oralariga ishlov berish va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirishda qatnashadigan qishloq xoʻjaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash. 2018-yil mart 3. Tumandagi fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi 8 ta nasos tarmoqlarining eskirganligi sababli ularning suv chiqarish qobiliyati meʼyorga nisbatan pasaygan, elektr energiya sarfi esa oshgan. Fermer xoʻjaliklarining elektr energiyasidan foydalanish boʻyicha qarzdorligining mavjudligi sababli, nasos stansiyalarini elektr tarmogʻidan ogohlantirishsiz uzib qoʻyish holatlariga yoʻl qoʻyilgan va bir maromda ishlashini taʼminlashda muammolar yuzaga kelgan. Natijada, 9 ta fermer xoʻjaligining 250 gektar gʻoʻza maydonlarini oʻz vaqtida sugʻorishda kiyinchiliklar boʻlgan. 1. Suv xoʻjaligi tashkilotlarining ekspluatatsiya mablagʻlari hisobidan 58 km irrigatsiya tizimini tozalash va 26 dona nasos stansiyalarini taʼmirlash. 2. Suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklarining mablagʻlari hisobidan 294 km sugʻorish tarmogʻini tozalash hamda 35 dona nasos stansiyasini taʼmirlash. 3. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3,5 km kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, 166 km kollektor-drenaj tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish. 2018-yil tarmoq jadval boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Beruniy tuman hokimligi, suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xoʻjaliklari 4. Gʻoʻzani ball boniteti past, suv bilan yaxshi t�ʼminlanmagan, kam hosilli yer maydonlariga chigit ekilishiga yoʻl qoʻyilganligi natijasida rejadagi paxta hosili olinmagan. Tumandagi fermer xoʻjaliklarining yer balansidan kelib chiqib, ekinlarni har bir ekin turi kesimida joylashtirish. Bunda: gʻoʻzani tuproq iqlimi hamda ball boniteti yuqori boʻlgan, suv bilan ishonchli taʼminlangan maydonlarga joylashtirishga eʼtibor qaratib, hosildorlikni oʻrtacha 2 sentnerga oshirish; ball boniteti past, kam hosilli yerlarga sabzovot ekinlarini joylashtirish. 2018-yil mart Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Beruniy tuman hokimligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi 5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Agrokimyohimoya” AJ Beruniy tumani filialiga qarashli boʻlgan markaziy omborxonaning sigʻimini kichikligi sababli (3000 tn), mineral oʻgʻit zaxirasini toʻliq yaratish (8500 tn) imkoniyati mavjud emas. Natijada, ekinlarni mineral �gʻitlar bilan oziqlantirish mavsumida mineral oʻgʻit tanqisligi vujudga kelmoqda. Vujudga kelgan tanqislikni qoplash va oʻz vaqtida mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash uchun ularni 150 km uzoqlikdan tashishga toʻgʻri kelmoqda. Bu esa fermer xoʻjaliklari tomonidan qoʻshimcha sarf-xarajatlar qilishni talab qilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Agrokimyohimoya” AJ tuman filialiga qarashli 5 ming tonna sigʻimga ega boʻlgan “Abay” OFY hududidagi omborxonani taʼmirlash. 2018-yil mart “Oʻzagrokimyoximoya” AJ, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Beruniy tuman hokimligi III. Fermer xoʻjaliklarining texnika taʼminotini yaxshilash, zamonaviy texnika va qishloq xoʻjaligi mexanizmlarini xarid qilish, mavjud texnikalardan samarali foydalanish 6. Tumandagi yuqori unumli haydov traktorlaridan 5 tasi, chopiq traktorlaridan 18 tasi jismonan eskirganligi sababli chigit ekiladigan maydonlarni shudgorlash, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, gʻoʻzani oziqlantirish ishlari muddatidan kechiktirib oʻtkazilgan. 1. Tumandagi MTP, MMTP va fermer xoʻjaliklari balansidagi mavjud texnikalarini qayta xatlovdan oʻtkazish, jismonan eskirganlarini hisobdan chikarish. 2018-yil mart “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Beruniy tuman hokimligi 2. Fermer xoʻjaliklariga 2-ilovada keltirilgan qishloq xoʻjaligi texnika va mexanizmlarni yetkazib berish uchun ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlash va ularni oʻz muddatlarida yetkazib berish. 2018-yil jadval boʻyicha “Oʻzagrolizing” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Beruniy tuman hokimligi, tijorat banklari IV. Fermer xoʻjaliklarining moliyaviy holatini yaxshilash va hisob-kitob qilish 7. Fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi qarzdorliklarini kamaytirish, moliyaviy holatini yaxshilash borasida tizimli choralar amalga oshirilmagan. Natijada, ularning jami kreditor qarzdorligi 18,6 mlrd.soʻmni tashkil qilib, 2017-yil boshiga nisbatan 8,5 mlrd.soʻmga ortgan. 2017-yil takroriy ekinlar hosili hisobidan hisob raqamlariga tushishi lozim boʻlgan 7.9 mlrd. soʻmdan, 5.4 mlrd. soʻmi (68%) hisob raqamiga tushirilmagan. 1. Fermer xoʻjaliklari bilan xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oʻrtasidagi shartnomalarni oʻz vaqtida tuzish, fermer xoʻjaliklariga xizmatlar koʻrsatish va maxsulot yetkazib berish hamda mavjud qarzdorliklarni kamaytirish maqsadida fermerlar kesimida “Sarf-harajatlar va hisob-kitob monitoringi” hamda “Agrotexnika tadbirlarini bajarish texnologik kartasi”ning elektron onlayn tizimini joriy etish va “Monitoring markazi” faoliyatini yanada takomillashtirish. 2018-yil I-chorak Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzagrokimyoximoya” AJ, “Oʻzagroservis” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzneftmahsulot” AJ, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Beruniy tuman hokimligi 2. Fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi mavjud qarzdorliklarini mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq undirishni taʼminlash. 2018-yil mart Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Beruniy tuman hokimligi, “Oʻzagrokimyoximoya” AJ, “Oʻzagroservis” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzneftmahsulot” AJ 8. Tumanda suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklari hisobidagi nasos stansiyalarni ishlatishdan 133 ta fermer xoʻjaligining tuman elektr tarmoqlari korxonasidan 923 mln soʻmdan ortiq kreditor qarzdorliklari mavjud. Elektr energiya xarajatlari uchun meʼyor boʻyicha ajratiladigan mablagʻni faqat elektr energiyasidan foydalanuvchi fermer xoʻjaliklariga ajratish hamda uni oʻz vaqtida maqsadli oʻzlashtirilishini taʼminlash. Yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi, “Agrobank” ATB, “Oʻzbekenergo” AJ Suv isteʼmolchilari uyushmalarini saqlash, fermer xoʻjaliklariga suv yetkazib berish, nasos stansiyalarni taʼmirlash, elektr energiyasidan foydalanish, sugʻorish tarmoqlarini, ulardagi inshootlarni taʼmirlash va tiklash, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash ishlariga ketadigan sarf-xarajatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish tizimini qayta koʻrib chiqish hamda tuproqning ball-boniteti, yer maydoni va olgan suviga bogʻlagan holda toʻlash tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2018-yil mart Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi, “Agrobank” ATB
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 159-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanidagi fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi texnikasi va mexanizmlari yetkazib berishning 2018-2019-yillarga moʻljallangan
PROGNOZ KOʻRSATKIChI
Fermer xoʻjaligi nomi Haydov traktorlari shundan lizing orqali Chopiq traktorlari Kultivatorlar Sotib olish muddati soni mablagʻi, mln. soʻm soni mablagʻi, mln. soʻm rusumi soni mablagʻi, mln. soʻm soni mablagʻi, mln. soʻm 1-sektor. Tuman hokimining hududi Djumamuratov Toʻrabay 1 271,0 2018-yil II-chorak Toʻlqinbek Kamoladdin 1 271,0 1 27,7 2018-yil I-chorak Ashirboy Amat 1 27,7 Ikrom Tajibayevich 1 625,9 1 625,9 2018-yil II-chorak Muxriddin Qurbanbayev 1 625,9 1 625,9 New Holland T70/60 2018-yil I-chorak JAMI 2 1251,8 2 1251,8 2 542 2 55,4 2-sektor. Tuman prokurorining hududi Bekim Jumanov 1 625,9 1 625,9 New Holland T70/60 2018-yil I-chorak Toshxirmon Koʻklamzor 1 625,9 1 625,9 New Holland T70/60 2018-yil II-chorak Jabbor Matniyazov 1 271,0 1 27,7 2018-yil I-chorak JAMI 2 1251,8 2 1251,8 1 271,0 1 27,7 3-sektor. Tuman Ichki ishlar boʻlim boshligʻining hududi Beruniyli Anvarbek 1 625,9 1 625,9 New Holland T70/60 2018-yil II-chorak Xudaybergan Qassob 1 625,9 1 625,9 New Holland T70/60 2018-yil I-chorak Abilov Sarvar 1 625,9 1 625,9 New Holland T70/60 2018-yil II-chorak JAMI 3 1877,7 3 1877,7 4-sektor. Tuman Davlat soliq inspeksiya boshligʻining hududi Beruniyli Aybek 1 625,9 1 625,9 New Holland T70/60 2018-yil II-chorak Toʻra Aygul 1 271,0 2018-yil II-chorak Javoxir Jarosxon 1 27,7 2018-yil I-chorak JAMI 1 625,9 1 625,9 1 271,0 1 27,7 Agroservis MTP MChJ 5 3129,5 5 3129,5 4 271,0 2018-yil I-chorak HAMMASI 13 8136,7 13 8136,7 8 1355,0 4 110,8
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 159-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanidagi barcha toifadagi fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi kreditor qarzdorliklarini undirish
REJA-JADVALI
Hudud nomi Fermer xoʻjaliklar soni 2018-yil 1-yanvar holatiga koʻra jami kreditor qarzdorlik shundan tarmoqlar boʻyicha: Jami qoplanadigan qarzdorlik 2018-yil 1-aprel holatiga kutiladigan qarzdorlik “Agrokimyohimoya” AJ neftmaxsulot unitar korxonalari elektr tarmoqlari korxonalari “Agrotexservis” MTP MChJ 1-sektor. Tuman hokimining hududi Oltinsay 35 1520,9 501,1 994,9 8,5 16,5 162,6 1358,3 Biybazar 32 960,6 482,0 460,8 7,8 10,0 196,5 764,1 Beruniy 63 3035,2 1651,2 1206,8 170,3 6,9 490,9 2544,3 Yangiobod Nayman 18 681,7 263,4 377,4 38,5 2,4 125,4 556,2 JAMI 148 6198,4 2897,8 3039,8 225,0 35,8 975,4 5223,0 2-sektor. Tuman prokurorining hududi Jumaniyazov 20 694,1 233,8 412,8 42,4 5,1 156,1 538,0 Guliston 19 1306,0 446,2 696,3 158,8 4,7 79,6 1226,3 Navoiy 21 1064,5 265,7 692,3 99,6 6,9 112,3 952,3 JAMI 60 3064,6 945,7 1801,4 300,8 16,7 348,0 2716,6 3-sektor. Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining hududi Ozod 17 804,2 289,5 432,7 78,1 3,9 53,0 751,2 Maxtumkuli 19 573,5 237,9 290,9 39,2 5,5 252,0 321,5 Ulugbek 32 708,6 252,7 446,7 9,2 204,3 504,3 Algabas 21 915,2 443,1 462,9 9,2 90,6 824,6 JAMI 89 3001,5 1223,3 1633,2 117,3 27,7 599,9 2401,6 4-sektor. Tuman Davlat soliq inspeksiya boshligʻining xududi Shobboz 23 1034,2 327,7 662.8 41,2 2,4 169,8 864.4 Qiyotobod 23 697,5 153.1 466,5 70,6 7,4 512,8 184,8 JAMI 46 1731,7 480,8 1129,3 111,8 9,8 682,5 1049,2 HAMMASI 343 13996.2 5547,5 7603,8 754,9 90,0 2605,9 11390.3
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 159-son qaroriga 4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqarida qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam xarajatli dala shiyponlari va issiqxonalar qurish, parranda, sogʻin sigir hamda asalari boqishni tashkil etish
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
Hudud nomi Fermer xoʻjaliklari soni shu jumladan: dala shiypon quradigan f/x soni kamida 1 sotixli issiqxona qurish oʻrtacha 50 boshdan parranda boqish bir boshdan sogʻin sigir boqish 5 qutidan asalari boqish f/� soni jami maydoni, ga f/x soni jami parranda soni, bosh f/x soni jami sigir soni, bosh f/x soni jami quti soni, dona 1-sektor. Tuman hokimining hududi Oltinsay 35 11 6 0,006 8 400 6 6 5 25 Biybazar 32 10 5 0,005 7 350 6 6 5 25 Beruniy 63 20 11 0,011 14 700 11 11 10 50 Yangiobod Nayman 18 6 3 0,003 4 200 3 3 3 15 JAMI 148 46 25 0,025 33 1650 26 26 23 115 2-sektor. Tuman prokurorining hududi Jumaniyazov 20 6 3 0,003 4 200 4 4 3 15 Guliston 19 6 3 0,003 4 200 3 3 3 15 Navoiy 21 7 4 0,004 5 250 4 4 3 15 JAMI 60 19 10 0,010 13 650 11 11 9 45 3-sektor. Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining hududi Ozod 17 5 3 0,003 4 200 3 3 3 15 Maxtumkuli 19 6 3 0,003 4 200 3 3 3 15 Ulugbek 32 10 5 0,005 7 350 6 6 5 25 Algabas 21 7 4 0,004 5 250 4 4 3 15 JAMI 89 28 15 0,015 20 1000 16 16 14 70 4-sektor. Tuman Davlat soliq inspeksiya boshligʻining hududi Shobboz 23 7 4 0,004 5 250 4 4 4 20 Qiyotobod 23 7 4 0,004 5 250 4 4 4 20 JAMI 46 14 8 0,008 10 500 8 8 8 40
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 159-son qaroriga 5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta va gʻalla ekinlari ekiladigan yer maydonlari atroflaridagi dala chetlarining
HISOB-KITOBI
Hudud nomi Jami shu jumladan: gʻalla paxta yer maydoni, ming ga konturlar soni dala chetlari uzunligi, p.km f/x soni yer maydoni, ming ga konturlar soni gʻalla ekilgan dala chetlari uzunligi, p.km f/x soni yer maydoni, ming ga konturlar soni paxta ekiladigan dala chetlari uzunligi, p.km 1-sektor. Tuman hokimining hududi Oltinsay 1,32 387 199 35 0,37 123 63 35 0,950 264 136,8 Biybazar 1,35 395 203 30 0,38 126 64 32 0,970 269 139,6 Beruniy 2,37 679 351 60 0,37 123 63 63 2,000 555 287,9 Yangiobod Nayman 0,79 226 117 18 0,14 46 23 18 0,650 180 93,6 JAMI 5,83 1687 870 143 1,26 418 212 148 4,57 1269 658 2-sektor. Tuman prokurorining hududi Jumaniyazov 0,97 284 146 17 0,27 90 46 20 0,700 194 100,8 Guliston 0,85 242 125 20 0,10 33 17 19 0,750 208 108,0 Navoiy 0,85 246 127 19 0,18 60 30 21 0,670 186 96,5 JAMI 2,7 772 398 56 0,55 183 93 60 2,12 589 305 3-sektor. Tuman Ichki ishlar boʻlim boshligʻining hududi Ozod 0,65 186 96 18 0,10 33 17 17 0,550 153 79,2 Maxtumkuli 0,93 268 138 19 0,17 57 29 19 0,760 211 109,4 Ulugbek 1,22 350 181 31 0,23 75 38 32 0,990 275 142,5 Algabas 0,93 267 138 22 0,18 58 30 21 0,750 208 108,0 JAMI 3,72 1070 553 90 0,67 223 113 89 3,05 847 439 4-sektor. Tuman Davlat soliq inspeksiya boshligʻining hududi Shobboz 1,16 335 173 23 0,26 85 43 23 0,900 250 129,6 Qiyotobod 1,27 368 190 20 0,27 90 46 23 1,000 278 144,0 JAMI 2,43 702 362 43 0,53 175 89 46 1,90 527 274 HAMMASI 14,64 4231 2184 332 3,00 1000 508 343 11,64 3231 1676
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 159-son qaroriga 6-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2018-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlar atroflaridagi dala chetlariga qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
Hudud nomi Jami f/x soni Yer maydoni, ming ga Konturlar soni Dala chetlari uzunligi, p.km Dala chetiga ekiladigan ekin turlari, p.km Kutilayotgan hosil, tonna koʻk piyoz karam (plyonka ostiga) dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya) koʻk piyoz karam (plyonka ostiga) dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya) 1-sektor. Tuman hokimining hududi Oltinsay 35 0,4 123 63 15,0 10,0 37,6 6,0 16,0 3,0 Biybazar 30 0,4 126 64 15,3 10,2 38,3 6,1 16,3 3,1 Beruniy 60 0,4 123 63 15,0 10,0 37,6 6,0 16,0 3,0 Yangiobod Nayman 18 0,1 46 23 5,6 3,7 14,0 2,2 6,0 1,1 JAMI 143 1,3 418 212 51,0 34,0 127,5 20,4 54,4 10,2 2-sektor. Tuman prokurorining hududi Jumaniyazov 17 0,3 90 46 11,0 7,3 27,4 4,4 11,7 2,2 Guliston 20 0,1 33 17 4,1 2,7 10,2 1,6 4,3 0,8 Navoiy 19 0,2 60 30 7,3 4,9 18,3 2,9 7,8 1,5 JAMI 56 0,6 183 93 22,4 14,9 55,9 8,9 23,8 4,5 3- sektor. Tuman Ichki ishlar boʻlim boshligʻining hududi Ozod 18 0,1 33 17 4,1 2,7 10,2 1,6 4,3 0,8 Maxtumkuli 19 0,2 57 29 6,9 4,6 17,3 2,8 7,4 1,4 Ulugbek 31 0,2 75 38 9,1 6,1 22,9 3,7 9,8 1,8 Algabas 22 0,2 58 30 7,1 4,7 17,8 2,8 7,6 1,4 JAMI 90 0,7 223 113 27,2 18,2 68,1 10,9 29,0 5,4 4-sektor. Tuman Davlat soliq inspeksiya boshligʻining hududi Shobboz 23 0,3 85 43 10,4 6,9 25,9 4,1 11,1 2,1 Qiyotobod 20 0,3 90 46 11,0 7,3 27,4 4,4 11,7 2,2 JAMI 43 0,5 175 89 21,3 14,2 53,3 8,5 22,8 4,3 HAMMASI 332 3,0 1000 508 121,9 81,3 304,8 48,8 130,0 24,4 Ekish muddatlari mart Ulushi, % 24,0 16,0 60,0
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 159-son qaroriga 6a-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2018-yil hosili uchun chigit ekiladigan maydonlar atroflaridagi dala chetlariga qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
Hudud nomi Jami Dala chetiga ekiladigan ekin turlari, p.km Kutilayotgan hosil, tonna f/x soni yer maydoni, ming ga konturlar soni dala chetlari uzunligi, p.km oshqovoq makkajoʻxori achchiq qalampir bulgʻor qalampir pomidor baklajon dukkakli (loviya, mosh) oshqovoq makkajoʻxori achchiq qalampir bulgʻor qalampir pomidor baklajon dukkakli (loviya, mosh) 1-sektor. Tuman xokimining hududi Oltinsay 35 1,0 263,7 136,8 27,3 41,0 6,8 8,2 19,1 13,7 20,5 60,2 16,4 5,5 14,8 26,8 17,8 1,6 Biybazar 32 1,0 269,3 139,6 27,9 41,9 7,0 8,4 19,5 14,0 21,0 61,4 16,8 5,6 15,1 27,4 18,1 1,7 Beruniy 63 2,0 555,2 287,9 57,6 86,4 14,4 17,3 40,3 28,8 43,2 126,7 34,6 11,5 31,1 56,4 37,4 3,5 Yangiobod Nayman 18 0,7 180,5 93,6 18,7 28,1 4,7 5,6 13,1 9,4 14,0 41,2 11,2 3,7 10,1 18,3 12,2 1,1 JAMI 148 4,6 1268,7 657,9 131,6 197,4 32,9 39,5 92,1 65,8 98,7 289,5 79,0 26,3 71,0 128,9 85,5 7,9 2-sektor. Tuman prokurorining hududi Jumaniyazov 20 0,7 194,3 100,8 20,2 30,2 5,0 6,0 14,1 10,1 15,1 44,3 12,1 4,0 10,9 19,7 13,1 1,2 Guliston 19 0,8 208,2 108,0 21,6 32,4 5,4 6,5 15,1 10,8 16,2 47,5 13,0 4,3 11,7 21,2 14,0 1,3 Navoiy 21 0,7 186,0 96,5 19,3 28,9 4,8 5,8 13,5 9,6 14,5 42,4 11,6 3,9 10,4 18,9 12,5 1,2 JAMI 60 2,1 588,5 305,2 61,0 91,6 15,3 18,3 42,7 30,5 45,8 134,3 36,6 12,2 33,0 59,8 39,7 3,7 3-sektor. Tuman Ichki ishlar boʻlim boshligʻining hududi Ozod 17 0,6 152,7 79,2 15,8 23,8 4,0 4,7 11,1 7,9 11,9 34,8 9,5 3,2 8,6 15,5 10,3 1,0 Maxtumkuli 19 0,8 211,0 109,4 21,9 32,8 5,5 6,6 15,3 10,9 16,4 48,1 13,1 4,4 11,8 21,4 14,2 1,3 Ulugbek 32 1,0 274,8 142,5 28,5 42,8 7,1 8,5 20,0 14,3 21,4 62,7 17,1 5,7 15,4 27,9 18,5 1,7 Algabas 21 0,8 208,2 108,0 21,6 32,4 5,4 6,5 15,1 10,8 16,2 47,5 13,0 4,3 11,7 21,2 14,0 1,3 JAMI 89 3,1 846,7 439,1 87,8 131,7 22,0 26,3 61,5 43,9 65,9 193,2 52,7 17,6 47,4 86,1 57,1 5,3 4-sektor. Tuman Davlat soliq inspeksiya boshligʻining hududi Shobboz 23 0,9 249,9 129,6 25,9 38,9 6,5 7,8 18,1 13,0 19,4 57,0 15,5 5,2 14,0 25,4 16,8 1,6 Qiyotobod 23 1,0 277,6 144,0 28,8 43,2 7,2 8,6 20,2 14,4 21,6 63,3 17,3 5,8 15,5 28,2 18,7 1,7 JAMI 46 1,9 527,5 273,5 54,7 82,1 13,7 16,4 38,3 27,4 41,0 120,3 32,8 10,9 29,5 53,6 35,5 3,3 HAMMASI 343 11,6 3231,5 1675,7 335,1 502,7 83,8 100,5 234,6 167,6 251,4 737,3 201,1 67,0 181,0 328,4 217,8 20,1 Ekish muddatlari mart mart aprel aprel aprel aprel mart Ulushi,% 20,0 30,0 5,0 6,0 14,0 10,0 15,0
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 159-son qaroriga 7-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2018-yilda kuzgi boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
Hudud nomi Boshoqli don ekinlari maydoni Takroriy ekin ekiladigan maydon shu jumladan: cabzavot ekinlari kartoshka kungaboqar soya dukkakli ekinlar sholi 1-sektor. Tuman hokimining hududi Oltinsay 35 250,0 15,0 5,0 25,0 25,0 50,0 130,0 Biybazar 32 260,0 20,0 30,0 25,0 25,0 50,0 110,0 Beruniy 63 245,0 25,0 25,0 20,0 25,0 50,0 100,0 Yangiobod Nayman 18 100,0 10,0 10,0 10,0 10,0 30,0 30,0 JAMI 148 855,0 70,0 70,0 80,0 85,0 180,0 370,0 2-sektor. Tuman prokurorining hududi Jumaniyazov 20 160,0 40 45 15 35 25 Guliston 19 47,0 10 22 15 Navoiy 21 110,0 45 30 20 15 JAMI 60 317,0 95,0 97,0 35,0 65,0 25,0 3-sektor. Tuman Ichki ishlar boʻlim boshligʻining hududi Ozod 17 45,0 10,0 5,0 15,0 15,0 Maxtumkuli 19 100,0 15,0 20,0 20,0 10,0 35,0 Ulugbek 32 145,0 20,0 15,0 20,0 10,0 30,0 50,0 Algabas 21 108,0 15,0 8,0 10,0 5,0 40,0 30,0 JAMI 89 398,0 60,0 48,0 50,0 15,0 95,0 130,0 4-sektor. Tuman Davlat soliq inspeksiya boshligʻining hududi Shobboz 23 150,0 35,0 40,0 15,0 35,0 25,0 Qiyotobod 23 165,0 25,0 45,0 20,0 25,0 50,0 JAMI 46 315,0 60,0 85,0 35,0 60,0 75,0 HAMMASI 343 1885,0 285 300 200 100 400 600
