Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4756-son)
22.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
[Koʻchirma]
Xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallarni toʻlash mexanizmini soddalashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari masʼuliyatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish hamda xalqaro shartnomalar doirasidagi, shu jumladan, badallarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari etib belgilansin (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar).
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
vakolatli organlar Oʻzbekiston Respublikasining kelgusida tegishli xalqaro tashkilotda ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi hamda aʼzolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foydalar boʻyicha doimiy tahlil olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro tashkilot faoliyatida ishtirok etishi maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda, vakolatli organlar Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar boʻyicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi;
2021-yildan boshlab xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar va ular boʻyicha qarzdorliklar bevosita vakolatli organlar tomonidan mazkur qaror bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar va oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va vakolatli organlar bilan birgalikda har yil yakuni boʻyicha xalqaro shartnomalar doirasida va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi, tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligi va aʼzolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foyda, amalda toʻlangan aʼzolik badallari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda har bir xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilotda Oʻzbekiston Respublikasi ishtiroki doirasida 2020-2021-yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Tashqi ishlar vazirligi hamda vakolatli organlar bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga aʼzolik badallari toʻlovi boʻyicha majburiyatlarni xatlovdan oʻtkazsin va natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumot kiritsin;
xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish jarayoniga axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda, mazkur majburiyatlar bajarilishini doimiy kuzatib boruvchi tizimni joriy qilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyun,
PQ-4756-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar
ROʻYXATI
T/rToʻlovchilar nomiXalqaro shartnoma, xalqaro tashkilotning nomiI. Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish1.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi SenatiMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi (Oʻzbekiston tomoni vakillarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun)Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha tashkiloti Parlament assambleyasi2.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiParlamentlararo ittifoq3.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)Xalqaro ombudsman institutiYevropa ombudsman institutiOsiyo ombudsmanlar uyushmasi4.Konstitutsiyaviy sudKonstitutsiyaviy odil sudlov boʻyicha umumjahon konferensiyasi5.Davlat xavfsizlik xizmatiMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar aksilterror markaziChegara qoʻshinlari qoʻmondonlari kengashini muvofiqlashtiruvchi xizmat6.Mudofaa vazirligiMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning mudofaa vazirlari kengashi kotibiyati7.Ichki ishlar vazirligiJinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti (Interpol)8.Favqulodda vaziyatlar vazirligiTabiiy ofatlarni kamaytirish boʻyicha Osiyo markazi9.Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti“Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhiJinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha Yevroosiyo guruhi10.Markaziy bankXalqaro valyuta jamgʻarmasi11.Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiOsiyo taraqqiyot bankiIslom taraqqiyot bankiYevropa tiklanish va taraqqiyot bankiJahon savdo tashkilotiSavdoni rivojlantirish boʻyicha islom markaziOsiyo infratuzilma investitsiyalari bankiJahon banki guruhiInvestitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasiXalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasiXususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha islom korporatsiyasiYevroosiyo taraqqiyot bankiYangi taraqqiyot banki12.Iqtisodiyot va moliya vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish boʻyicha tashkilotiIqtisodiy hamkorlik tashkilotiIslom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va treninglar markaziPensiya va ijtimoiy jamgʻarmalar xalqaro assotsiatsiyasiPEMPALning Jahon banki tomonidan boshqariladigan trast jamgʻarmasiXalqaro ijtimoiy taʼminot uyushmasi*121.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiXalqaro ijtimoiy taʼminot uyushmasi*13.Energetika vazirligiQayta tiklanuvchi energiya boʻyicha xalqaro agentlik14.Tashqi ishlar vazirligiBirlashgan Millatlar TashkilotiMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ijroiya qoʻmitasiShanxay hamkorlik tashkilotiOsiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha yigʻilishi kotibiyatiXalqaro xususiy huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasiTurkiy davlatlar tashkilotiIslom hamkorlik tashkilotiYevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti“Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati15.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiFan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik boʻyicha doimiy qoʻmitaRus tili boʻyicha xalqaro tashkilot16.Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiXalqaro mehnat tashkiloti161.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiXalqaro migratsiya tashkiloti17.Qishloq xoʻjaligi vazirligiBirlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotiQishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasiPaxta boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasi18.Suv xoʻjaligi vazirligiIslom konferensiyasi tashkiloti huzuridagi suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha Islom davlatlararo tarmogʻiIrrigatsiya va drenaj boʻyicha xalqaro komissiyaButunjahon suv kengashiYirik toʻgʻonlar xalqaro komissiyasi19.Sogʻliqni saqlash vazirligiJahon sogʻliqni saqlash tashkilotiJahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish boʻyicha hadli konvensiyasi kotibiyatiQizil xoch va qizil yarim oy xalqaro federatsiyasi20.Madaniyat vazirligiMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarining gumanitar hamkorligi boʻyicha davlatlararo jamgʻarmasiXalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)201.Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiMadaniy meros muhofazasi boʻyicha xalqaro alyans (International alliance for the protection of heritage — ALIPH)21.Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiButunjahon hayvonlar sogʻligʻini saqlash tashkiloti22.Oʻrmon xoʻjaligi agentligiBMTning Choʻllanishga va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish konvensiyasi23.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiAtom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikKimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiBakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi konvensiya24.Milliy statistika qoʻmitasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Davlatlararo statistika qoʻmitasi25.Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiOzon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Monreal protokoli koʻp tomonlama jamgʻarmasining trast jamgʻarmasiBiologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning trast jamgʻarmasiSuvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konvensiyaOzon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi trast jamgʻarmasiOzon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli trast jamgʻarmasiTurgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi trast jamgʻarmasiXalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiYoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning trast jamgʻarmasiYovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning trast jamgʻarmasiXavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib yuborish ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi Bazel Konvensiyasining trast jamgʻarmasiAfrika, Yevropa va Osiyodagi koʻchib yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish boʻyicha bitimBirlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturining Atrof-muhit jamgʻarmasiBiologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning Bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoli trast jamgʻarmasi26.“Vaqf” xayriya jamoat fondiIslom hamkorlik tashkilotining Birdamlik islom jamgʻarmasi27.Oʻzbekiston musulmonlari idorasiXalqaro Islom fiqhi akademiyasi28.Markaziy saylov komissiyasiButunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi29.Fanlar Akademiyasi Seysmologiya institutiYadro sinovlarini yalpi taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti30.Milliy antidoping agentligiButunjahon antidoping agentligi31.Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiXalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiDavlatlararo aviatsiya qoʻmitasi32.Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiXalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining ochiq kalitlar direktoriyasi33.Gidrometeorologiya xizmati agentligiJahon meteorologiya tashkilotiBirlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi Hadli konvensiyasiga doir Kioto BayonnomasiBirlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi34.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiqot qilish markazi35.YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiyaBirlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkilotiYUNESKOning Umumjahon merosi jamgʻarmasiYUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni asrash jamgʻarmasi36.Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiTaʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkilotiIslom dunyosi universitetlari federatsiyasi37.Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiIslom texnologiya universiteti38.Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi (Mudofaa vazirligi badal toʻlash boʻyicha)Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi jangchi-baynalmilalchilar ishlari boʻyicha qoʻmitasi39.Hisob palatasiOliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI)Osiyo oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (ASOSAI)391.Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi“BMT-ayollar” tuzilmasi392.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiXalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosiII. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar va badallar toʻlovchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish40.Konstitutsiyaviy sudOsiyo Konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasiYevroosiyo konstitutsiyaviy nazorat organlari assotsiatsiyasi41.Mudofaa vazirligiXalqaro harbiy sport kengashiOddiy qurolning haddan tashqari koʻp zarar keltiradi yoki barcha narsaga baravar taʼsir etadi deb hisoblanishi mumkin boʻlgan konkret turlari qoʻllanilishini taqiqlash yoki cheklash toʻgʻrisidagi konvensiya42.Ichki ishlar vazirligiMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hududida Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosiDavlatlararo axborot banki43.Bosh prokuraturaMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi kotibiyatiXalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi44.Majburiy ijro byurosiSud ijrochilari xalqaro ittifoqi45.Raqamli texnologiyalar vazirligiXalqaro elektr aloqasi ittifoqiButunjahon pochta ittifoqiAloqa sohasida hududiy hamdoʻstlikYevropa telekommunikatsiya standartlari instituti46.Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiXalqaro astronavtika federatsiyasi47.Energetika vazirligiEnergetika xartiyasi kotibiyati48.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiOsiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi49.Markaziy bankMoliyaviy ommaboplik alyansi50.Turizm qoʻmitasiButunjahon turizm tashkiloti51.Bojxona qoʻmitasiButunjahon bojxona tashkiloti52.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiXalqaro standartlashtirish tashkilotiStandartlash, metrologiya va sertifikatlash boʻyicha davlatlararo kengashQonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkilotiIslom mamlakatlarining standartlar va metrologiya institutiXalqaro elektrotexnika komissiyasi53.Adliya vazirligiButunjahon intellektual mulk tashkilotiOʻsimliklarning yangi navlarini muhofaza qilish boʻyicha xalqaro ittifoq54.Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiXalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotiXalqaro zaytun kengashi kotibiyati55.“Oʻzarxiv” agentligiXalqaro arxivlar kengashi56.Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiYevropa va Oʻrta yer dengizi oʻsimliklar karantini va himoyasi tashkilotiOʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiya57.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi“Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti” xalqaro hukumatlararo ilmiy-tadqiqot tashkiloti58.“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Elektr energetika kengashi59.“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning temir yoʻl transporti boʻyicha kengashiTemir yoʻl hamkorlik tashkiloti60.“Toshkent metropoliteni” UKXalqaro jamoat transporti ittifoqi“Metro” xalqaro assotsiatsiyasi61.A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaelFL.net xalqaro konsorsiumiDavriy nashrlarni roʻyxatdan oʻtkazish xalqaro markaziXalqaro standart kitob raqamiKutubxona uyushmalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasiYevroosiyo kutubxona assambleyasi62.“Oʻzekspomarkaz” MKK AJXalqaro koʻrgazmalar byurosi63.Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashiXalqaro triatlon uyushmasiOsiyo triatlon konfederatsiyasiXalqaro biatlon ittifoqiXalqaro aeronavtika federatsiyasi64.Istiqbolli loyihalar milliy agentligiSugʻurta nazoratchilari xalqaro uyushmasiQimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti65.Soliq qoʻmitasiShaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi boʻyicha global forumSoliq bazasini kamaytirish va daromadlarni yashirishga qarshi kurashish boʻyicha Inklyuziv dasturi (BEPS)66.Transport vazirligiMDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashiXalqaro transport forumiTRASEKA dasturi doirasida “Yevropa-Kavkaz-Osiyo” yoʻlagini rivojlantirish uchun xalqaro tashish toʻgʻrisidagi asosiy koʻp tomonlama bitim ishtirokchisi67.Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiMadaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqotlar markazi (ICCROM)
* Ushbu tashkilotga aʼzolik badallarini toʻlash uni toʻlovchilarning aʼzolik yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni (keyingi oʻrinlarda — badallar) toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda xalqaro shartnomalarga qoʻshilish boʻyicha qarorlar qabul qilish “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
3. Badallar mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlovchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatida (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) koʻrsatilgan xalqaro tashkilotlarga ushbu nizom talablariga muvofiq toʻlanadi.
4. Badallar va ular boʻyicha qarzdorliklar bevosita Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan toʻlanadi.
Xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish hamda monitoring qilib borish Moliya vazirligining axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) amalga oshiriladi.
5. Badallar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — toʻlovchilar) budjetdan tashqari jamgʻarmalari va oʻz mablagʻlari hisobidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha toʻlanadi.
Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan toʻlovchi tashkilot tomonidan toʻlanadigan har qanday ixtiyoriy badallar faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
2-bob. Badallarni toʻlash uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlarini rejalashtirish
6. Roʻyxatning 1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchilar yillik asosda toʻlov hujjatlarini (invoys) yoki xalqaro tashkilotning keyingi yil uchun rejalashtirilgan badal summasi toʻgʻrisidagi rasmiy xabarnomasini olish yuzasidan tegishli choralar koʻradi hamda buning asosida keyingi yil uchun rejalashtirilgan badallar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni 1-iyungacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi hamda axborot tizimiga kiritadi.
Toʻlov hujjatlari (invoys) yoki xalqaro tashkilotning rasmiy xabarnomasi mavjud boʻlmagan taqdirda, oldingi yillarda haqiqatda toʻlangan badallar summasidan kelib chiqqan holda, keyingi yil uchun badallarning prognoz miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etiladi.
Kelgusi yil badallarini toʻlash maqsadida toʻlov summasini milliy valyutada hisoblash uchun toʻlovchilar keyingi yil uchun xorijiy valyutaning oʻrtacha yillik prognoz kursini, shuningdek, toʻlovlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xarajatlarni (mablagʻlarni oʻtkazish uchun vositachilik haqi va boshqalar) hisobga olgan holda, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni milliy valyutaga qayta hisoblaydi.
Bunda keyingi yil uchun oʻrtacha yillik prognoz kursi toʻlovchilar tomonidan xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan kursining oʻzgarish tendensiyasini hisobga olgan holda hisoblab aniqlanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida badallar miqdorining kelgusi yilda oshish ehtimolini hisobga olgan holda, badallarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining prognoz parametrlarida nazarda tutadi.
8. Agar oʻtgan yilda rejalashtirilgan badal miqdori bilan joriy yilda haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan miqdor oʻrtasida farq (defitsit) yuzaga kelsa, yetishmagan qism Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida xalqaro tashkilotlarga badallarni toʻlash uchun nazarda tutilgan iqtisod qilingan budjet mablagʻlari, ular mavjud boʻlmagan taqdirda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
Joriy yilda toʻlanishi lozim boʻlgan badal miqdorining yetishmagan qismining keyingi yilga oʻtkazilishiga, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot faoliyati doirasidagi huquqlarini cheklamasa, jiddiy siyosiy-iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarmasa, mamlakat nufuziga putur yetkazmasa hamda qarzdorlik, shu jumladan badallarni toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik uchun jarima sanksiyalari hisoblanishi hisobidan shakllanishini keltirib chiqarmasa yoʻl qoʻyiladi.
3-bob. Badallarni toʻlash tartibi
9. Badallar toʻlovchilar tomonidan toʻlov hujjatlariga (invoys) yoki joriy yil uchun badal miqdorini tasdiqlovchi xalqaro tashkilotning (yoki tegishli xalqaro shartnomani maʼmurlashtirish uchun masʼul boʻlgan tashkilotning (organning)) xabarnomalariga muvofiq toʻlanadi hamda toʻlangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot va toʻlovni tasdiqlovchi hujjatlar axborot tizimiga 3 (uch) ish kuni ichida kiritiladi.
10. Roʻyxatning 1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchilar 10-martgacha boʻlgan muddatda badallarni inobatga olgan holda xarajatlar smetasini tasdiqlab, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
11. Badallar va ular boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun nazarda tutilgan pul mablagʻlarining konvertatsiyasi toʻlovchining oʻrnatilgan tartibda taqdim etilgan buyurtmanomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan 5 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
12. Gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan toʻlovchilar badallar va ular boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazadi.
121. Badallar toʻlovchilar tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng 1 (bir) oy muddatda toʻlovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdigʻini olish choralarini koʻradi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi.
13. Agar badallarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilmagani Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot faoliyati doirasidagi huquqlari cheklanishiga, jiddiy siyosiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelgan, mamlakat nufuziga putur yetkazgan boʻlsa, shuningdek, qarzdorlik, shu jumladan badallarni toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik uchun jarima sanksiyalari hisoblanishi hisobidan shakllanishiga olib kelgan taqdirda, shaxsiy javobgarlik tegishliligi boʻyicha:
Roʻyxatning 1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchilarga budjet mablagʻlari oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda ajratilishini taʼminlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
Roʻyxatda koʻrsatilgan toʻlovchilarga, gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan toʻlovchilardan tashqari, ajratilgan mablagʻlarni konvertatsiya qilib, oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi;
gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan toʻlovchilar topshiriqnomasi boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda toʻlanishini taʼminlash boʻyicha — tijorat banklari;
badallarni toʻlash va ular boʻyicha qarzdorlik yuzaga kelmasligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini kafolatli taʼminlash boʻyicha — toʻlovchilar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
131. Badallar toʻlovchilar tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng 1 (bir) oy muddat ichida toʻlovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdigʻini olish choralarini koʻradi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi.
14. Badallarni oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydigan toʻlovchilar har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga xalqaro tashkilot nomi, toʻlov miqdori va sanasini koʻrsatgan holda maʼlumot taqdim etadi.
4-bob. Hisobdorlik va badallarni toʻlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni koʻrib chiqish tartibi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Markaziy banki axborot tizimdagi maʼlumotlar asosida xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar toʻlanishini doimiy monitoring qilib boradi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilning 1-dekabr holati boʻyicha badallarni toʻlamagan toʻlovchilarni aniqlash yuzasidan maʼlumotni shakllantiradi hamda 10-dekabrgacha boʻlgan muddatda joriy yil uchun badallarni toʻlamagan toʻlovchilarga badal toʻlovini zudlik bilan toʻlash zarurligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
17. Toʻlovchilar mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan xabarnomani olgandan keyin 10 kun muddatda badallarni toʻlashi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligiga badal toʻlangani haqida axborot berishi shart.
Agar biron-bir sababga koʻra tegishli xalqaro shartnomani yoki xalqaro tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasining kelgusida ishtirok etishi maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda, toʻlovchi mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan xabarnomani olgandan keyin 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar boʻyicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi hamda bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq kiritilgan taklif boʻyicha qaror qabul qiladi yoki masalani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va (yoki) Prezidentiga axborot beradi.
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasining badallarni toʻlash boʻyicha xalqaro tashkilotlar oldidagi qarzdorligining soʻndirilishi
19. Oʻzbekiston Respublikasining badallarni toʻlash boʻyicha qarzdorligi (keyingi oʻrinlarda — qarzdorlik) budjet mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori asosida soʻndiriladi, mazkur Nizomning 20 va 21-bandlarida nazarga tutilgan holatlar bundan mustasno.
20. Qarzdorlikni budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda shaxsiy mablagʻlar hisobidan soʻndirish toʻlovchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
21. Agar avvalgi yillar boʻyicha yoki dastlabki hisoblangan badal miqdori bilan haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan badal miqdori oʻrtasidagi farq natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikni toʻlab berish uchun vakolatli organlarning joriy yildagi budjet parametrlarida mablagʻlar yetarli boʻlganda ushbu qarzdorliklar toʻlab beriladi.
211. Aʼzolik badali toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlgan hollarda, ushbu qarzdorlik yuzasidan maʼlumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar ular olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida badal toʻlovchilar tomonidan axborot tizimiga yuklanishi lozim.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Ishtirok etish uchun badallar toʻlash nazarda tutilgan xalqaro tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilganda yoki xalqaro shartnoma tuzilganda, tegishli masʼul organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Roʻyxatga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
221. Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimiga barcha maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi va doimiy yangilab borilishi uchun masʼul hisoblanadi.
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan toʻlovchi tashkilot tomonidan badallarni toʻlash
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddati 1-bosqich Roʻyxatning 1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchi 1. Toʻlov hujjatlarini (invoys) yoki xalqaro tashkilotning keyingi yil uchun rejalashtirilgan badal miqdori toʻgʻrisidagi rasmiy xabarnomasini olish yuzasidan tegishli choralar koʻradi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yil uchun rejalashtirilgan badallar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi. Toʻlov hujjatlari (invoys) yoki xalqaro tashkilotning rasmiy xabarnomasi mavjud boʻlmagan taqdirda, oldingi yillarda haqiqatda toʻlangan badallar summasidan kelib chiqqan holda, keyingi yil uchun badallarning prognoz miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etiladi. 1-iyungacha boʻlgan muddatda Roʻyxatning 1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchi Tegishli xalqaro shartnomani yoki xalqaro tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda, Oʻzbekiston Respublikasining kelgusida ishtirok etishi maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar boʻyicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi hamda bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi. Zarur hollarda 2-bosqich Moliya vazirligi 1. Badallarni toʻlashning umumlashtirilgan miqdorini shakllantiradi (AQSH dollari ekvivalentida). 2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining prognoz parametrlarida badallar miqdori kelgusi yilda oshish ehtimolini hisobga olgan holda, badallarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni nazarda tutadi. Davlat budjeti parametrlarini shakllantirish doirasida 3-bosqich Roʻyxatning 1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchi Badallarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi. Har yili 10-martgacha 4-bosqich Moliya vazirligi Toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetasini belgilangan tartibda roʻyxatga oladi. Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 5-bosqich Toʻlovchi Badallar va ular boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun nazarda tutilgan pul mablagʻlarining konvertatsiyasi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda shakllantirilgan buyurtmanomani Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga taqdim etadi. Xalqaro tashkilotning moliyaviy qoidalarida belgilangan muddatlar hisobga olingan holda, budjet mablagʻlari ajratilgandan soʻng 6-bosqich Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Toʻlovchi tomonidan oʻrnatilgan tartibda taqdim etilgan buyurtmanoma asosida mablagʻlar konvertatsiyasini amalga oshiradi. Buyurtmanoma taqdim etilgandan soʻng 5 ish kuni mobaynida 7-bosqich Toʻlovchi Xorijiy valyutadagi mablagʻlarni xalqaro tashkilot hisobiga oʻtkazish uchun Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga oʻrnatilgan tartibda toʻlov topshiriqnomasini taqdim etadi. Xalqaro tashkilotning moliyaviy qoidalarida belgilangan muddatlar hisobga olingan holda, konvertatsiya qilingandan soʻng 8-bosqich Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Xorijiy valyutadagi mablagʻlarni xalqaro tashkilot hisobiga oʻtkazadi. 3 ish kuni ichida
* Gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan toʻlovchilar badallar va ular boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazadi.
