Tijorat banklari tomonidan jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1445-son)
18.01.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-yanvarda 1445-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 10-dekabrdagi 20-15-334/15-sonli xatidagi xulosalariga asosan, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 10-dekabrdagi 20-15-334/15-sonli xati bilan bergan xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining Tijorat banklari tomonidan jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2004-yil 27-noyabrdagi 25/4-sonli qarori bekor qilinsin.
3. “Tijorat banklari tomonidan jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng, oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 31-dekabr,
28/12-son
