91-modda. Deputatning odob-axloq qoidalari deputat tomonidan buzilganligi uchun qoʻllaniladigan choralar
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida (706-II-son) · Sana: 02.12.2004 · Amalda
Deputatning odob-axloq qoidalari deputat tomonidan buzilganligi uchun deputatga nisbatan quyidagi taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin:
deputatning odob-axloq qoidalarini buzishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilgan holda deputatga ogohlantirish berish;
deputatdan tegishli xalq deputatlari Kengashi, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan komissiya majlislarida uzr soʻrashni talab qilish;
deputatning odob-axloq qoidalari buzilishiga deputat tomonidan yoʻl qoʻyilganligi faktini tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisida oʻqib eshittirish;
deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
Deputatning odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, odob-axloq komissiyasi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi qaroriga asosan deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi va unga nisbatan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllaniladi. Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsir chorasi tegishli xalq deputatlari Kengashining qaroriga asosan qoʻllaniladi.
