2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (395-son)
20.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini hamda ijtimoiy soha obyektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash orqali tuman aholisiga qulay sharoitlar yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda ― Dastur):
2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kambagʻallikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 1-ilovaga;
2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga;
2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish va qayta tayyorlash parametrlari 3-ilovaga;
2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida yoʻl-kommunikatsiya tizimi va ijtimoiy sohani yaxshilash chora-tadbirlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Sirdaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda:
Dastur parametrlarining bajarilishini taʼminlash boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirsin va monitoring qilib borsin;
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilsin;
Dastur bajarilishining monitoringi asosida muammoli masalalarni har oyda tizimli ravishda koʻrib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor amaliy choralar koʻrsin;
zarurat boʻlganda, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda Dasturga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Sirdaryo viloyati hokimligining:
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida uy-joyga muhtoj boʻlgan oilalarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida “Boyovut paxta tozalash” AJning ijtimoiy soha obyekti boʻlgan va hozirda boʻsh turgan “Oshxona va sauna” binosini;
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi “Bekat” MFYda joylashgan “Qishloq qurilish invest” IKning boʻsh turgan idora binosi va yer maydonini ularning ustav fondidagi davlat ulushini mos ravishda kamaytirish hisobiga Boyovut tumani hokimligiga berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
4. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Sirdaryo viloyati hokimligi, “Boyovut texno cluster” paxtachilik klasteri bilan birgalikda 2020-yil oxiriga qadar 700 ish oʻringa moʻljallangan paxta tolasini qayta ishlash va keyinchalik undan yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻz ichiga oluvchi majmuani tashkil etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda Boyovut tumanida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida qoʻshimcha ravishda har birining qiymati 5 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 5 ta yirik loyihani amalga oshirish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimligi ikki oy muddatda hududda savdo-koʻngilochar maskani qurish boʻyicha loyiha tashabbuskorini aniqlab, uni amalga oshirish choralarini koʻrsin.
7. Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hududida shaharsozlik hujjatlariga asosan buziladigan turar va noturar joylar uchun kompensatsiya pullari Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarning olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratilishi belgilab qoʻyilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Boyovut tumani hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda har bir mahallada dehqonchilik bilan shugʻullanish istagini bildirgan aholi roʻyxatini shakllantirsin.
Bunda aholiga qulay joylashgan, lekin foydalanishdan chiqqan yerlarni har bir talabgor va ekin turi kesimida taqsimlab, ularni kooperatsiyalarga biriktirish nazarda tutilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda inobatga olsin.
10. Sirdaryo viloyati hokimligi Dasturdagi tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yigʻilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari ― iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-iyun,
395-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 395-son qaroriga 1-ILOVA
2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kambagʻallikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan
ChORA-TADBIRLAR
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Ijro uchun masʼullar I. Kambagʻallik darajasini qisqartirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar 1. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari rahbarligida tuman iqtisodiyot, bandlikka koʻmaklashish markazi, moliya, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, tijorat banklari boʻlimlari vakillaridan iborat doimiy ishlaydigan ishchi guruh va shtabni tashkil etish. Tuman hokimining farmoyishini qabul qilish. 2020-yil 25-iyun Sirdaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Boyovut tumani hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Mahalla kesimida kambagʻal oilalarning sonini va tarkibini aniqlash boʻyicha mahalla faollari ishtirokida maxsus guruh tuzish (Mahalla fuqarolari yigʻini raislari va 4 nafar faol mahalla fuqarosi, shu jumladan 2 nafar faol xotin-qizlar, jami 5 ta). Tuman hokimining farmoyishini qabul qilish. 2020-yil 25-iyun Sirdaryo viloyati hokimligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Boyovut tumani hokimligi 3. Mahallalarda haqiqiy sharoitni xatlovdan oʻtkazgan holda tuman pasportini shakllantirish. Kambagʻallikka oid real ahvol, yaʼni mahallalardagi daromadi kam oilalarning soni, nogironligi boʻlganlar, besh va undan ortiq farzandi bor oilalar, boquvchisini yoʻqotganlar, ishsizlar va migrantlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toifalarga ajratgan holda tuman pasportini shakllantirish. 2020-yil 30-iyun Sirdaryo viloyati hokimligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Boyovut tumani hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 4. Oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra har bir oilani toifalarga ajratish. Xatlov natijalariga koʻra har bir oilani: tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga layoqati; kasbiy koʻnikmalarga muhtojligi; yer resurslariga va uy hayvonlariga muhtojligi; qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qoʻshimcha yer va infratuzilmaga talabi; tovar va xizmatlarni realizatsiya qilish imkoniyatlari; ish bilan taʼminlashga muhtojligi; tadbirkorlik va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlmagan hamda mehnat qilish imkoniyati cheklangan kambagʻal oilalar aʼz�larini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan toifalarga ajratish. 2020-yil 30-iyun Sirdaryo viloyati hokimligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Boyovut tumani hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar II. Chora-tadbirlarni amalga oshirish va masʼullarni biriktirish 5. Aholining turli qatlamlarini tadbirkorlik va kasbiy koʻnikmalarga oʻrgatish. Kasb-hunarga oʻqish istagini bildirgan yolgʻiz va koʻp farzandli ayollar, ishsizlar, yoshlarga kundalik hayotda ehtiyoj yuqori boʻlgan sohalar, xususan, tikuvchilik, pazandachilik, sartaroshlik va boshqa yoʻnalishlarda kasbga oʻrgatish kurslarini tashkil etish. 2020-yil 1-iyul Sirdaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Markaziy bank, Boyovut tumani ���okimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar Mahalla guzarlarida kasbga oʻqitish dasturini ishlab chiqib, talabgorlar roʻyxatini shakllantirish. 2020-yil 5-iyul Kasb-hunarga tayyorlash markazlarini tashkil etish. Aholining turli qatlamlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilish va ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish hamda targʻibot ishlarini amalga oshirish maqsadida: 2020-yil 10-iyul har bir hududda ishsiz aholini ilgʻor biznes tashabbuslari boʻyicha tajribaga erishgan tadbirkorlarni jalb qilib, mahorat saboqlari va trening kurslarini tashkil etish; 2020-yil iyun ― dekabr tadbirkorlik loyihalari tashabbuskorlariga koʻmaklashish, buning uchun zarur asbob-uskuna va jihozlar koʻrgazmalarini tashkil etish. 2020-yil 15-iyul, 15-oktabr 6. Lalmi va foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni tiklash, zarur infratuzilmalarni yaratish. Lalmi va foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlar joylashuvini massivlar, konturlar boʻyicha aniqlash hamda aniqlangan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun talab qilinadigan infratuzilma (suv, elektr energiyasi, artezian qudugʻi, tomchilatib sugʻorish tizimi, yoʻl va boshqalar) xarajatlarini hisob-kitob qilish, manbaini aniqlash. 2020-yil 15-iyul Sirdaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Boyovut tumani hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar Gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining gʻalladan boʻshaydigan yer maydoniga takroriy ekinlar ekishga xohishi boʻlgan ehtiyojmand oilalarga yer maydonlarini ajratish va takroriy ekinlar ekilishini va olingan hosil sotilishini tashkil etish. 2020-2021-yillar davomida 7. Kambagʻal oilalarga tomorqadan unumli foydalanish, uy hayvonlari, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari urugʻlari va koʻchatlar yetkazib berish. Kambagʻal oilalarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishida mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari va boshqa manbalar hisobidan: aholi tomorqa maydonlarini sugʻorish taʼminoti muammoli hududlarda artezian quduqlarni qazish va shoʻrlanish yuqori boʻlgan hududlardagi kollektor tarmoqlarini tozalash va drenaj quduqlarni taʼmirlash ishlarini amalga oshirish; lalmi yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun zarur infratuzilma (suv, elektr, artezian qudugʻi) yaratish; mevali daraxtlar va sabzavot koʻchatlari hamda urugʻlari; chorva, parranda va boshqa uy hayvonlari xarid qilish uchun mablagʻ ajratilishini taʼminlash. 2020-2021-yillar davomida Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Boyovut tumani hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 8. Tumandagi kichik sanoat zonalarini kengaytirish, yangilarini tashkil etish va ish oʻrinlarini yaratish. Yangi kichik sanoat zonalari tashkil etish uchun infratuzilmasi mavjud boʻsh bino va yer maydonlarini aniqlash. 2020-yil 1-avgust Sirdaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Boyovut tumani hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar Aniqlangan hududlarga energiya tejamkor uskunalardan iborat boʻlgan zamonaviy loyihalarni joylashtirish hamda doimiy yangi ish oʻrinlari yaratilishi taʼminlash. 2020-2021-yillar davomida 9. Biznes loyihalar ishlab chiqish va kredit ajratishda koʻmaklashish. Tumanning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, biznes rejalar uchun tanlov eʼlon qilish. 2020-yil iyun-iyul Sirdaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank, Boyovut tumani hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar Tanlovda aniqlangan eng maqbul loyihalar roʻyxatini shakllantirish. 2020-yil 10-avgust Gʻolib tadbirkorlar taklifiga binoan tijorat banklari tomonidan bank kredit mablagʻlarini ajratish. 2020-2021-yillar davomida 10. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish hamda mehnat qilish imkoniyati cheklangan kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash. Ushbu toifadagi kambagʻal oilalarni davlat tomonidan manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. 2020-2021-yillar davomida Sirdaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi, Boyovut tumani hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 395-son qaroriga 2-ILOVA
2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Tashabbuskor nomi Loyiha nomi Loyiha qiymati, mln soʻmda shundan: moliyalashtirish manbalari Ish oʻrinlari Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki Ishga tushish muddati oʻz mablagʻi, (mln soʻm) bank krediti, (mln soʻm) xorijiy kredit liniyasi, (ming doll) xorijiy investitsiya, (ming doll) 40. Tuman boʻyicha jami 471 543 233 605 180 303 4 677 1 040 2574 Sanoat yoʻnalishi boʻyicha 1. “Inovatsiya Max 2020” MCHJ Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish 1 500 500 1 000 10 Mikrokredit bank 2021.01.04 2. “New York Center Co” MChJQK Un ishlab chiqarish hamda logistika markazini tashkil etish 10 483 1 040 8 Infin bank 2020.30.12 3. “Sirdaryo Textil Biznes” MChJ Qurilish materiallari (vodoemulsiya, shpatlyovka) ishlab chiqarishni tashkil etish 1 200 1 200 4 Xizmat koʻrsatuvchi bank 2020.30.11 4. “Mahallamiz Taraqqiyoti” MChJ Sutni qayta ishlashni tashkil etish 350 150 200 3 Xalq bank 2020.30.09 5. “Bunyodbek Islombek Qurulish” MChJ Alyumin profildan romlar va penoblok ishlab chiqarishni tashkil etish 300 100 200 3 Mikrokredit bank 2020.01.11 6. “Shoxjahon Erkin Bunyodkor” MChJ Non va non mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 250 50 200 2 Mikrokredit bank 2020.01.12 7. “Bahtiyor Nazir Xamkor” MChJ Penoblok va gazoblok ishlab chiqarishni tashkil etishni tashkil etish 1 200 200 1 000 10 Mikrokredit bank 2020.01.12 8. “Boyovut Techno Cluster” MChJ Paxtachilik klasterini tashkil etish 126 000 126 000 700 Agro bank 2021.30.12 9. “Qahor Chorva Servis Hamkor”FX Sutni qayta ishlashni tashkil etish 800 150 650 3 Xalq bank 2020.30.07 10. “Stello Moda” MChJ Tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 2 500 2 500 400 Xizmat koʻrsatuvchi bank 2020.30.12 11. “Kom-Ok-Star” MChJ Plastmassani qayta ishlash, penoblok ishlab chiqarish, polivinilxlorid quvur ishlab chiqarishni tashkil etish 4 093 1 300 2 793 15 Xizmat koʻrsatuvchi bank 2020.31.12 11. Sanoat yoʻnalishi jami 148 676 132 150 6 043 0 1 040 1 158 Xizmat koʻrsatish yoʻnalishi boʻyicha 1. “Boyovut Inter Faxri” MChJ Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish kompleksini tashkil etish (savdo xizmati) 500 300 200 5 Qishloqqurilish bank 2020.01.12 2. “Trade Yangiyer Group” XK Zamonaviy restoran kompleksini tashkil etish 1 200 400 800 20 Mikrokredit bank 2021.01.04 3. “Nur Golden Hous” MChJ Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish kompleksini tashkil etish 3 000 3 000 10 Agro bank 2021.30.11 4. “Krasota” FX Sunʼiy futbol maydonchasi tashkil etish 450 450 2 Agro bank 2020.30.09 5. “Ibrohimbek Farruhjon Hamkor” MChJ Dam olish maskani, mehmonxona xizmatlarini tashkil etish 3 500 3 500 8 Xizmat koʻrsatuvchi bank 2021.30.03 6. “Mingchinor Chinorlari” MChJ Internet-kafe hamda savdo xizmatlarini tashkil etish 350 150 200 2 Oʻzsanoatqurilish bank 2020.01.08 7. “Farida Orzusi” XK Maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish 5 485 2 605 2 880 15 Asaka bank 2020.01.12 8. YTT “Azizbayeva Aziza Tajibayevna” Sport kompleksini tashkil etish 300 200 100 2 Agro bank 2020.30.11 9. “Titan Bek” XK Umumiy ovqatlanish maskani tashkil etish 1 300 1 300 5 Xizmat koʻrsatuvchi bank 2020.30.12 10. “Suhrob-Sher” MChJ Axoliga maishiy xizmat koʻrsatish kompleksini tashkil etish (savdo xizmati) 500 200 300 5 Qishloqqurilish bank 2020.01.12 11. “Voha Barakasi” XK Alyumin va plastik profildan romlar ishlab chiqarishni kengaytirish, hamdaoʻquv markazini tashkil etish 2 200 700 1 500 25 Milliy bank 2021.01.05 12. “Boyovut Metan” MChJ Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi faoliyatini kengaytirish 4 000 1 500 2 500 8 Hamkor bank 2020.01.12 13. “Muxriddin Murtazoqulovich” MChJ Texnika xizmatlarini tashkil etish 2 200 1 000 1 200 6 Hamkor bank 2020.01.10 14. “Prince Avto” MChJ Transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish 2 000 480 150 8 Agro bank 2020.01.07 14. Xizmat koʻrsatish yoʻnalishi jami 26 985 15 785 9 680 150 0 121 Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha 1. “Baxt-Nur-Chorva-Hamkor” FX Naslli chorvachilikni tashkil etish 38 240 8 000 0 3 000 0 15 Xalq bank 2020.30.12 2. “Guliston Lemon Export” MChJ Zamonaviy tipdagi limonchilik “issiqxona” barpo etish 3 628 100 350 12 Turon bank 2020.31.12 3. “Shukurov Hazratqul” FX Naslli chorvachilikni tashkil etish 1 500 1 500 6 Agro bank 2020.01.10 4. “Istoqlol” FX Naslli chorvachilikni tashkil etish 500 200 300 0 0 3 Xalq bank 2020.15.10 5. “Murod” FX Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash omborxonasini tashkil etish 1 000 200 800 5 Agro bank 2021.30.11 6. “Ahror Nuriddinov” FX Chorvachilikni rivojlantirish 300 100 200 2 Hamkor bank 2020.01.12 7. “Mumtozbegim-Omina” FX Intensiv usulda baliqchilikni rivojlantirish 1 000 1 000 2 Xizmat koʻrsatuvchi bank 2020.30.12 8. “Uyas Sultoni” FX Yilqichilikni tashkil etish 800 350 450 2 Agro bank 2020.30.12 9. “Sanjarbek Jumaev” FX Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash omborxonasini tashkil etish 300 150 150 3 Agro bank 2020.01.12 10. “Promeat Gulistan” MChJ Zamonaviy tipdagi limonchilik “issiqxona” barpo etish 11 576 2 000 950 16 Turon bank 2020.30.12 11. “Boyovut Avangard Cluster” MChJ Sholi klasterini tashkil etish 4 088 1 800 227 15 Milliy bank 2020.30.12 12. “Boyovut Limonchilik Cluster” MChJ Limonchilik klasterini tashkil etish 230 400 69 120 161 280 1200 Xizmat koʻrsatuvchi bank 2020.30.12 13. “Yusufjon-Dostonjon” FX Parrandachilikni tashkil etish 600 600 6 Xizmat koʻrsatuvchi bank 2020.30.11 14. “Boyovutning Gozal Tabiati” FX Chorvachilikni tashkil etish 950 250 700 4 Xalq bank 2020.30.09 15. “Shox Abbos Abdunazarov” MChJ Chorvachilikni kengaytirish 1 000 300 700 4 Xalq bank 2020.30.09 15. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi jami 295 882 85 670 164 580 4 527 0 1 295
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 395-son qaroriga 3-ILOVA
2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish va qayta tayyorlash
PARAMETRLARI
T/r Kasbga qayta tayyorlash markazlari nomi Mahalla fuqarolar yigʻinlari nomi Jalb etiladigan ishsizlar soni Yoʻnalishlar nomi Oʻquv kurslari muddati Tikuvchilik Qishloq xoʻjaligi mashina va jihozlariga texnik xizmat koʻrsatish Elektr-gaz payvandlash ishlari Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish Hunarmandchilik JAMI 576 205 153 121 82 15 1. Boyovut qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji “Anorzor” MFY 9 4 2 2 1 2 oy “Bekat” MFY 14 5 2 5 2 2 oy “Qaropchi” MFY 15 8 3 2 2 2 oy “Laylakkoʻl” MFY 23 5 10 5 3 2 oy “Markaz” MFY 9 4 2 2 1 2 oy “Paxtakor” MFY 13 4 3 3 3 2 oy “Istiqlol” MFY 15 8 3 2 2 2 oy “Oʻzbekiston” MFY 16 5 3 5 3 2 oy “Navroʻz” MFY 9 4 2 2 1 2 oy “Farhod” MFY 18 5 5 5 3 2 oy “Ozodlik” MFY 15 3 7 3 2 2 oy “Muqumiy” MFY 21 8 7 3 3 2 oy “Bobo yurt” MFY 15 8 3 2 2 2 oy “Gulbogʻ” MFY 9 4 2 2 1 2 oy “Iftixor” MFY 14 5 2 5 2 2 oy “Olmazor” MFY 15 8 3 2 2 2 oy “Sovotobod” MFY 23 5 10 5 3 2 oy “Navbahor” MFY 9 4 2 2 1 2 oy “Ziyokor” MFY 13 4 3 3 3 2 oy “Beruniy” MFY 15 8 3 2 2 2 oy “Shirin” MFY 16 5 3 5 3 2 oy 2. 2-Boyovut agrosanoat kasb-hunar kolleji “Sarmich” MFY 9 4 2 2 1 2 oy “Joʻlangar” MFY 18 5 5 5 3 2 oy “A. Navoiy” MFY 15 3 7 3 2 2 oy “Ijodkor” MFY 21 8 7 3 3 2 oy “Maʼnaviyat” MFY 15 8 3 2 2 2 oy “Uchtoʻrgʻon” MFY 9 4 2 2 1 2 oy “Tinchlik” MFY 14 5 2 5 2 2 oy “Hosilobod” MFY 15 8 3 2 2 2 oy “Bunyodkor” MFY 23 5 10 5 3 2 oy “Mirishkor” MFY 9 4 2 2 1 2 oy “S. Ayniy” MFY 13 4 3 3 3 2 oy “A. Temur” MFY 15 8 3 2 2 2 oy “Yangi boʻston” MFY 16 5 3 5 3 2 oy “Doʻstlik” MFY 9 4 2 2 1 2 oy “Yangiobod” MFY 18 5 5 5 3 2 oy “Sohil” MFY 15 3 7 3 2 2 oy “Madaniyat” MFY 21 8 7 3 3 2 oy 3. Hunarmandchilik uyushmasi 15 15 2 oy
Izoh. Boyovut tumanida mehnat bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib, kasbga tayyorlash yoʻnalishlariga tegishli oʻzgartirishlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 395-son qaroriga 4-ILOVA
2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida yoʻl-kommunikatsiya tizimi va ijtimoiy sohani yaxshilash
ChORA-TADBIRLARI
T/r Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Oʻlchov birligi Quvvati Xarajatlar (mln soʻm) 2020-yil 2021-yil Moliyalashtirish manbai Masʼul vazirlik va idoralar Boyovut tumani boʻyicha jami 194 148 74 790 119 358 I. Maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. Boyovut shaharchasi “Sohil” MFY hududidagi 1-son maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruksiya qilish. oʻrin 140 2 520 2 520 Investitsiya dasturi doirasida Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 2. “Qarapchi” MFY hududidagi 27-son maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruksiya qilish. oʻrin 150 2 800 2 800 Investitsiya dasturi doirasida Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 3. 5-son maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruksiya qilish. oʻrin 180 3 050 3 050 Investitsiya dasturi doirasida Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 4. “Olmazor” MFY hududidagi 15-son maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruksiya qilish. oʻrin 150 2 800 2 800 Investitsiya dasturi doirasida Maktabgacha taʼlim vaz�rligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 5. “Doʻstlik” MFY hududidagi 29-son maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruksiya qilish. oʻrin 150 2 800 2 800 Investitsiya dasturi doirasida Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 13 970 2 520 11 450 II. Umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. 2-son umumtaʼlim maktabini rekonstruksiya qilish. oʻrin 530 2 500 2 500 Investitsiya dasturi doirasida Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 2. 52-son umumtaʼlim maktabini rekonstruksiya qilish. oʻrin 360 4 500 4 500 Investitsiya dasturi doirasida Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 3. 22-son umumtaʼlim maktabini rekonstruksiya qilish. oʻrin 620 4 500 4 500 Investitsiya dasturi doirasida Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 4. 40-son umumtaʼlim maktabini rekonstruksiya qilish. oʻrin 726 4 900 4 900 Investitsiya dasturi do�rasida Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 16 400 4 500 11 900 III. Sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. Tuman tibbiyot birlashmasini 5 turdagi 7 dona tibbiy jihozlar bilan taʼminlash. dona 7 1 000 1 000 Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 2. 3-son qishloq oilaviy poliklinikasini rekonstruksiya qilish. obyekt 1 1 200 1 200 Investitsiya dasturi doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 3. Boʻston qishloq vrachlik punktini mukammal taʼmirlash. obyekt 1 300 300 Mahalliy budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 2 500 1 300 1 200 IV. Madaniyat obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. Boyovut shaharchasi, Ijodkor mahallasida 5 ta tashabbus boʻyicha istirohat bogʻida ijod maskanini qurish, hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, Farhod mahallasi madaniyat va istirohat bogʻi hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish. obyekt 2 1 800 1 800 Mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 1 800 1 800 0 V. Sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi hududida boʻsh yer maydoniga 1 ta basketbol maydoni, 1 ta voleybol maydonini qurish. komp 2 400 400 Mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Boyovut tumani hokimligi 2. “Madaniyat” MFY hududida joylashgan sport kompleksini qayta taʼmirlash. obyekt 1 3 000 3 000 Investitsiya dasturi doirasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 3 400 3 400 0 VI. Boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. Tumandagi oʻz binosiga ega boʻlmagan 33 ta mahalla fuqarolar yigʻinlariga namunali loyiha asosida yangi bino qurish. dona 33 5 000 5 000 Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 2. Tuman davlat soliq inspeksiyasi binosini mukammal taʼmirlash. dona 1 1 500 1 500 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi mablagʻlari Davlat soliq qoʻmitasi, Sirdaryo viloyati hokimligi 3. Tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi binosini mukammal taʼmirlash. dona 1 1 200 1 200 Investitsiya dasturi doirasida Sogʻl�qni saqlash vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 7 700 7 700 0 VII. Yoʻl infratuzilmasini joriy taʼmirlash boʻyicha 1. Davlat ahamiyatidagi 4R-30 “Guliston sh. ― Boyov�t q. ― A-376 avtoyoʻli” avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash. km 21 16 800 16 800 Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 2. 4K669 “Guliston sh. ― Boyovut sh. ― U. Yusupov DXFU” avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash. km 6 4 800 4 800 Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 3. 4K669A “Guliston sh. ― Boyovut sh. ― Taraqqiyot DXFU” avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash. km 6 4 800 4 800 Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 4. 4K669B “Guliston sh. ― Boyovut sh. ― Gʻalaba DXFU” avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash. km 8 6 400 6 400 Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 5. 4K655 “Guliston sh. ― Boyovut sh. ― Boyovut sh/u Gʻallakor yoʻli” avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash. km 11 8 800 8 800 Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 6. 4K656 “Guliston sh. ― Boyovut-3 orqali Boyovut sh.” avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash. km 7 5 600 5 600 Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 7. 4K660 “Yangiyer sh. ― Boyovut sh. ― Farhod GESi” avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash. km 4 3 200 3 200 Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 8. 4K654B “Boyovut sh. ― Qizil tong kirish” avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash. km 6 4 800 4 800 Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 9. 4K-654a “Guliston shahriga shaxobcha” avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash. km 5 5 000 5 000 Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 10. Tuman markazidagi va MFYlaridagi taʼmirtalab ichki yoʻllarni toʻliq va joriy taʼmirlash. km 94 18 000 18 000 Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari va Inqirozga qarshi choralar jamgʻarmasidan viloyatga ajratilgan mablagʻlar Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 78 200 26 200 52 000 VIII. Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. Tumandagi foydalanishda boʻlgan mavjud 386,3 km gaz tarmoqlarini tartibga keltirish, tayanchlar oʻrnatish va rangga boʻyash. km 386 108 3 105 “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari “Hududgaztaʼminot” AJ 2. Tumanning “A. Navoiy” va “Beruniy” MFYlaridagi taʼmirtalab gaz tarmoqlarini mukammal taʼmirlash. Mahallalardagi 1162 ta aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash. km 1 97 97 “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari “Hududgaztaʼminot” AJ 3. Tuman markazidagi mavjud 6078 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash, yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmining hisob-kitobini toʻgʻri yuritish maqsadida har bir xonadonga zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalarini bosqichma-bosqich oʻrnatish. dona 2 026 365 365 “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari “Hududgaztaʼminot” AJ 2 026 729 729 4. Joriy yilda tumandagi 15773 ta aholi xonadonlariga maxsus avtotransportlar orqali suyultirilgan gaz yetkazib berish. tn 1 952 2 186 2 186 “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari “Hududgaztaʼminot” AJ 5. Tumangaz filialining maʼmuriy binosining fasad qismi va ichki xonalarini taʼmirlash. obyekt 1 600 600 “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari “Hududgaztaʼminot” AJ Jami: 4 085 3 251 834 IX. Elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. “Sovotobod”, “Madaniyat”, “Uchturgan”, “Muqumiy”, “S. Ayniy”, “A. Temur” MFYlaridagi yakka tartibda qurilgan uy-joylarni elektrlashtirish. km 7 1 158 1 158 Mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2. “Sovotobod”, “Beruniy”, “Ijodkor”, “Ozodlik”, “Yangiobod”, “Yangi boʻston”, “Bunyodkor”, “S. Ayniy”, “Mirishkor”, “Qarapchi”, “Uchturgan”, “Olmazor”, “Oʻzbekiston”, “Paxtakor”, “Istiqlol”, “Iftixor”, “Gulbogʻ” MFYlaridagi oʻz muddatini oʻtab boʻlgan yogʻoch ustunlarni rekonstruksiya qilish. km 114 9 380 4 280 5 100 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 3. “Sarmich”, “Yangiobod”, “Bunyodkor”, “Anorzor”, “Ozodlik”, “Gulbogʻ”, “Yangi boʻston”, “Laylakkoʻl”, “Ijodkor”, “Joʻlangan”, “Navbahor”, “Bekat”, “S. Ayniy”, “A. Temur” MFYlaridagi yakka tartibda qurilgan uy-joylarni elektrlashtirish. km 26 3 225 3 225 Mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 4. “Mirishkor”, “Qarapchi”, “Uchtoʻrgʻon”, “Olmazor”, “Oʻzbekiston”, “Paxtakor”, “Istiqlol”, “Sovotobod”, “Beruniy”, “Ijodkor”, “Ozodlik”, “Yangiobod”, “Bunyodkor”, “S.Ayniy”, “Iftixor”, “Gulbogʻ” MFYlaridagi mavjud elektr qurilmalarini rekonstruksiya qilish. km 8 680 680 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 5. “S. Ayniy”, “Mirishkor”, “Qarapchi”, “Uchtoʻrgʻon”, “Sovotobod”, “Beruniy”, “Ijodkor”, “Ozodlik”, “Yangi boʻston”, “Yangiobod”, “Olmazor”, “Oʻzbekiston”, “Paxtakor”, “Istiqlol”, “Iftixor”, “Gulbogʻ” MFYlaridagi yuklama bilan ishlayotgan transformatorlarga qoʻshimcha transformator oʻrnatish. dona 34 2 550 2 550 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jami: 16 993 5 438 11 555 X. Ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. “Ozodlik” MFY aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash, 2 ta suv inshootini qurish. km 7 1 105 1 105 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 2. “Paxtakor” MFY aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash, 1 ta suv inshootini qurish va 1 ta suv inshootni rekonstruksiya qilish. km 9 1 313 1 313 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 3. “Doʻstlik” MFY aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash, 1 ta suv inshootini qurish va 4 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish. km 11 2 476 2 476 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyatihokimligi 4. “Bunyodkor” MFY aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash, 1 ta suv inshootini qurish va 1 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish. km 12 1 600 1 600 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 5. “Oʻzbekiston” MFY aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash, 2 ta suv inshootini qurish va 1 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish. km 4 1 366 1 366 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 6. “Bekat” MFY aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash, 1 ta suv inshootini qurish va 1 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish. km 6 1 460 1 460 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 7. “Yangiobod” MFY aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash, 3 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish. km 8 1 308 1 308 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 8. “Yangiboʻston” MFY aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash, 2 ta suv inshootni rekonstruksiya qilish. km 6 680 680 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo vilo�ti hokimligi 9. “Anorzor” MFY aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash, 1 ta suv inshootini qurish va 2 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish. km 5 1 100 1 100 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 10. “Ijodkor”, “Soxil”, “Beruniy” MFYlar hududida oqova suv tarmoqlarini tortish va “Oqava suv haydash” inshootini qurish. km 14 5 190 5 190 Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 17 898 6 260 11 338 XI. Aloqa va telekommunikatsiya tizimini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. Qirgʻoq boʻyi koʻchasida joylashgan BOʻSM binosi oldida tuman Prokuratura binosiga qadar mavjud boʻlgan TPP, OTAL havo aloqa liniya kabellari uchun yangi yer osti quvurlari qurish. km 1,6 34 34 “Oʻzbektelekom” AJ mablagʻlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AJ 2. Yangi yer osti quvurlariga TPP, OTAL aloqa kabellarini tortish. km 0,8 15 15 “Oʻzbektelekom” AJ mablagʻlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AJ Jami: 49 49 0 XII. Uy-joylarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. Tuman markazidagi koʻp qavatli uylarning tom qismini taʼmirlash, fasad qismini, kirish yoʻlaklarini taʼmirlash. dona 7 750 750 Tijorat banklarining kredit mablagʻlari Mikrokreditbank 2. Tuman markazidagi koʻp qavatli uylar atrofida bolalar maydonchasi qurish. dona 11 440 440 Mahalliy budjet mablagʻlari Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 3. Tuman markazidagi koʻp qavatli uylarning atrofida piyodalar yoʻlaklariga beton qoplamalar yotqizish. kv.m 5 605 1 900 1 900 Mahalliy budjet mablagʻlari Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 4. Tuman markazidagi koʻp qavatli uylarga tashqi yoritish moslamasini oʻrnatish. dona 42 50 50 Mahalliy budjet mablagʻlari Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 5. Tuman markazidagi koʻp qavatli uylarning atrofida zamonaviy tandirxona qurish. dona 9 360 360 Mahalliy budjet mablagʻlari Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 6. Tuman markazidagi koʻp qavatli uylarning atrofida umumiy foydalaniladigan hojatxona qoʻrish. dona 4 330 330 Mahalliy budjet mablagʻlari Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 3 830 3 830 0 XIII. Irrigatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. Boyovut va Mirzaobod tumanlaridagi “K-1” kanalini rekonstruksiya qilish. km 15 14 428 3 967 10 461 Investitsiya dasturi doirasida Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 2. Boyovut tumanidagi “PR-4-1-8” sugʻorish tarmogʻini rekonstruksiya qilish. km 5 2 000 2 000 Investitsiya dasturi doirasida Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 16 428 3 967 12 461 XIV. Melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha 1. Boyovut tumanidagi “B-2-18” xoʻjaliklararo kollektor tizimini taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish. km 123 2 500 2 500 Respublika budjeti mablagʻlari Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 2. Boyovut tumanidagi “Yoʻl boʻylab xoʻjaliklararo kollektor tizimini taʼmirlash-tiklash” ishlarini amalga oshirish (1-bosqich). km 58,1 2 075 2 075 Respublika budjeti mablagʻlari Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 3. Boyovut tumanidagi “VS-5-12” xoʻjaliklararo kollektor tizimini taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish. km 90 2 720 2 720 Respublika budjeti mablagʻlari Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 4. Boyovut tumanidagi “Yoʻl boʻylab xoʻjaliklararo kollektor tizimini taʼmirlash-tiklash” ishlarini amalga oshirish (2-bosqich). km 130 3 900 3 900 Respublika budjeti mablagʻlari Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Jami: 11 195 4 575 6 620
