Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga Xalqaro valyuta jamgʻarmasidan mablagʻlar jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (388-son)
17.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — XVJ) “Tezkor kreditlash dasturi” boʻyicha 10 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan 92,05 million maxsus ayirboshlash huquqi (MAH yoki SDR) miqdoridagi foizsiz qarz va “Tezkor moliyalashtirish instrumenti” boʻyicha 5 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davri bilan 183,55 million MAH miqdoridagi qarz ajratish boʻyicha rasmiy soʻrovnoma yuborilganligi;
XVJ tomonidan mazkur soʻrovnoma asosida 2020-yil 18-may kuni Oʻzbekiston Respublikasiga yuqoridagi mablagʻlar ajratilishi maʼqullaganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻrtasida mazkur qarzlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika byujetiga tushirish va qarzga xizmat koʻrsatish mexanizmlarini ifodalovchi Anglashuv Memorandumi imzolanganligi;
XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan “Tezkor kreditlash dasturi” boʻyicha ajratiladigan qarzni qaytarishning prognoz jadvali 1-ilovaga;
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan “Tezkor moliyalashtirish instrumenti” boʻyicha ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlar doirasida amalga oshiriladigan davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida davlat buyurtmachilari ushbu mablagʻlar doirasida shartnomalar tuzilgan davlat xaridlari ijrochilarining benefitsiarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J. A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T. A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-iyun,
388-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi 388-son qaroriga 1-ILOVA
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan “Tezkor kreditlash dasturi” boʻyicha ajratiladigan qarzni qaytarishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 92,05 mln. MAH Qarz muddati 10 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi 0 % MAH Toʻlov davri Qarz summasi Asosiy qarz toʻlov summasi Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa 01.06.2020 92 050 000 01.12.2020 92 050 000 01.06.2021 92 050 000 01.12.2021 92 050 000 01.06.2022 92 050 000 01.12.2022 92 050 000 01.06.2023 92 050 000 01.12.2023 92 050 000 01.06.2024 92 050 000 01.12.2024 92 050 000 01.06.2025 92 050 000 01.12.2025 82 845 000 9 205 000 9 205 000 01.06.2026 73 640 000 9 205 000 9 205 000 01.12.2026 64 435 000 9 205 000 9 205 000 01.06.2027 55 230 000 9 205 000 9 205 000 01.12.2027 46 025 000 9 205 000 9 205 000 01.06.2028 36 820 000 9 205 000 9 205 000 01.12.2028 27 615 000 9 205 000 9 205 000 01.06.2029 18 410 000 9 205 000 9 205 000 01.12.2029 9 205 000 9 205 000 9 205 000 01.06.2030 0 9 205 000 9 205 000 Hammasi 92 050 000 92 050 000
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi 388-son qaroriga 2-ILOVA
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan “Tezkor moliyalashtirish instrumenti” boʻyicha ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 183,55 mln. MAH Qarz muddati 5 yil Imtiyozli davr 3 yil Foiz stavkasi * 1,05 % Xizmat koʻrsatish haqi 0,5 % MAH Toʻlov davri Qarz summasi Toʻlov summasi Xizmat koʻrsatish haqi Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa asosiy qarz foizlar 01.06.2020 183 550 000 917 750 917 750 01.09.2020 183 550 000 492 526 492 526 01.12.2020 183 550 000 487 172 487 172 01.03.2021 183 550 000 481 819 481 819 01.06.2021 183 550 000 492 526 492 526 01.09.2021 183 550 000 492 526 492 526 01.12.2021 183 550 000 487 172 487 172 01.03.2022 183 550 000 481 819 481 819 01.06.2022 183 550 000 492 526 492 526 01.09.2022 183 550 000 492 526 492 526 01.12.2022 183 550 000 487 172 487 172 01.03.2023 183 550 000 481 819 481 819 01.06.2023 183 550 000 492 526 492 526 01.09.2023 160 606 250 22 943 750 492 526 23 436 276 01.12.2023 137 662 500 22 943 750 426 276 23 370 026 01.03.2024 114 718 750 22 943 750 365 379 23 309 129 01.06.2024 91 775 000 22 943 750 307 829 23 251 579 01.09.2024 68 831 250 22 943 750 246 263 23 190 013 01.12.2024 45 887 500 22 943 750 182 690 23 126 440 01.03.2025 22 943 750 22 943 750 120 455 23 064 205 01.06.2025 0 22 943 750 61 566 23 005 316 Hammasi 183 550 000 8 065 111 917 750 192 532 861 * Foiz stavkasi XVJning har hafta oʻzgaruvchi SDR foiz stavkasining oʻzgarishiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi.
