“Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli “Besopan” oʻchirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻini 500 kVli gabaritda qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (372-son)
10.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilgacha Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan yangi tashkil etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini elektr energiyasi bilan kafolatli taʼminlash chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi PQ-3465-son va “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qarorlarining ijrosini taʼminlash, shuningdek, togʻ-kon metallurgiya ishlab chiqarish obyektlarining tashqi elektr energiyasi taʼminotini tashkil etish hamda respublika energetika tizimining shimoliy-gʻarbiy qismida elektr tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) 2019-yil 20-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) oʻrtasida quyidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun yillik LIBOR+1 foiz stavkada 18 yilda soʻndirish muddati, shundan 4 yil imtiyozli davr bilan umumiy qiymati 96,1 mln AQSH dollari miqdorida kredit bitimi imzolanganligi, shu jumladan:
qiymati 80,29 mln AQSH dollari (Transh-A) boʻlgan “Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli “Besopan” oʻchirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻini 500 kVli gabaritda qurish” investitsiya loyihasini;
qiymati 15,81 mln AQSH dollari (Transh-B) boʻlgan “500/220 kVli “Muruntau” podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash uchun Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan chiquvchi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻi va “Besopan” oʻchirib-yoqish punkti qurilmalarini hamda elektr uzatish tarmogʻini 500 kVga oʻtkazish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish boʻyicha;
b) umumiy qiymati 108,19 mln AQSH dollari boʻlgan “Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli “Besopan” oʻchirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻini 500 kVli gabaritda qurish” va umumiy qiymati 17,5 mln AQSH dollari boʻlgan “500/220 kVli “Muruntov” podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash uchun Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan chiquvchi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻi va “Besopan” oʻchirib-yoqish punkti qurilmalarini hamda elektr uzatish tarmogʻini 500 kVga oʻtkazish” investitsiya loyihalarining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birgalikda texnik-iqtisodiy asoslanuvi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qarorida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi;
v) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning tovarlar (xizmatlar) aylanmasida qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish hisobidan bojxona hamda soliq imtiyozlari koʻrinishida Oʻzbekiston Respublikasining loyihadagi hissasi (Transh-A) uchun 26,99 mln AQSH dollari va (Transh-B) 1,48 mln AQSH dollarini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
2022-yilning dekabr oyida ishga tushiriladigan “Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli “Besopan” oʻchirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻini 500 kVli gabaritda qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli “Besopan” oʻchirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻini 500 kVli gabaritda qurish” investitsiya loyihasi doirasida jalb etiladigan YETTB krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va yigʻim toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
2023-yil dekabr oyida ishga tushiriladigan “500/220 kVli “Muruntov” podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash uchun Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan chiquvchi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻi va “Besopan” oʻchirib-yoqish punkti qurilmalarini hamda elektr uzatish tarmogʻini 500 kVga oʻtkazish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
“500/220 kVli “Muruntov” podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash uchun Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan chiquvchi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻi va “Besopan” oʻchirib-yoqish punkti qurilmalari hamda elektr uzatish tarmogʻini 500 kVga oʻtkazish” investitsiya loyihasi doirasida jalb etiladigan YETTB krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va yigʻim toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ loyihaning samarali amalga oshirilishi va YETTB kreditidan maqsadli foydalanish uchun masʼul tashabbuskor hamda kredit oluvchi hisoblanadi;
kreditni soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan YETTB ajratadigan kreditni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasidagi kredit bitimi hamda loyiha doirasida YETTB kreditini qayta kreditlash bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
372-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 372-son qaroriga 1-ILOVA
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli “Besopan” oʻchirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻini 500 kVli gabaritda qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy
KOʻRSATKICHLARI
T/r Koʻrsatkichning nomlanishi Oʻlchov birligi Jami* shu jumladan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning oʻz mablagʻlari YETTB krediti Oʻzbekiston Respublikasining hissasi** 1. Loyiha umumiy qiymati ming AQSH dollari ekv. 108188,0 916,0 80 286,0 26 986,0 2. Jami kapital qoʻyilmalar summasi, shu jumladan: ming AQSH dollari ekv. 108188,0 916,0 80 286,0 26 986,0 2.1. mashina va uskunalar: chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 2 106,0 2 106,0 — — — — 2 106,0 2 106,0 — — — — 2.2. qurilish-montaj ishlari: chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 62004,0 — 62004,0 — — — 62004,0 — 62004,0 — — — 2.3. boshqa xarajatlar: chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 15668,0 15373,0 295,0 295,0 — 295,0 15373,0 15373,0 — — — — 2.4. investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar: chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 1424,0 803,0 621,0 621,0 — 621,0 803,0 803,0 — — — — 2.5. Soliq va bojxona imtiyozlari chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 26 986,0 — 26986,0 — — — — — — 26 986,0 — 26986,0 3. Loyiha quvvati: yillik uzatiladigan elektr energiyasi ming.kVt.soat 1016190,0 4. Investitsiya davri oy 24
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
** Qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona imtiyozlari
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 372-son qaroriga 2-ILOVA
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli “Besopan” oʻchirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻini 500 kVli gabaritda qurish” investitsiya loyihasi doirasida jalb etiladigan YETTB krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va yigʻim toʻlovlarini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Jami kredit miqdori — 80 285,85 ming AQSH dollari Kreditni qaytarish muddati — 18 yil (imtiyozli davr — 4 yil) Kredit boʻyicha foiz stavkasi* — LIBOR + 1 foiz Kreditni tashkil etish yigʻimi (bir martalik toʻlov) — 1,0 foiz Majburiyatlar uchun vositachilik haqi — yillik 0,5 foiz (ming AQSH dollari) Toʻlov muddatlari Kreditni olish miqdori Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdorlari Yigʻim toʻlovlari** Jami toʻlovlar miqdori asosiy qarzni soʻndirish kredit foizi* kreditni tashkil etish yigʻimi majburiyatlar uchun vositachilik haqi 20.08.2020 14 072,85 14 875,71 — — 802,86 — 802,86 12.11.2020 65 410,15 80 285,86 — 105,37 — 310,45 415,82 12.05.2021 — 80 285,86 — 1 225,44 — — 1 225,44 12.11.2021 — 80 285,86 — 1 245,75 — — 1 245,75 12.05.2022 — 80 285,86 — 1 225,44 — — 1 225,44 12.11.2022 — 80 285,86 — 1 245,75 — — 1 245,75 12.05.2023 — 80 285,86 — 1 225,44 — — 1 225,44 12.11.2023 — 77 517,38 2 768,48 1 245,75 — — 4 014,23 12.05.2024 — 74 748,90 2 768,48 1 189,72 — — 3 958,20 12.11.2024 — 71 980,43 2 768,48 1 159,84 — — 3 928,32 12.05.2025 — 69 211,95 2 768,48 1 098,67 — — 3 867,15 12.11.2025 — 66 443,47 2 768,48 1 073,93 — — 3 842,40 12.05.2026 — 63 674,99 2 768,48 1 014,16 — — 3 782,64 12.11.2026 — 60 906,52 2 768,48 988,01 — — 3 756,49 12.05.2027 — 58 138,04 2 768,48 929,65 — — 3 698,12 12.11.2027 — 55 369,56 2 768,48 902,10 — — 3 670,58 12.05.2028 — 52 601,08 2 768,48 849,80 — — 3 618,28 12.11.2028 — 49 832,61 2 768,48 816,18 — — 3 584,66 12.05.2029 — 47 064,13 2 768,48 760,62 — — 3 529,10 12.11.2029 — 44 295,65 2 768,48 730,27 — — 3 498,75 12.05.2030 — 41 527,17 2 768,48 676,11 — — 3 444,58 12.11.2030 — 38 758,69 2 768,48 644,36 — — 3 412,83 12.05.2031 — 35 990,22 2 768,48 591,59 — — 3 360,07 12.11.2031 — 33 221,74 2 768,48 558,44 — — 3 326,92 12.05.2032 — 30 453,26 2 768,48 509,88 — — 3 278,36 12.11.2032 — 27 684,78 2 768,48 472,53 — — 3 241,01 12.05.2033 — 24 916,31 2 768,48 422,57 — — 3 191,04 12.11.2033 — 22 147,83 2 768,48 386,61 — — 3 155,09 12.05.2034 — 19 379,35 2 768,48 338,05 — — 3 106,53 12.11.2034 — 16 610,87 2 768,48 300,70 — — 3 069,18 12.05.2035 — 13 842,40 2 768,48 253,54 — — 3 022,02 12.11.2035 — 11 073,92 2 768,48 214,79 — — 2 983,26 12.05.2036 — 8 305,44 2 768,48 169,96 — — 2 938,44 12.11.2036 — 5 536,96 2 768,48 128,87 — — 2 897,35 12.05.2037 — 2 768,49 2 768,48 84,51 — — 2 852,99 12.11.2037 — — 2 768,48 42,96 — — 2 811,43 Jami 79 483,00 — 80 285,85 24 827,40 802,86 310,45 106 226,56
* Hisob-kitoblarni tayyorlash vaqtida AQSH dollari uchun LIBOR stavkasi 2,08% boʻlganligi inobatga olinib, hisoblangan kredit foiz stavkasi yiliga 3,08% deb qabul qilingan;
** Yigʻim toʻlovlari kreditni amalda olish vaqtiga va toʻlov muddatlariga bogʻliq ravishda oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 372-son qaroriga 3-ILOVA
“500/220 kVli “Muruntov” podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash uchun Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan chiquvchi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻi va “Besopan” oʻchirib-yoqish punkti qurilmalarini hamda elektr uzatish tarmogʻini 500 kVga oʻtkazish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy
KOʻRSATKICHLARI
T/r Koʻrsatkichning nomlanishi Oʻlchov birligi Jami* shu jumladan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning oʻz mablagʻlari YETTB krediti Oʻzbekiston Respublikasining hissasi** 1. Loyiha umumiy qiymati ming AQSH dollari ekv. 17 569,5 275,4 15 814,1 1 480,0 2. Jami kapital qoʻyilmalar summasi, shu jumladan: ming AQSH dollari ekv. 16 089,5 275,4 15 814,1 0,0 2.1. qurilish-montaj ishlari: ming AQSH dollari ekv. 8 223,4 - 8 223,4 - 8 223,4 - 8 223,4 - chet el valyutasida milliy valyutada - - - - 2.2. boshqa xarajatlar: ming AQSH dollari ekv. 1 697,4 - 1 697,4 - chet el valyutasida milliy valyutada - - - - 1 697,4 - 1 697,4 - 2.3. investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar: ming AQSH dollari ekv. 433,5 275,4 158,1 - 284,1 126,0 158,1 - chet el valyutasida milliy valyutada 149,4 149,4 - - 2.4. Koʻzda tutilmagan xarajatlar ming AQSH dollari ekv. 5 735,2 - 5 735,2 - chet el valyutasida milliy valyutada - - - - 5 735,2 - 5 735,2 - 2.5. Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSH dollari ekv. 1 480,0 - - 1 480,0 chet el valyutasida milliy valyutada - - - - 1 480,0 - - 1 480,0 3. Loyiha quvvati: yillik uzatiladigan elektr energiyasi mln kVt.soat 2 090,34 4. Investitsiya davri oy 13
Izoh.
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
** Qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona imtiyozlari.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 372-son qaroriga 4-ILOVA
500/220 kVli “Muruntov” podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash uchun Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan chiquvchi 220 kVli elektr uzatish tarmogʻi va “Besopan” oʻchirib-yoqish punkti qurilmalarini hamda elektr uzatish tarmogʻini 500 kVga oʻtkazish” investitsiya loyihasi doirasida jalb etiladigan YETTB krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Jami kredit miqdori — 15 814,1 ming AQSH dollari; Kreditni qaytarish muddati — 16 yil (imtiyozli davr — 2 yil); Kredit boʻyicha foiz stavkasi* — LIBOR + 1 foiz; Kreditni tashkil etish yigʻimi (bir martalik toʻlov) — 1,0 foiz; Majburiyatlar uchun vositachilik haqi — yillik 0,5 foiz; Moliya vazirligi marjasi — 0,1 foiz (ming AQSH dollari) Toʻlov muddatlari Kreditni olish miqdori Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdorlari Yigʻim toʻlovlari** Oʻzbekiston Respublikasi marjasi Jami toʻlovlar miqdori asosiy qarzni soʻndirish kredit foizi* kreditni tashkil etish yigʻimi majburiyatlar uchun vositachilik haqi 12.11.2021 4 072,1 4 072,1 - - 158,1 - - 158,1 12.05.2022 5 871,0 9 943,1 - 20,5 - 29,5 17,1 67,1 12.11.2022 5 871,0 15 814,1 - 61,0 - 15,0 50,8 126,8 12.05.2023 - 15 814,1 - 95,9 - - 79,9 175,9 12.11.2023 - 15 268,8 545,3 95,9 - - 79,9 721,2 12.05.2024 - 14 723,5 545,3 91,5 - - 76,2 713,0 12.11.2024 - 14 178,2 545,3 88,2 - - 73,5 706,9 12.05.2025 - 13 632,9 545,3 85,1 - - 70,9 701,3 12.11.2025 - 13 087,6 545,3 81,8 - - 68,2 695,3 12.05.2026 - 12 542,2 545,3 78,5 - - 65,4 689,3 12.11.2026 - 11 996,9 545,3 75,3 - - 62,7 683,3 12.05.2027 - 11 451,6 545,3 72,0 - - 60,0 677,3 12.11.2027 - 10 906,3 545,3 68,7 - - 57,3 671,3 12.05.2028 - 10 361,0 545,3 65,4 - - 54,5 665,3 12.11.2028 - 9 815,7 545,3 62,2 - - 51,8 659,3 12.05.2029 - 9 270,4 545,3 58,9 - - 49,1 653,3 12.11.2029 - 8 725,0 545,3 55,6 - - 46,4 647,3 12.05.2030 - 8 179,7 545,3 52,4 - - 43,6 641,3 12.11.2030 - 7 634,4 545,3 49,1 - - 40,9 635,3 12.05.2031 - 7 089,1 545,3 45,8 - - 38,2 629,3 12.11.2031 - 6 543,8 545,3 42,5 - - 35,4 623,3 12.05.2032 - 5 998,5 545,3 39,3 - - 32,7 617,3 12.11.2032 - 5 453,2 545,3 36,0 - - 30,0 611,3 12.05.2033 - 4 907,8 545,3 32,7 - - 27,3 605,3 12.11.2033 - 4 362,5 545,3 29,4 - - 24,5 599,3 12.05.2034 - 3 817,2 545,3 26,2 - - 21,8 593,3 12.11.2034 - 3 271,9 545,3 22,9 - - 19,1 587,3 12.05.2035 - 2 726,6 545,3 19,6 - - 16,4 581,3 12.11.2035 - 2 181,3 545,3 16,4 - - 13,6 575,3 12.05.2036 - 1 635,9 545,3 13,1 - - 10,9 569,3 12.11.2036 - 1 090,6 545,3 9,8 - - 8,2 563,3 12.05.2037 - 545,3 545,3 6,5 - - 5,5 557,3 12.11.2037 - - 545,3 3,3 - - 2,7 551,3 - - - - - Jami 15 814,1 15 814,1 1 601,4 158,1 44,5 1 334,5 18 952,7
Izoh.
* Maʼlumotlar LIBOR stavkasi oʻzgarishiga va amaldagi kreditni olish miqdoriga qarab oʻzgarishi mumkin;
** Yigʻim toʻlovlari kreditni amalda olish sanasiga va toʻlov muddatlariga bogʻliq ravishda oʻzgarishi mumkin.
