9-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolikni tugatish
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida (600-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolik quyidagi hollarda tugatiladi:
kooperativ (shirkat) aʼzoligidan ixtiyoriy ravishda chiqilganda;
kooperativ (shirkat) faoliyatida mehnati bilan ishtirok etish tugatilganda;
kooperativ (shirkat) aʼzoligidan uning ustavida belgilangan hollarda va tartibda chiqarilganda;
boshqaruvning (raisning) qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkatga) qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori umumiy majlisda tasdiqlanmaganda;
kooperativ (shirkat) xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga oʻzgartirilib qayta tashkil etilganda yoki kooperativ (shirkat) tugatilganda.
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolikni tugatish tartibi uning ustavida belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzoligidan chiqarish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
