30-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) qayta tashkil etish hamda tugatish
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida (600-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) qayta tashkil etish qonunchilikda va kooperativ (shirkat) ustavida belgilangan tartibda qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi):
umumiy majlis qaroriga binoan;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) kreditorlar daʼvolari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki qiymati uning aʼzolari oʻrtasida taqsimlanadi.
