“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1048-3-son)
05.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1048-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi 85-son “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisidi”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-may,
119-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-may,
34-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 11-maydagi 119 va 34-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2001-yil 17-iyundagi 2, 2-son “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1048, 2001-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 13-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 16-iyundagi 8, 18-son “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1048-1, 2014-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 27-son, 331-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 11-iyundagi 31, 45-son “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1048-2, 2018-yil 22-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2018-y., 10/18/1048-2/1387-son).
