2020/2021 oʻquv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga qabul toʻgʻrisida (363-son)
08.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini kelgusida takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 6-iyuldagi PQ-1569-son va “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-apreldagi PQ-2885-son qarorlari ijrosini taʼminlash hamda respublika neft-gaz tarmogʻi uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida (keyingi oʻrinlarda — Filial) malakali kadrlar tayyorlash maksadida Vazirlar Mahkamasi qaror kiladi:
1. 2020/2021 oʻquv yili uchun Filialga talabalarning qabul kvotasi ilovaga muvofiq 345 oʻrin miqdorida belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bilan birgalikda 2020/2021 oʻquv yili uchun Filialga kirish imtihonlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar oʻrnatilgan tartibda bajarilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-iyun,
363-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 363-son karoriga ILOVA
2020/2021 oʻquv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga talabalarning
QABUL KVOTASI
oʻrin T/r Taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) nomi Qabul kvotasi shundan, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetiiing Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilarnni maqsadli qabul qilish hisobidan I. Kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 1. Geologiya qidiruv texnologiyasi 20 5 2. Neft va gaz quduqlarini burgʻilash 25 2 3. Neft qazib chiqarish obyektlarini ishlatish va xizmat koʻrsatish 25 4 4. Gaz, gazkondensat qazib chiqarish va yer osti saqlash obyektlarini ishlatish va xizmat koʻrsatish 35 5 5. Neft, gaz va ularning mahsulotlarini tashish va saqlash obyektlarini ishlatish va hizmat koʻrsatish 35 5 6. Quvur orqali uzatish tizimi obyektlarini qurish va taʼmirlash 60 4 7. Korxona va tashkilotlar iqtisodiyoti 25 — Jami: 225 25 II. Kechki taʼlim shakli boʻyicha 1. Geologiya qidiruv texnologiyasi 20 — 2. Neft va gaz quduqlarini burgʻilash 20 — 3. Neft qazib chiqarish obyektlarini ishlatish va xizmat koʻrsatish 20 — 4. Gaz, gazkondensat qazib chiqarish va yer osti saqlash obyektlarini ishlatish va xizmat koʻrsatish 20 — 5. Neft, gaz va ularning mahsulotlarini tashish va saqlash obyektlarini ishlatish va xizmat koʻrsatish 20 — 6. Quvur orqali uzatish tizimi obyektlarini qurish va taʼmirlash 20 — Jami: 120 — Umumiy: 345 25
Izoh. 1. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga belgilangan qabul kvotasi:
kunduzgi taʼlim shakli yoʻnalishlari boʻyicha 40 foizi — davlat granti, 60 foizi — toʻlov-kontrakt;
kechki taʼlim shakli yoʻnalishlari boʻyicha 100 foizi — toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
2. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʻlinmasi (keyingi oʻrinlarda — tayyorlov boʻlinmasi) bitiruvchilarini Filialga maqsadli qabul qilish, tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan alohida tanlov natijalari boʻyicha amalga oshiriladi. Maqsadli qabul qilish boʻyicha alohida tanlovdan oʻtmagan tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari Filialga kirish uchun umumiy talablar asosida imtihon topshirish huquqiga ega.
