Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (366-son)
08.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari faoliyati va ilmiy salohiyatini tanqidiy tahlil qilgan holda akademik ilm-fanni yanada rivojlantirish, ilm-fan, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishning integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy tashkilotlarning tadqiqotlarni oʻtkazish tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan ilmiy tashkilotlar rahbar va yordamchi xodimlarning ayrim toifalari mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2020-yil 1-yanvardan boshlab Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining:
xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplashni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
boshqaruv xodimlari va ayrim yordamchi xodimlarning ish haqi miqdorini ularning egallab turgan lavozimi va faoliyat sohasidan kelib chiqib oʻrtacha 130 foizga tabaqalashtirilgan miqdorda oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya instituti, S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti, O. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Mikrobiologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti, Sanʼatshunoslik instituti, Tarix instituti, Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti va Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmalari tegishlicha 1 — 11-ilovalarga muvofiq;
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya instituti, S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti, U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Konstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarishiga ega boʻlgan ilmiy-texnik markaz, O. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti, S.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Botanika instituti, Zoologiya instituti, Genomika va bioinformatika markazi, Mikrobiologiya instituti, Immunologiya va inson genomikasi instituti, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, Xorazm Maʼmun akademiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2026-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvallari tegishlicha 12 — 29-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining boshqaruv va ayrim yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorlari 30-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarurat boʻlganda, ilmiy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishdan tushadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlarida davlat ilmiy dasturlari doirasidagi fundamental tadqiqotlarning amalga oshirilishi toʻxtatiladi va undan boʻshagan budjet mablagʻlari ilmiy tashkilotlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan ilmiy laboratoriya uskunalari roʻyxati Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, sotib olish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondining mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda Bioorganik kimyo institutida faoliyat yuritayotgan noyob obyektlarning shtat birliklarini maqbullashtirish evaziga ushbu institutlar huzurida har biri 8 ta shtat birligidan iborat yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlari tashkil qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va uning “Toshkent muzeyi” filiali rahbar va ilmiy xodimlarining ish haqini Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Fanlar akademiyasining prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-iyun,
366-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 101 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar soni ― 51 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 101 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 81 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy soni ― 125 nafar, shu jumladan, ilmiy xodimlar ― 47 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 130 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 110 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
** Markaz ilmiy xodimlari soni ― 6 nafar
*** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 76 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 53 nafar
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 69 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 55 nafar
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 123 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 110 nafar
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 47 nafar, shu jumladan, ilmiy xodimlar ― 28 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining
TUZILMASI
Ilmiy kengash Direktor Yosh olimlar kengashi Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Direktor oʻrinbosari — Harbiy tarixni oʻrganish markazi rahbari Ilmiy kotib Qadimgi davr tarixi boʻlimi 10 Yordamchi xodimlar* 3 Harbiy tarixni oʻrganish markazi 9 Bosh yuriskonsult 1 Oʻrta asrlar tarixi boʻlimi 14 Xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi 2 Buxgalteriya 3 Yangi davr tarixi boʻlimi 15 Kadrlar boʻlimi inspektori 2 “Oʻzbekiston tarixi” jurnali tahririyati 1 Eng yangi davr tarixi boʻlimi 7 Maxsus qism 1 Etnologiya va antropologiya markazi 9 AKT boʻyicha mutaxassis 1 Tarixshunoslik, arxivshunoslik va hujjatshunoslik markazi 11
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 94 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar — 78 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy-yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 60 nafar, shu jumladan, ilmiy xodimlar ― 36 nafar;
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 49 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 29 nafar;
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Ilgʻor astrofizik tadqiqotlar laboratoriyasi15102.Nazariy astrofizika laboratoriyasi13133.Kosmik tadqiqotlar laboratoriyasi534.Galaktikadan tashqi astronomiya laboratoriyasi665.Galaktika astronomiyasi laboratoriyasi1212Jami5144
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 13-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasi10102.Qattiq jismlar va yarim oʻtkazgichlar fizikasi nazariyasi laboratoriyasi883.Quyoshiy issiqlik va energetik qurilmalar laboratoriyasi21114.Yarim oʻtkazgichli kristallarni oʻstirish laboratoriyasi15135.Yuqori sezgirlikli yarim oʻtkazgichli datchiklar laboratoriyasi1096.Fotoelektronika laboratoriyasi777.Elektronika, optoelektronika va fotonika sohasidagi asbobsozlik laboratoriyasi106Jami8164
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 14-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Katta quyosh qurilmalari laboratoriyasi422.Koʻp funksiyali materiallar laboratoriyasi523.Nanostrukturali funksional keramika va ular asosidagi qurilmalar laboratoriyasi744.Issiqlik izolyatsiya qiluvchi, saqlovchi materiallar va geliotexnologiyalar laboratoriyasi1155.Materiallarni sintez qilish va qayta ishlash laboratoriyasi726.Kompozitsion materiallar va qoplamalar laboratoriyasi847.Geliotexnologiyalar va nanostrukturali funksional materiallar laboratoriyasi55Jami4724
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 15-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Nanotarkibiy materiallarda optik va elektron jarayonlar laboratoriyasi442.Lazer nurlanishning jism bilan oʻzaro tasiri laboratoriyasi18143.Koʻp fazali tizimlarning issiqlik fizikasi laboratoriyasi16104.Ion-plazma texnologiyalari laboratoriyasi25155.Fizika jarayonlarini modellashtirish laboratoriyasi336.Optika va spektroskopiya laboratoriyasi777.Kondensiyalangan muhit optikasi laboratoriyasi868.Adsorbsion va emission hodisalar laboratoriyasi649.Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazi66Jami5144
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 17-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy va injener-konstruktor xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Vakuum-plazma texnologiyalari laboratoriyasi 542.Sanoat va meditsina uchun optoelektron qurilmalar laboratoriyasi643.Energetik qurilmalar va elektrrazryad texnologiyalari laboratoriyasi 544.Elektron avtomatik tizimlar va dasturiy taʼminot laboratoriyasi 545.Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish boʻlimi54Jami2620
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 18-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Oqsillar va peptidlar kimyosi laboratoriyasi28232.Fermentlar kimyosi laboratoriyasi853.Biologik faol makromolekulyar sistemalar laboratoriyasi26184.Oʻsimlik sitoprotektorlari laboratoriyasi545.Sabzavotlar va oʻsimliklar hujayra texnologiyasi laboratoriyasi326.Kompleks birikmalar laboratoriyasi777.Quyimolekulyar biologik faol birikmalar laboratoriyasi1058.Eksperimental-tajriba laboratoriyasi1069.Biologik faol birikmalar farmakologiyasi va skriningi laboratoriyasi7510.Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazi66Jami11081
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 19-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Fosforli oʻgʻitlar laboratoriyasi1582.Azotli, kompleks oʻgʻitlar va stimulyatorlar. Supramolekulyar birikmalar boʻlimi1463.Agrokimyo laboratoriyasi524.Metallurgik jarayonlar va texnogen xom ashyo laboratoriyasi11115.Kolloid kimyo va sanoat ekologiyasi laboratoriyasi1156.Neftkimyo laboratoriyasi527.Silikatlar kimyosi vakimyoviy texnologiyasi laboratoriyasi748.Defoliantlar laboratoriyasi539.“STROM” ilmiy laboratoriyasi va sinov markazi12610.Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari laboratoriyasi5211.Kimyoviy texnologiya, gazni qayta ishlash va SFB laboratoriyasi105Jami10054
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 20-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Alkaloidlar kimyosi laboratoriyasi872.Lipidlar kimyosi laboratoriyasi423.Glikozidlar kimyosi laboratoriyasi754.Kumarinlar va terpenoidlar kimyosi laboratoriyasi1285.Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi laboratoriyasi1296.Organik sintez va oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash boʻlimi1197.Texnik va dorivor oʻsimliklar laboratoriyasi328.Tadqiqotlarning fizik uslublari laboratoriyasi769.Molekulyar genetika laboratoriyasi191510.Farmakologiya va toksikologiya boʻlimi161011.Eksperimental texnologiya laboratoriyasi8412.Sintetik preparatlar texnologiyasi laboratoriyasi32Jami11079
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 21-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar fizikasi va kimyosi institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Istiqbolli polimerlar sintezi laboratoriyasi 1592.Sellyuloza va uning hosilalari kimyosi va texnologiyasi laboratoriyasi1973.Nanokompozitsion polimer materiallar laboratoriyasi1474.Polimerlar kimyosi va fizikasining nazariy asoslari laboratoriyasi335.Tadqiqotning fizik va fizik-kimyoviy uslublari laboratoriyasi43Jami5529
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 22-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Gʻoʻza genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi432.Urugʻshunoslik laboratoriyasi433.Molekulyar va biokimyoviy genetika laboratoriyasi 764.Gʻoʻzaning eksperimental poliploidiyasi va filogeniyasi laboratoriyasi1085.Dukkakli, moyli hamda dorivor oʻsimliklar genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi 436.Ekologik genetika va oʻsimliklar fiziologiyasi laboratoriyasi537.Biotexnologiya va nanotexnologiya laboratoriyasi428.Boshoqli ekinlar genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi879.Texnik oʻsimliklar tolalari va urugʻlari biologiyasi hamda texnologiyasi laboratoriyasi74Jami5339
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 23-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birliklar soni2020 — 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Oʻsimlik resurslari laboratoriyasi752.Oʻzbekiston florasi laboratoriyasi15113.Kamyob oʻsimlik turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi754.Geobotanika va ekologiya laboratoriyasi1075.Mikologiya va algologiya laboratoriyasi756.Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi86Akad. F.N. Rusanov nomidagi Botanika bogʻi1.Anatomiya va sitoembriologiya laboratoriyasi62.Daraxtlar va oʻtsimon oʻsimliklar introduksiyasi laboratoriyasi63.Dorivor oʻsimliklar introduksiyasi laboratoriyasi63Jami7254
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 24-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Umumiy parazitologiya laboratoriyasi652.Entomofaglar ekologiyasi va biousullarning nazariy asoslari laboratoriyasi543.Entomologiya laboratoriyasi664.Ixtiologiya va gidrobiologiya laboratoriyasi445.Molekulyar zoologiya laboratoriyasi446.Umurtqali hayvonlar laboratoriyasi557.Kamyob hayvon turlari hisobi va kadastri laboratoriyasi54Jami3532
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 25-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Strukturaviy va funksional genomika laboratoriyasi752.Transgenomika va toʻqima kulturasi laboratoriyasi643.Oʻsimliklar chidamliligi genomikasi laboratoriyasi544.Oʻsimliklar proteomikasi va metabolomikasi laboratoriyasi535.Bioinformatika laboratoriyasi446.Markerlarga asoslangan seleksiya laboratoriyasi847.Genetik oʻzgartirilgan organizmlar va ularning mahsulotlari tahlili boʻlimi218.Personallashtirilgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻlimi53Jami4228
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 26-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Mikroorganizmlar bioxilma-xillik laboratoriyasi10102.Texnik mikrobiologiya laboratoriyasi543.Enzimologiya laboratoriyasi534.Molekulyar biologiya laboratoriyasi745.Mikrobiologiya va probiotiklar biotexnologiyasi laboratoriyasi646.Fiziologik faol birikmalar biokimyosi va biotexnologiyasi laboratoriyasi857.Tabiatni muhofaza qilish biotexnologiyalari laboratoriyasi858.Tuproq mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi laboratoriyasi64Jami5539
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 27-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Hujayra terapiyasi va toʻqimalar nomutanosibligini yengish boʻlimi772.Immunitet fiziologiyasi laboratoriyasi333.Allergo va immunofarmakologiya laboratoriyasi 434.Reproduksiya immunologiyasi laboratoriyasi435.Eksperimental immunologiya laboratoriyasi436.Fundamental immunologiya laboratoriyasi767.Autoimmun holatlar laboratoriyasi438.Immunoregulyatsiya laboratoriyasi439.Genom-hujayra texnologiyalari laboratoriyasi11910.Filiallar (Qashqadaryo, Andijon va Nukus)116Jami5946
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 28-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Geologiya laboratoriyasi332.Qattiq jismlar fizikasi laboratoriyasi433.Ekologik jarayonlarni modellashtirish laboratoriyasi434.Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish laboratoriyasi435.Hayvonot dunyosi ekologiyasi laboratoriyasi656.Oʻsimliklar dunyosi ekologiyasi laboratoriyasi657.Kimyo laboratoriyasi97Jami3629
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 29-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Maʼmun akademiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/rLaboratoriya nomiIlmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2020 ― 2022 yy.2023 — 2025 yy.1.Tabiiy fanlar boʻlimi1162.Aniq fanlar boʻlimi863.Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi11114.Janubiy Orolboʻyi tarixiy meʼmoriy yodgorliklarining qurilish materiallarini sinash va taʼmirlash laboratoriyasi335.Termitlar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish laboratoriyasi33Jami3629
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 30-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining boshqaruv va ayrim yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi
MIQDORLARI
T/rLavozim nomiMehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda1.Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosaritabiiy-texnika fanlari yoʻnalishi boʻyicha6,654gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha5,9882.Bosh buxgalter, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi5,5453.Boʻlim boshliqlari (ilmiy-tadqiqot boʻlimdan tashqari)4,994.Bosh iqtisodchi, bosh patentshunos, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis va xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassi, bosh marketolog, xorijiy aloqalar boʻyicha bosh mutaxassis4,4365.Yetakchi buxgalter, yetakchi iqtisodchi, yetakchi patentshunos, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha yetakchi mutaxassis va xodimlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassi, yetakchi marketolog, xorijiy aloqalar boʻyicha yetakchi mutaxassis3,8816.Buxgalter, iqtisodchi, patentshunos, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis, maxsus boʻlim mutaxassisi, xodimlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis (oliy maʼlumotga yoki tegishli sohada 5 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan oʻrta maxsus maʼlumotga ega), marketolog, xorijiy aloqalar boʻyicha mutaxassis2 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan3,562 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan2,994
Izoh. Tarkibiy boʻlinmalarning boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari va bosh buxgalter oʻrinbosarlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari tegishli tarkibiy boʻlinma rahbari va bosh buxgalteri bazaviy lavozim maoshi miqdoridan 10 foiz past qilib belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 31-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 7-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 41 va 42-bandlar qoʻshilsin:
“41. Arxeologik tadqiqotlar oʻtkazuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlarda dala ustamasi arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan ilmiy xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qatʼi nazar, dala ustamasi hisoblab yoziladigan sanada Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2,3 baravaridan ortiq boʻlmagan quyidagi miqdorlarda haq toʻlanadi:
a) kuniga 0,08 — dala sharoitlarida bevosita dala ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda ishlaganda;
b) kuniga 0,03 — bazaviy dala shaharchalarida ishlaganda.
42. Arxeologik tadqiqotlar oʻtkazuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlarda dala sharoitlarida mavsumiy yollanadigan “yer qazuvchi” ishchilarning ish haqi miqdori Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2,6 baravaridan ortiq boʻlmagan quyidagi miqdorlarda haq toʻlanadi:
a) kuniga 0,12 — haftada 5 kun ishlaganda;
b) kuniga 0,1 — haftada 6 kun ishlaganda”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 20-son, 371-modda) 1 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“rahbar va ilmiy xodimlarning ish haqi budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy tashkilotlar rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi”.
