““Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da foydalanishdan chiqarilayotgan oltingugurt olish qurilmasining quvvatlari oʻrnini qoplash” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida (356-son)
04.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qaroriga muvofiq tabiiy gazresurslarini chuqur qayta ishlash orqali isteʼmolchilarni belgilangan norma va talablar boʻyicha tabiiy gaz bilan taʼminlash hamda atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining miqdorini kamaytirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 2022-yilning IV choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 135,836 mln AQSH dollariga teng boʻlgan ““Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da foydalanishdan chiqarilayotgan oltingugurt olish qurilmasining quvvatlari oʻrnini qoplash” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. ““Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da foydalanishdan chiqarilayotgan oltingugurt olish qurilmasining quvvatlari oʻrnini qoplash” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi M.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-iyun,
356-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi 356-son qaroriga ILOVA
““Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da foydalanishdan chiqarilayotgan oltingugurt olish qurilmasining quvvatlari oʻrnini qoplash” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Jami Jumladan: xorijiy banklar kreditlari oʻz mablagʻlari 1 Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH doll. ekv. 135836,3 85000,0 50836,3 2 Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami ming AQSH doll. ekv. 123926,8 85000,0 38926,8 shu jumladan: 2.1 mashina va uskunalar ming AQSH doll. ekv. 86684,3 59991,6 26692,7 EKVda ming AQSH doll. 86684,3 59991,6 26692,7 milliy valyutada ming AQSH doll. ekv. — — — 2.2 qurilish-montaj ishlari ming AQSH doll. ekv. 24778,7 17148,6 7630,1 EKVda ming AQSH doll. 24778,7 17148,6 7630,1 milliy valyutada ming AQSH doll. ekv. — — — 2.3 investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar * ming AQSH doll. ekv. 11909,5 — 11909,5 2.4 boshqa xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 12463,8 7859,8 4604,0 EKVda ming AQSH doll. 11356,9 7859,8 3497,1 milliy valyutada ming AQSH doll. ekv. 1106,9 — 1106,9 3 Korxonaning quvvati, shu jumladan: ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi moʻljallanayotgan yillik eksport hajmi 456,0 mln kub metr nordon (kislie) gazlarni qayta ishlash 298,2 ming tonna oltingugurt mahsuloti koʻzda tutilmagan 4 Mavjud asosiy fondlar qiymati — 5 Moʻljallanayotgan ishga joylashtiriluvchilar soni, shundan yangi yaratilayotgan ish oʻrni 73 nafar — 6 Loyihaning moʻljallanayotgan oʻzini qoplash muddati loyiha nordon gazlarni qayta ishlashda hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalarning atrof tabiiy muhitga salbiy taʼsirning kamaytirishga yoʻnaltirilgan 7 Investitsiyadavrining davomiyligi 18 oy 8 Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati 123926,8 ming AQSH doll. (ekv.) 9 Kredit va boshqa qarz mablagʻlarini soʻndirish muddati shu jumladan, valyutadagi qarzlar tegishli kredit mablagʻlarini jalb qilishning shartlari, amaldagi miqdori va sanasidan kelib chiqib aniqlik kiritiladi
* Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar koʻrsatkichiga tegishli kredit mablagʻlarini jalb qilishning amaldagi miqdori va sanasidan kelib chiqib aniqlik kiritiladi.
