Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalarining 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (2968-1-son)
10.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2968-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 530-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2968, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2968/0660-son) bilan tasdiqlangan Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalariga 1-ilovaning matni mazkur buyruqning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-may,
182-son
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2020-yil 21-maydagi 182-son buyrugʻiga ILOVA
“Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun
TOʻLOVLAR PREYSKURANTI
T/r Xizmat koʻrsatish turi Toʻlov miqdori 1. Osma va statsionar dvigatelli kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi 2. Eshkakli va yelkanli kemalarning barcha turlarini, shu jumladan, shishiriladigan turlarini, texnik koʻrikdan oʻtkazish Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi 3. Kichik hajmli kemalarni taʼmirdan chiqarilganda, qayta jihozlanganda, avariyadan keyin texnik koʻrikdan oʻtkazish Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi ”.
